1. 1901-yil Ogayo shtatidagi Kolumbus shaxri qamoqxonasidan o’zining yaxshi xulqi uchun Uilyam Sidney Porter ozod qilindi. Keyinchalik u butun dunyoga boshqa nom bilan mashxur bo’ladi. Uni mashxur qilgan nomni ayting?
2. Diqqat, savolda so’z almashtirilgan. Oushenning 13 do’sti bilan tanishing: Xosemi, Antonio Nunes, Xabi Alonso, Luis Garsiya, Morientes, Pellegrino, Xose reyna, Muxammad Sissoko, Yan Kromkamp, Mark Gonsales, Fabio Avrelio, Arbeloa va Fernando Torres. Oushen kimligini bilgan bo’lsangiz uning Yevropadagi navbatdagi raqibi kim ekanligini toping?
3. Anekdot: Mijoz barmendan so’radi:
-Xar kuni necha litr pivo sotasizlar?
-200 litr!
-Xar kuni 300 litrdan pivo sotish yo’lini o’rgataymi?
-Buning iloji bormi, qanday qilib?
-"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Dialogni davom ettiring?
4. Ulan-batorda Chingizxon, Varshavada Fredrik Shopen, Gavanada Xose Morti, Vashingtonda Ronald Reygan, Parijda Sharl de Goll bo’lsa siz Rimda kim ekanligini toping
5. Topishmoq:
Dengiz emas yer xam emas,
Kema xam suzmaydi odam xam yurmaydi.
Topishmoqning javobini toping?
6. Usama bin Lodin va D. I. Mendeleyevning avtobiografiyasida 17 raqamiga ko’zingi tushishi mumkin. Bu raqam nimani bildiradi?
7. Kolumbiyada 14 yoshdan katta yigit va erkaklarning u narsasiz ko’chaga chiqishi taqilqlangan. Qoidani buzganlar jarimaga tortiladi. Agarda jarima to’lashni istamasangiz, VICH inspektsiya profilaktikasiga qarshi qaratilgan 3-soatlik maxsus kursga yuborilasiz. Savol: Uning nimaligini aytishni xoxlamasangiz birinchi xarfini ayta qoling?