QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 1151035 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 101 B


Mashhura  08 Fevral 2008, 18:34:18

savol: Mavlono Jaloliddin Rumiy «Ichindagi ichindadir» kitobida shunday o’xshatish qiladi: «...bu shohlar xazinalarida bo’ladigan, qimmatbaho po’latdan tayyorlangan hind qilichini bezatilgan qilichni osh pichog’i o’rnida ishlatish yoxud oltin idishda sholg’om pishirish yo javhar bilan bezatilgan pichoqni mix o’rnida qoqib, unga oshqovoq osishga o’xshaydi»
Savol: Mavlono nimani bu kabi holatlarga o’xshatadi?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 18:37:56

Keyingi savol:
2x5=10
5x2=10
ammo ular 2ta beshni 20 hisoblaydilar. Savol: Kimlar?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 18:39:47

Savol: Xitoyliklar fikricha uchadiganlardan — samolyotni, o’rmalaydiganlardan — tankni, suzadiganlardan — kemani "¦.. nima qilib bo’lmaydi?

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 18:43:28

Savol: Yahudiylar fikricha "O’g'il bola tug’ilsa, tinchlik qaror topadi, qiz bola tug’ilsa-chi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Fevral 2008, 18:46:33

Savol: Xitoyliklar fikricha uchadiganlardan — samolyotni, o’rmalaydiganlardan — tankni, suzadiganlardan — kemani "¦.. nima qilib bo’lmaydi?

Yeb bo'lmaydi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Fevral 2008, 18:47:37

Savol: Yahudiylar fikricha "O’g'il bola tug’ilsa, tinchlik qaror topadi, qiz bola tug’ilsa-chi?

Hech narsa o'zgarmaydi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Fevral 2008, 18:54:06

/Diyego, Manfrid va Sid qaysi "davrda" do'stlashadi. /

javob: Muzlik davrida

Javobiz to'g'ri

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 19:00:55

Iqtibos  
Iqtibos: Mashhura dan Bugun 18:43:28
Savol: Yahudiylar fikricha "O’g'il bola tug’ilsa, tinchlik qaror topadi, qiz bola tug’ilsa-chi?

Hech narsa o'zgarmaydi
Muallif: Y_U_R_I_S_T  Jo'natildi: Bugun 18:46:33  
Iqtibos  
Iqtibos: Mashhura dan Bugun 18:39:47
Savol: Xitoyliklar fikricha uchadiganlardan — samolyotni, o’rmalaydiganlardan — tankni, suzadiganlardan — kemani "¦.. nima qilib bo’lmaydi?

Yeb bo'lmaydi
Muallif: Mashhura  Jo'natildi: Bugun 18:43:28  
Iqtibos  
Savol: Yahudiylar fikricha "O’g'il bola tug’ilsa, tinchlik qaror topadi, qiz bola tug’ilsa-chi?

Hech narsa o'zgarmaydi
javoblaringiz to'g'ri!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Fevral 2008, 19:05:36

savol: Mavlono Jaloliddin Rumiy «Ichindagi ichindadir» kitobida shunday o’xshatish qiladi: «...bu shohlar xazinalarida bo’ladigan, qimmatbaho po’latdan tayyorlangan hind qilichini bezatilgan qilichni osh pichog’i o’rnida ishlatish yoxud oltin idishda sholg’om pishirish yo javhar bilan bezatilgan pichoqni mix o’rnida qoqib, unga oshqovoq osishga o’xshaydi»
Savol: Mavlono nimani bu kabi holatlarga o’xshatadi?


Menimcha bor bilimni sarflamaslik, yoxud behuda ishga vaqtni sarflash

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 19:10:47

Yana savol:
Ulug’bek Hamdamning "œIsyon va itoat" romanida shunday tasvir bor - «Bu — kuchli va ojizning it-mushuk bo'ladigan joyi ekan. U yerda insoniyat yaratgan madaniyatdan asar ham yo’q edi. Inson uning eshigini ochib kirar ekan, tug’ilgandan shu yoshgacha o’ziga yuqtira olgan neki ezgulik bor hammasini yechib tashlab, ichkariga yalang’och badan, qaynoq qon oqib turuvchi vujud bilan kirar edi».
   Savol: Asarda tasvirlangan joy qayer?

Qayd etilgan