QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 1151089 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 101 B


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 20:03:01

POYTAXTLAR MAVZUSI

Savol-7
Bu poytaxt shaharga o'sha davlatning 1 Prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt
shahar?
AQSH poytaxti Washington
TARJIMALAR MAVZUSI

10-savol: Sportga qiziqasizmi? Ko'p sport turlari ba'zi ma'noni beradi. Masalan bu sport turi rus tilidan "o'z o'zini himoya qilish" degan ma'noni beradi. Xo'sh topdizmi? Bu qaysi sport?
Sambo - samooborona bez orujiya

POYTAXTLAR MAVZUSI

Savol-8
Nauru davlatini ko'pchilik eshitmagan bo'lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo'q. Lekin 1 sababga ko'ra u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O'sha sababni aniq ayting.
Bu mitti davlatning poytaxti yo'q

TARJIMALAR MAVZUSI

9-savol: Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so'zni mashhur multfilmdan ko'p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so'zning ma'nosi "xavotirsiz yaxshi yashash" degani. Qaysi so'z?

Akuna matata ???


Barchasi to'g'ri

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 20:04:04

POYTAXTLAR MAVZUSI

Savol-9
Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar va davlat?

Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan

To'g'ri

Iqtibos
Donolikni sevaman - Filosofiya - Falsafa

Bu ham to'g'ri

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Fevral 2008, 20:05:41

TARJIMALAR MAVZUSI

4-savol: Qadimda ko'p davlatlarni shohlar boshqargan.Xozir ular yo'q. Lekin Osiyodagi 1 shaharda biz tirik shohni uchratamiz.Albatta bu so'zni tarjima qiling va qaysi shaharligini ayting

Samarqanddagi Shohi Zinda haqida gap ketmayaptimi?

Ha, albatta Shohi Zinda. Uning ma'nosi "tirik shoh" degani


Iqtibos
5-savol: Yana yunon tilidan savol. Yunonchaga "Kiyimlarni qo'riqlayman" so'zini tarjima qiling.

Garderop

Bu ham to'g'ri

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Fevral 2008, 21:38:53

Iqtibos
TARJIMALAR MAVZUSI

7-savol: Endi lotin tiliga o'tamiz. Lotinchada bir mamlakatning ma'nosi "Janubiy yer" degani. U davlat haqiqatan ancha janub tomonda joylashgan. Bu qaysi katta davlat?

Avstraliya

Iqtibos
TARJIMALAR MAVZUSI

8-savol: Lotin tilini o'rgandizmi? Davom etamiz. Menga 2 ta qit'a nomini ayting, qaysiki 1-ma'nosi quyoshning chiqishi; 2-ma'nosi quyoshning botishi bo'lsin.

Osiyo va Yevropa

Iqtibos
POYTAXTLAR MAVZUSI

Savol-6
Bu shaharga mo'gullar asos solishgan. Uning ma'nosi "Saroy" degani. Siz menga bu qaysi
shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.

Qarshi - Qashqadaryo viloyati poytaxti.

Iqtibos
POYTAXTLAR MAVZUSI

Savol-3
Bu poytaxt 2 ta shahar qo'shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi

qo'shilgandan so'ng paydo bo'lgan. Bu qaysi shahar?

Budapesht

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Fevral 2008, 10:39:40

Iqtibos
TARJIMALAR MAVZUSI

7-savol: Endi lotin tiliga o'tamiz. Lotinchada bir mamlakatning ma'nosi "Janubiy yer" degani. U davlat haqiqatan ancha janub tomonda joylashgan. Bu qaysi katta davlat?

Avstraliya

Iqtibos
TARJIMALAR MAVZUSI

8-savol: Lotin tilini o'rgandizmi? Davom etamiz. Menga 2 ta qit'a nomini ayting, qaysiki 1-ma'nosi quyoshning chiqishi; 2-ma'nosi quyoshning botishi bo'lsin.

Osiyo va Yevropa

Iqtibos
POYTAXTLAR MAVZUSI

Savol-6
Bu shaharga mo'gullar asos solishgan. Uning ma'nosi "Saroy" degani. Siz menga bu qaysi
shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.

Qarshi - Qashqadaryo viloyati poytaxti.

Iqtibos
POYTAXTLAR MAVZUSI

Savol-3
Bu poytaxt 2 ta shahar qo'shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi

qo'shilgandan so'ng paydo bo'lgan. Bu qaysi shahar?

Budapesht

Barchasi to'g'ri

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Fevral 2008, 10:42:41

Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?




Chunki  Thailand qog'oz pyllari va tangalarida Thailand qirollarining rasmi aks ettirilgan ulardan asosiysi Bhumibol qirolining surati, bularni oyoq osti qilish ularga behurmatlikni belgilidi, manimcha shundey

Bu ham to'g'ri. Agar www.iguzar.uz dan javoblarni ko'rmayotgan bo'lsangiz unda sizga qoyil

dostim zakovat klubida bilmadim qandey savollarga javob berishadiyu, man ozim bilganimmi  yozdim, o'sha saytdan bo'lganda xozir hammasiga togri javob olgan bolardiz

Do'stim men bu gaplarni xazil tariqasida aytgan edim. Noto'g'ri ma'no chiqqan bo'lsa uzr. Aslida bu savollar Zakovat savollari emas. Bular men har yakshanba iguzar.uz sayti a'zolari orasida o'tkazadigan ZAKOVAT-SMS ONLINE o'yini savollari edi. Shuning uchun atayin oson tayyorlangan. Agar xoxlasangiz siz ham menga PM orqali telefon raqamingizni yuboring. Yakshanba kungi o'yinda ishtirok etasiz. Bu galgi savollar mavzusi KINOMANIYA.

Qayd etilgan


Murod_bek  08 Fevral 2008, 15:54:14

Yaxshi loyihaga asos solgan ekansiz...
Savollarni o'zingiz tayyorlaysizmi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  08 Fevral 2008, 16:06:46

Yaxshi loyihaga asos solgan ekansiz...
Savollarni o'zingiz tayyorlaysizmi?


Ha, albatta. Savollar borasida muammo yo'q.

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 18:22:13

/Diyego, Manfrid va Sid qaysi "davrda" do'stlashadi. /

javob: Muzlik davrida

Qayd etilgan


Mashhura  08 Fevral 2008, 18:30:01

Savol: Sevimli shoirimiz Usmon Azimning shunday she’ri bor:
Maysaning o’sgani faqat bahorda,
Faqat yillardadir daraxtning o’sgani,
Hatto tog’ o’sishdan to’xtar
Bir kuni..
Ammo
U
Tinmay o’sgani-o’sgan..
Bir kuni osmonga yetadi u.
Xo’sh, U.Azim fikricha nima tinmay o’sadi?

Qayd etilgan