QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 1150528 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 101 B


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:19:19

Yumoristlarning bir gapini davom ettiring.
"Labaratoriyada yangi yalqov robot yaratildi. Sinov imtihoni a'lo darajada o'tdi. Robot......."
Robot nima qilgan?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:19:31

2006 yil Angliyada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada "Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo'lishini xoxlaysiz degan savolga eng ko'p javob manchester Yunayted jamoasi o'yinchisi Ueyn Rooney oladi.
Ikkinchi o'rinni egallagan inson real shaxs bo'lmasa u kim?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:20:56

Angliyada "œS", AQShda "œU". Xo’sh Toshkentdachi?


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:21:37

O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog’kiqligini toping.


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:21:49

Filipp Morris kompaniyasi o’z xodimlarining 40% iga  aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:22:22

U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda?


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:23:59

Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig’ilishmagan va o’z navbatini o’zgartirishmagan. Biz xozir ularni o’zbekchada njima deb ataymiz?


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:24:50

Diqqatni jamlaydigan savol. Leonardo Da Vinchi chizgan Florensiyalik bir savdogarning xotinini suratida u ayol chap qo’lida nimani ushlab turibdi?


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:25:38

Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida "œMashhur juftliklar" katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Julyetta, Pi’er va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o’rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Fevral 2008, 17:26:01

Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?


Qayd etilgan