JAHON FUTBOL KLUBLARI TARIXIDAN...  ( 27804 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


muxbir  16 Iyun 2006, 18:27:43

Assalomu alaykum, aziz futbol muxlislari!
Ushbu mavzu orqali jahon futbol klublari haqida ma'lumotlar berib borishga harakat qilamiz.

Otabek

Qayd etilgan


muxbir  16 Iyun 2006, 18:29:43

PAXTAKOR (TOSHKENT, O'ZBEKISTON)



Sevimli jamoamizning tug'ilgan kuni 1956 yil 8 aprel, desak mubolag'a bo'lmas. Xuddi shu kuni toshkentliklar Rossiyaning Molotova shahri (hozirgi Perm shahri) jamoasi bilan kuch sinashdi. Laziz Maqsudovning penaltidan kiritgan goli jamoamizga g'alaba keltirgan edi. Paxtakorchilar Moskvadan taklif etilgan murabbiy Valentin Bextenov qo'li ostida shug'ullana boshlashdi. Birinchi mavsum deyarli hech narsasi bilan bilan yodda qolmadi. Jamoa 13-o'rinda mavsumni nihoyaladi. Yangi mavsumga Paxtakorni moskvalik boshqa murabbiy Yu.Xodotov olib chiqdi. Sobiq SSSR oliy ligasida 1962 yilda toshkentliklar 6-o'ringacha ko'tarilishdi. Endlikda paxtakorchilar haqida Moskvada ham iliq fikrlar aytila boshlandi. 1963 yilgi mavsum toshkentliklar uchun omadsiz yakun topdi: oliy liga bilan xayrlashildi. Moskvadan boshqa murabbiy Mixail Yakushun taklif etildi. 1966 yilda jamoa rekord o'rnatdi: birinchi davrani mag'lubiyatsiz tugatdi. 1968 yilda Paxtakor Kubok finaliga qadar yetib keldi. Lekin finalda jamoa Moskvaning Torpedo klubiga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. 1979 yil avgust oyidagi fojealar Paxtakorning eng kuchli o'yinchilarini olamdan olib ketdi. Avgustdan keyin Paxtakorda asosan o'rinbosar futbolchilar paydo bo'lishdi. 1984 yili Paxtakorning oliy ligaga chiqishi uchun ochko kamlik qildi. Va toshkentliklar 6 yil mobaynida birinchi ligada o'ynashdi. 1991 yilgi mavsumda bir qator mag'lubiyatlarga (Shaxtyor Donetsk - 1:2, Ararat - 1:2, Lokomotiv Moskva - 1:2, Torpedo Moskva - 0:1, Spartak Moskva - 0:4) qaramasdan jamoa oliy ligadagi o'rnini saqlab qoldi.
Mustaqil O'zbekiston oliy ligasidagi natijalar: 1992 yildan buyon oliy ligada 13 mavsum.
Yutuqlar: O'zbekiston chempioni (1992,1998,2002,2003,2004), Vitse-chepion (1993,2001), O'zbekiston Kubogi sohibi (1993,1997,2000,2001,2002,2003), Osiyo Chempionlar Ligasi yarimfinalchisi (2002/03, 2003/04).
Eng yomon natija: 8-o'rin (1994)
Jamoada eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi: Murod Aliyev (231 o'yin).
Jamoa to'purari: Igor Shkvirin (66 gol).


Otabek

Qayd etilgan


muxbir  16 Iyun 2006, 18:30:52

SPARTAK (MOSKVA, ROSSIYA)



Tashkil topgan sanasi: 1922 yil.
Q'olga kiritgan yutuqlari: Sobiq SSSR chempioni (1938, 1939, 1952, 1953, 1956, 1958, 1962, 1969, 1979, 1987, 1989 yillar). Sobiq SSSR Kubogi sohibi (1938, 1946, 1947, 1950, 1963, 1965, 1992 yillar). Rossiya primer-ligasi chempioni (1992, 1993, 1994, 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2001 yillar). Rossiya Kubogi sohibi (1994, 1998 yillar). Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Chempionlari Kubogi sohibi (1993, 1994, 1995, 1997, 1998, 1999, 2000, 2001 yillar).

Jamoa bosh murabbiyi: Starkov Aleksandr Petrovich (Latviya).

Jamoaning hozirgi tarkibi:

DARVOZABONLAR: 1) Dmitriy Xomich (Rossiya); 16)Aleksey Solosin (Rossiya); 30) Voysex Kovalevski (Polsha); 46) Aleksey Zuev (Rossiya);
HIMOYACHILAR: 2)Yuriy Kovtun (Rossiya); 3)Emmanuel Pogatets (Avstriya); 5)Adrian Yenchi (Ruminiya); 36)Fyodor Kudryashov (Rossiya); 38)Evgeniy Krug (Rossiya); 13)Martin Yiranek (Chexiya); 17)Klemente Rodriges (Argentina); 18)Dmitriy Parfenov (Ukraina); 20)Ignas Dedura (Litva);26) Nemanya Vidich (Serbiya);77)Evgeniy Shpedt (Rossiya);
YARIMHIMOYACHILAR: 4)Andrey Rubin (Latviya); Kostin Shoava (Ruminiya); 7)Denis Boyarintsev (Rossiya); 8)Dmitriy Alenichev (Rossiya); 9)Egor Titov (Rossiya); 11)Aleksandr Pavlenko (Rossiya); 14)Aleksandr Samedov (Rossiya); 25)Maksim Kalinichenko (Ukraina); 27)Sergey Kovalchuk (Moldova);
XUJUMCHILAR: 10)Roman Pavlyuchenko (Rossiya); 19)Fernando Kavenagi (Argentina); 28)Mixaylo Pyanovich (Serbiya)32)Nikita Bajenov (Rossiya).

Otabek

Qayd etilgan


muxbir  16 Iyun 2006, 18:31:33

DINAMO (KIEV, UKRAINA)



Jamoaning tashkil topishi: 1927 yil noyabrida Sergey Barminskiy va Nikolay Xannikovlar tomonidan tuzildi.
Erishilgan yutuqlar: Sobiq SSSR chempioni (1961, 1966, 1967, 1968, 1971, 1974, 1975, 1977, 1980, 1981, 1985, 1986, 1990 yillar).
Sobiq SSSR Kubogi sohibi (1954, 1964, 1965/66, 1974, 1978, 1982, 1984/85, 1986/87, 1989/90 yillar).
Mavsum Kubogi sohibi (1981, 1985, 1986 yillar).
Ukraina chempioni (1992, 1993, 1994, 1995, 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2001, 2003, 2004 yillar). Ukraina Kubogi sohibi (1992/93, 1995/96, 1997/98, 1998/99, 1999/00, 2002/03, 2004/05 yillar).
Ukraina Superkubogi sohibi (2004 yil).
Yevropa Kubok egalari Kuobi sohibi (1974/75, 1985/86 yillar).
UEFA Superkubogi sohibi (1975 yil).
V.Lobanovskiy xotirasi xalqaro turniri g'olibi (2003, 2004 yillar).
MDH Chempionlari Kubogi sohibi (1996, 1997, 1998, 2002 yillar).
Dinamo futbolchilaridan Oleg Bloxin (1975 yil) va Igor Belanov (1986 yil) lar Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishgan.

Jamoa bosh murabbiyi: Leonid Iosifovich Buryak (Ukraina).

Jamoaning ayni paytdagi tarkibi:
DARVOZABONLAR: 1) Aleksandr Shovkovskiy (Ukraina); 33)Vitaliy Reva (Ukraina);
HIMOYACHILAR: 2)Kristian Irimiya (Ruminiya); 3)Sergey Fyodorov (Ukraina); 4)Rodolfo (Braziliya); 5)Aleksandr Romanchuk (Ukraina); 6)Yuriy Dmitrullin (Ukraina); 13)Goran Sablich (Xorvatiya); 26)Andrey Nesmachniy (Ukraina); 30)Badr Al-Kadduri (Marokash); 32)Goran Gavranchich (Serbiya); 35)Aleksandr Yatsenko (Ukraina); 44)Rodrigo (Braziliya);
YARIMHIMOYACHILAR: 7)Yerko Leko (Xorvatiya); 8)Valentin Belkevich (Belorussiya); 10)Florin Chernat (Ruminiya); 11)Georgiy Peev (Bolgariya); 15)Diogo Rinkon (Braziliya); 17)Tiberiu Gioane (Ruminiya); 19)Peritsa Ognenovich (Serbiya); 20)Oleg Gusev (Ukraina); 22)Denis Onishenko (Ukraina); 31)Oleg Gerasimyuk (Ukraina); 36)Milosh Ninkovich (Serbiya); 37)Ayila Yusuf (Nigeriya); 38)Andrey Oberemko (Ukraina); 84)Edgaras Chesnauskas (Litva); 88)Aleksandr Aliyev (Ukraina);
XUJUMCHILAR: 9)Kleber (Braziliya); 16)Maksim Shatskix (O'zbekiston);18)Roberto Nanni (Argentina); 23)Maris Verpakovskis (Latviya); 25)Artem Milevskiy (Ukraina); 27)Sergey Kornilenko (Belorussiya).

Otabek

Qayd etilgan


muxbir  16 Iyun 2006, 18:32:02

KOREYS  FUTBOLI : KECHA, BUGUN, ERTAGA...

1882 yil, Inchon shahri yaqinidagi Chemulpo porti. Angliyaning "Uchuvchi  baliq" nomli harbiy kemasining  matroslari qirg'oqda to'p tepib, "g'alati o'yin" bilan shug'ullanayotganligi  mezbonlarni qiziqtirib qo'ydi. Har tong qumli qirg'oqda to'p tepadigan matroslarga ergashib, "g'alati o'yin"ga qiziqib qolganlar safi kengaya boshladi. Koreyada futbol rasman 1904 yildan boshlab o'ynala boshlandi, deb aytsak bo'ladi. Chunki aynan shu yili Chet tillari maktabida futbol fan sifatida o'rganila boshlandi. Birinchi rasmiy o'yin 1906 yil mart oyida bo'ldi. Bunda Koreys sport klubi va Xvanson protestant yoshlar jamoasi bellshishgan. Ammo bu davrda futbol o'yinlari ancha betartib ravishda o'tar edi.  1921 yilga kelib, futbol bo'yicha birinchi milliy chempionat tashkil etildi. O'yinlar odilona o'tishini ta'minlash maqsadida 1928 yili Koreya futbol sudyalari Assotsiatsiasi tuzildi.  Yapon mustamlakasi ostidagi Koreyada biron sohaning rivojlanishi qiyin edi.  Shu jumladan, futbol ham...  Mustaqillikka erishilgach, 1948 yili Koreya jahon mamlakatlari futbol uyushmasi - FIFAga a'zo bo'ldi. O'sha yilning o'zida mamlakat terma jamoasi birinchi xalqaro turnirda qatnashish uchun Buyuk Britaniyaga jo'nab ketdi. Chunki Londonda 14-Olimpiada o'yinlari boshlangan edi. 1954 yili Koreya terma jamoasi ilk bora Shveysariyada o'tgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Saralash bosqichida koreyslar Yaponiyani "tiz cho'ktirishning uddasidan chiqishdi". Ammo ular Shveysariya maydonlarida Vengriya va Turkiyadan yirik hisoblarda yengilib,  orqaga qaytishdi. 1958 yilgi jahon chempionatiga ham koreyslar yo'llanmani naqd qilishdi-yu, chempionat arafasida Koreys futbol federatsiyasi chempionatga borish uchun tayyorlagan xujjatlarini yo'qotib qo'ydi va bu galgi katta futbol bayramidan bebahra qolishdi. Koreya terma jamoasi 1966 yilgi Angliyada o'tgan jahon chempionatiga borishdan  bosh tortdi. O'sha chempionatda Shimoliy Koreyaning shov-shuvli  o'yin ko'rsatib qaytganligi tarixdan ma'lum.  Shundan so'ng janubliklar jahon chempionatida qatnashishni roppa-rosa 32 yil kutishlariga to'g'ri keldi. Chunki har gal saralash turniri ular uchun omadsiz yaku topaverdi. 1986 yil, Meksika. Shimoliy Amerikaga borish "chiptasi"ni qo'lga kiritgan Janubiy Koreya terma jamoasi u yerda oldingiga qaraganda durustroq natijaga erishdi. Keyingi chempionat Appenin yarimorolida - Italiyada bo'lganligidan xabaringiz bor. Saralashda Osiyo terma jamoalarini "yer tishlatgan" koreyslar uchun Italiya maydonlaridagi o'yinlar alamli natijalar bilan tugadi. Ular barcha o'yinlarda maydonni bosh eggancha tark etishdi.  1994 yili AQSHda, 1998 yili Fransiyada o'tgan jahon chempionatlari ham koreyslarning  faqat mag'lubiyatlariga guvoh bo'ldi.  


AN CHJUN XVAN

2002 yil... Yaponiya  va  Koreya. FIFA ilk bora jahon chempionatini Osiyoda o'tkazdi. Ikki qo'shni mamlakat - Janubiy Koreya va Yaponiya ulkan xalqaro turnirga, xalqaro futbol bayramiga mezbonlik qilish sharafiga muyassar bo'ldi.   "O'z uyingda devorlar ham suyaydi", degan gap bejizga aytilmagan. Zero, jahon chempionatlarida g'alaba nimaligini bilmay yuradigan koreyslar  va yaponlarning tarixiy yutuqlarini kim o'ylabdi, deysiz. Yaponlar biroz oldinroq "safdan chiqqan bo'lsa", koreyslarning "ertagi" yarimfinalga qadar davom etdi.  Darhaqiqat, ikki mezbonning bunday g'alabalarga erishishining siri nimada?  Ko'pchilik koreyslar sudyalarning "beminnat yordami" bilan yarimfinalga chiqqanligini e'tirof etdi.  Lekin menimcha, bu fikr unchalik ham to'g'ri emas.  Koreyslar va yaponlar  bolalar futbolini rivojlantirishni   g'alabaning birdan-bir yo'li, deb bilishdi va eng avvalo bolalar va o'smirlar futboliga katta e'tibor qaratdi.  Buning natijasi birdaniga ko'rinmasligi mumkin. Ammo kelajakdagi yutuqlarga poydevor qo'yib borishdi. Esingizda bo'lsa, 2002 yili jahon chempionati yakulangach, koreyslarning yetakchi futbolchilari Yevropadagi kuchli klublar tomonidan  xarid qilindi. Masalan, Li Yun Pe (PSV, Gollandiya), Li Chun Su (Numansiya, Ispaniya), Seul Ki Xyon (Vulverxempton, Angliya) va xokazolar. Darvoqe, Janubiy Koreya o'smirlar va yoshlar terma jamoalari ham ikki yildirki Osiyoda tengsizligini ko'rstaib kelmoqda.  O'tgan yili Janubiy Koreyaning "Seongnam Ilva Chunma" klubi Osiyo Chempionlar Ligasida barcha raqiblarini mag'lub etib, finalga qadar yetib keldi.


CHA DU RI

Koreys futboli hozirda rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda.  Asta-sekinlik bilan yosh avlod futbolchilari  ham Koreya bayrogi ostida  chiqishmoqda.  O'yingohlarda vatani terma jamoasiga muxlislik qilayotgan koreyslar  "GERMANIYADA  HAM  KAMIDA  4- O'RIN!" deya hayqirishilari  futbolchilarga dalda bo'lishiga qattiq ishonishadi. Shuning uchun ham futbolchilar vatandoshlari ishonchini har doim oqlashga harakat qilishadi.

            OTABEK  YO'LDOSHEV, JANUBIY KOREYA, SEUL

Qayd etilgan


muxbir  16 Iyun 2006, 18:33:40

SEONGNAM ILVA CHUNMA (JANUBIY KOREYA)

Koreyadagi eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi. Jamoa 1988 yil 15 sentyabrda tashkil etildi. K-ligadagi dastlabki ishtiroki 1989 yilgi mavsumga to'g'ri keladi. Shu yili jamoa 5-o'rinni egalladi. 1991 yilga qadar jamoa 5-o'rindan yuqoriga ko'tarila olmadi. 1992 yili esa jamoa Koreya chempionatida 2-o'rinni olish bilan birga "Adidas Kubogi"ni qo'lga kritdi. Oradan 1 yil o'tib esa jamoa Koreya chempionligiga erishdi. 1994-95 yillarda ham jamoa qatorasiga 2 marta Koreyad tengsizligini isbotladi. 1995 yilda hatto 15-Osiyo Klublar chempionatida ham g'olib bo'ldi. Seongnamliklar 1996 yili Koreya chempionatida muvaffaqiyat qozona olishmagan esa-da 1-Afro-Osiyo klub chempionati va 2-Osiyo klublar chempionatida g'olib chiqishdi.
Jamoaning 1997 yildan 2003 yilgacha qo'lga kritgan yutuqlari bilan tanishing:
1997 yil - 2-Koreya futbol asossiatsiyasi Kubogida 2-o'rin;
1998 yil - jamoa uchun omadsiz yakun topdi;
1999 yil - 4-Koreya futbol asossiatsiyasi Kubogi g'olibi, 47-Prezident Milliy Futbol turniri g'olibi;
2000 yil - Superkubok finalchisi, "Adidas Kubogi" finalchisi;
2001 yil - "Posco K-liga g'olibi;
2002 yil - "Adidas Kubogi" g'olibi, K-liga g'olibi, "Posdata superkubogi" g'olibi;
2003 yil - K-liga g'olibi, Osiyo Chempiolar Kubogida 3-o'rin;
2004 yili jamoa Osiyo Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib kelishdi. Esingizda bo'lsa, seongnamliklar yarimfinalda "Paxtakor"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra ortda qoldirishgan edi. 2004 yili jamoa "Samsung Xauzen Kubogi"ni ham qo'lga kiritshgan.
Jamoada bir qator xorijlik legionerlar to'p surishadi. Ulardan eng taniqlisi shubhasiz asli rossiyalik Denis Laktionovdir. Lekin Laktionov 2003 yili Koreya pasportiga ega bo'ldi va koreyscha ism tanladi. Uning koreyscha ismi - Li Song Nam.

Lekin bu yil jamoaning unchalik omadi yturishmayapti. Seongnamliklar hozirda Koreya chempionatida jadvalning o'rta pog'onalaridan birini egallab turishibdi.

Otabek

Qayd etilgan


muxbir  16 Iyun 2006, 18:34:37





"œPortu" (Portu, Portugaliya)
1893 yilda asos solingan.
Rasmiy sayti — http://www.fcporto.pt
Stadioni: "œDash Antash" (76 000 tomoshabin).
Ramziy rangi: ko`k-oq yo`l-yo`l/ oq.

Sovrinlari:
Portugaliya Chempioni: 21 marta.
Portugaliya Kubogi: 9 marta.
Chempionlar Ligasi (Kubogi): 2 marta (1987, 2004)
UEFA Kubogi: 2003
UEFA Superkubok: 1987.
Qit`alararo Kubok: 1987.


Portugaliya klub futbolida "œPortu" hamma vaqt uchuinchi raqam bilan belgilangan. Yuqoridagi holat to 1987 yilga qadar davom etdi. Huddi shu yili "œPortu" Yevropa Chempionlari Kubogi finalida myunhenning "œBavariya"si ustidan g`alaba qozondi. "œPortu"ning bunday katta g`alabasi, u xoxlagan vaqtida portugal futbolini o`zgartirib yuborish imkoniyatlarini ega ekanligini ko`rsatib qo`ydi. Venadagi final bahsida "œBavariya"ni mag`lubiyatga uchratgan jamoa tom ma`noda xalqaro terma jamoa edi: polyak darvozaboni Mlinarchik, braziliyalik Selso va Juari va jazoirlik Madjer, qaysiki "œshu yerlik" va porlab borayotgan portugal Paulu Futrega samarali hammualliflik qilgan. Buning ham hech ajablanarli joyi yo`q edi, chunki "œPortu" 1930-yillrdayoq porutgal klublari orasida birinchi bo`lib xalqaro transfer bozoriga chiqqan jamoa edi.

"œPortu" avvaliga o`z safiga ikki yugoslav futbolchisini taklif qilgan edi va ular 1938 va 1939 yillardagi mamlakat chempionligiga erishishdi o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar. U vaqtda "œPortu" o`z uy uchrashuvlarini eski va ta`mirtalab "œKampo da Konstitusiau"da o`tkazar edi. 1987 yildagi Chempionlar Kubogini qol`ga kiritgan "œPortu"  76 000 ishqibozni o`z bag`riga sig`dira oladigan "œEstadio Dash Antash" o`yingohida o`tkazdi. 2004 yilda Po`rugaliyada bo`lib o`tgan Yevropa Chempionati tufayli portugal stadionlari tubdan o`zgardi, "œPortu" esa superzamonaviy "œDa Luz" o`yingohiga ko`chib o`tdi.

Jamoaning xalqaro maydondagi ilk jiddiy qadamlari 1984 yilga to`g`ri keldi. O`sha yili Kubok Egalari Kubogi finlaiga qadar yetib borgan klub finalda "œYuventus"ga mag`lub bo`lib, ikkinchi bo`ldi. Yuqoridagi 1977 yilgi kubok bahslarida, 1978 va 79 yillardagi chempionatlarda "œPortu"ni g`alaba sari yetaklab Joze Marii Pedrotoga tashakkur bildirsa arziydi.

Pedrotoning ishini uning o`quvchisi, Portugaliya terma jamoasining sobiq markaziy himoyachisi Artur Jorje davom ettridi. U jamoani 1987 yilgi Yevropa Chempionlar kubogidagi g`alaba sari yetaklab bordi va klub erishilgan yuksak muvaffaqiyatdan so`ng terma jamoada ish boshladi. Avvaliga braziliyalik Karlos Alberto da Silva, keyinroq Bobbi Robson qo`l ostida "œPortu" Yevropadagi mavqeini saqlab turishga harakat qildi: 1994 yilda u Chempionlar Ligasida yarim finalga qadar yetib bordi. 1997 yilda esa chorak finalda kurashni to`xtatdi. Robson 1996 yili bundan keyingi uch yil davomida chempionlikni hech kimga bermagan ajoyib jamoani tuzib ketdi.

Jamoaning jahon miqyosidagi yulduzli onlari Joze Mourinyoning jamoaga bosh bo`lib kelganidan so`ng yuzaga keldi. Tajribali hamkasblariga nisbatan ancha yosh bo`lgan Joze Mourinyo avvalboshda jamoani ichki turnirlarda yaxshilab "œpishirdi." So`ng asta-sekin Yevropa zabt etila boshladi. Ilk yirik muvaffaqiyat 2003 yili UEFA kubogida qo`lga kiritildi. Finalga qadar barcha raqiblari mag`lubiyatga uchratgan "œPortu" finalda "œSeltik"ni qo`shimcha vaqtda "œkumush gol" hisobiga mag`lubiyatga uchratdi. Keyingi, 2003/04 yilgi mavsumda esa Yevropa klublarining eng nufuzli sovrini Chempionlar Ligasi g`olibligini qo`lga kiritdi. Bularning barchasi Joze Mourinyo ajoyib jamoa tuzganligi samarsi edi.

Hozircha "œPortu"ning xalqaro sahnadagi eng oxirgi va eng katta yutug`i, bu — Qit`alararo Kubokni qo`lga kiritganligi bo`lib qolmoqda. Libertadores Kubogi g`olibi bilan bo`lgan bahsda "œPortu" penaltilar seriyasida  Kolumbiyaning "œOnse Kaldas" jamoasi ustidan g`alaba qozongan edi.

Jadid, Toshkent.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 Sentyabr 2006, 16:22:53

ФК Интернационале






Карийб 1 асрдан купрок тарихига эга булган Италия футболида факат икки жамоа бор-ки, бу жамоалар бирор марта хам «А» - Сериядан пастга тушиб кетмаганлар. Бу Италия футболининг икки гранд жамоалари «Интернационале» ва «Ювентус» дир.

Куйида мен Италиянинг 13 карра чемпиони, Милан шахрини химоя килувчи «Интернационале» жамоаси хакида хикоя килмокчи эдим.

«Интер» (Интернационале) футбол клуби 20 асрнинг бошида «Милан» футбол клуби бошкарувидаги ички низолар натижасида бунёд этилганди. Милан шахри бош жамоасида факат италиялик уйинчилар туп суриши мумкин эди. Жамоа бошкаруви эса ака-ука Кампериолар кулида эди. Бошкарув услубидан норози булган жамоанинг 45 аъзоси Джованни Парамитьотти бошчилигида клубни тарк этдилар ва янги жамоа тузишга ахд килдилар.

Шундай килиб, 1908 йилнинг 9 март куни янги футбол клубига асос солинди ва «Интернационале» деб номланди. Клуб бундай номланишига асосий сабаб, жамоа уйинчилари турли давлатлардан йигилган эди. «Интер»нинг биринчи жамоа сардори Манктл хам швейцариялик эди. Жамоа миллий рамзи сифатида олтин ранг, кора ва кук рангларни танлади. Парамитьотти томонидан яратилган бу проект уз ютукларини куп куттирмади.

«Интер» биринчи марта Италия чемпионлигини 1910 йилда кулга киритди. Жамоанинг уша пайтдаги сардори Вирджилио Фоссати орадан куп вакт утмай Биринчи Жахон уруши даврида халок булди. Аммо унинг иштирокисиз хам 1920 йилда иккинчи марта «Скудетто» сохибига айланди.

1930 йилларга келиб Италияда хокимият тепасига Бенитто Муссолини бошчилигидаги фашистлар келади. Бу пайтда "Интернационале" бошка давлатларда хам жуда машхур булиб улгурган эди. Фашистлар сиёсати таъсирида "Интер" уз номини узгартиришга ва формасини алмаштиришга мажбур булди. Клуб "Амброзина" деб атала бошлади (Амброзина - Миланнинг Авлиё рухонийси номи). Унинг янги формаси ок рангда булиб, кизил хоч тасвири туширилган эди. Шунга карамай мухлислар устидан "Интер"нинг кук-кора формаси тушмади, стадионларда "Форца Интер" ("Яшасин Интер!") деган хайкириклар тухтамайди. 1932 йилдагина икки номни бирлаштиришга рухсат беришди. Энди жамоа "Амброзина - Интер" деб атала бошлади. Шу даврларда "Интер" узининг учинчи "Скудетто"сига эга булади. 1945 йилнинг октябрига келибгина (фашистлар диктатураси кулатилгач) клуб узининг аввалги номига эга булади.

Уша даврларнинг энг машхур уйинчиларидан бири, шубхасиз Джузеппе Меацадир. У "Интер" таркибида 224 майдонга тушиб, ракиблар дарвозасини 248 марта ишгол килган. Милан Джузеппе Меаца ни хеч качон унутмаса керак. Хозирги кунда "Интер" уз уй уйинларини утказадиган стадион унинг номи билан аталади.

"Интер" учун 1964-1965 йиллар жуда омадли келди. Бу йилларда клуб канча хохласа шунча кубокларни кулга киритди. 1964 йил Чемпионлар Лигаси финалида "Интер" Мадриднинг "Реал" жамоасини 3-1 хисобида маглубиятга учратиб, Европа чемпионлар лигаси кубогини кулга киритади. Бунгача "Интер" Ливерпулнинг "Эвертон"ини, Белграднинг "Партизан"ини, Дордмунднинг "Боруссия"сини маглубиятга учратган эди. Шу йилнинг узида уч уйин хисобида Аргентинанинг "Индепенденте" клубини маглубиятга учратиб Китъалараро кубокни хам кулга киритади.

1965 йилда энг эсда коларли уйинлардан бири бу Милан дербиси булди. Биринчи уйинда "Милан"га 0-3 хисобида уйинни бой бериб, жавоб учрашувида 5-2 хисобида ажойиб галабани кулга киритди. Бундан ташкари Чемпионлар лигаси ярим финалида "Ливерпуль"га мехмонда 3-1 хисобида маглубиятга учраб, жавоб учрашувида 3-0 хисобида маглубият аламини олди ва финалга йул олди. Финалда Португалиянинг "Бенфика"си 1-0 хисобида маглуб этилди ва каторасига иккинчи марта Чемпионлар кубоги Миланга йул олди. Китъалараро кубок учун учрашувда "Интер" яна "Индепенденте" карши кураш олиб борди. Бу сафар икки уйин голибни аниклашга кифоя килди. Биринчи уйин уйда 3-0 хисобида якунланди, жавоб учрашуви эса 0-0 хисоби билан уз якунига етди. Натижада "Интер" яна каторасига иккинчи марта Китъалараро кубок сохибига айланди.

Афсуски, охирги йилларда "Интер"дан омад анча юз угириб турибди. Хар йили жадвалнинг юкори кисмини хеч кимга бермай келади, лекин охирги турларда курсатилган ишончсиз уйинлар хисобига "Скудетто"дан махрум булиб коляпти. Клуб охирги марта 1989 йилда "Скудетто" сохиби булишган эди.

1990 йилларда "Интер" таркибида Лотар Маттеус, Юрген Клинсман, Серена, Иван Саморано, Денис Бергкамп, Игорь Шалимов каби юлдузлар туп суришди. Шу юлдузлар саъй харакати эвазига 1994 йилда УЕФА кубоги сохиби булишди.

1997 йилда "Интер" Европа майдонларида яна яркиради. УЕФА кубогининг ярим финалида Москванинг "Спартак" жамоаси икки уйин натижасига кура маглуб этилди. Финалда "Интер" "Лацио" билан учрашди. Уйин тулик "Интер" устунлигида утди ва хисоб хам ушанга яраша 3-0. Гол муаллифлари Саморано, Занетти ва Рональдо. Италия А-сериясида факатгина охирги турда Ювентусга 1-0 хисобида бой берилган очколар эвазига иккинчи уринни эгаллади.

2000 йилда Италия Кубоги финалида "Интер" Римнинг "Лацио" клуби билан учрашди ва маглубиятга учради. Ушбу уйинда Рональдо огир жарохат олади ва икки йилга футболдан кетишга мажбур булади.




Inter (Italiya)

2002 йилда мавсум давомида Интер биринчи уринни хеч кимга бермай келади, аммо чемпионатнинг охирги турида Римда "Олимпико" стадионида "Лацио" дан маглубиятга учрайди ва натижада 3 урин билан кифояланади. УЕФА кубогида эса ярим финалгача етиб боради. Ярим финалда Голландиянинг "Феенорд"ига икки уйин натижасига кура маглубиятга учрайди.

2003 йилги мавсумда хам биринчи даврада "Интер" биринчи уринни хеч кимга бермади, аммо иккинчи даврада купгина жарохатлар ва ишончсиз уйинлар эвазига яна иккинчи уринни эгаллади. Чемпионлар Лигаси ярим финалида "Милан" га икки уйин хисобига кура маглубиятга учради. Тугрироги мехмонда 0-0 хисоби кайд этилди, уйда эса 1-1. "Милан" мехмонда урилган гол хисобига финалга чикди.

2004 йилги мавсумда эса "Интер" умуман буш уйин курсатди. Стадион трибуналарида хаттоки "Галварслар, ечинглар бизни футболкаларни" мазмунидаги баннерлар хам пайдо булди. Шундай сунг клуб уйинчилари Кук-кора рангни шарманда килмаслик учун мехмон формасида мавсумни тугатишга мажбур булишди...



Roberto Manchini


2005 йилги мавсумни Роберто Манчини бошчилигида бошлаган «Интер» яна скудеттони кулдан чикарди, чемпионлар лигасида эса 1/4 финалгача етиб борди ва хамшахарлари томонидан тухтатиб колинди. Бирок, «Италия Кубоги»ни кулга киритишди. Бу кубок бошка кубокларга йул очиб беради деган умиддамиз.
 
 
 

Qayd etilgan


watson  22 Noyabr 2006, 15:31:38

2006 yili internazionale klubi skudettoni, kubogni va italiya super kubogini qulga kiritdi...
bu yilgi 4empionat uyinlarida esa maglubiyatga u4ragani yuq, (u4ramasin iloyim)va yakka peshqadam bulib turnir jadvalini boshqarib kelyapti.
keyingi uyinlarda omad tilayman

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Aprel 2007, 10:34:37

Ikboljohn, "Bavariya"ning tarixini bilasizmi?

Qayd etilgan