QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 775775 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 101 B


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:10:32

Assalomu alaykum!
Sizlarga ma'lumki, 4 yil avval ZiyoUz forumida ZiyoUz BukToPuHaCu tashkil etilgan.
Ushbu viktorinada intellektual savollar berib borilib, savol egalari va javob berganlarga ball berilib hisoblab boriladi.

MANTIQIY SAVOLLAR mavzusida esa mantiqni ishlatib topiladigan savollar beriladi. Sof ilmiy va intellektual savollarni bu yerga qo'shmasdan, ZiyoUz Viktorinasida qoldirishingiz kerak bo'ladi.
Shu maqsadda ushbu mavzuda berilgan ba'zi savollarni viktorinaga ko'chirdim. Ushbu savol egalari va javob berganlar viktorina reytingiga qo'shiladi.

Messy, Y_U_R_I_S_T, Mashhura va boshqalar, ilmiy-intellektual savollaringizni Viktorinada qoldiring.

Ajratib olingan savollarni e'lon qilayapman. Ulardan ko'piga javob topilgan. To'g'ri javob egalari qavs ichida () qayd etildi. To'g'ri javob berilmagan savollarga javobni esa bu mavzuda emas, Viktorinada qoldiring.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:11:55

Messyning savollari:

Nyu-yorkda o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra AQSH axolisi telefonda gaplashayotganda eng ko'p ishlatiladigan so'zni toping ?
Javob: I" yani "Men" (Messy)

1891-yil Kanadalik jismoniy tarbiya o'qituvchisi Neysmit qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Basketbol (MAFIYA_BAXTIYOR)

1499-yil Ispanlar ummon osha Janubiy Amerika qirg'og'iga yaqinlashgach, ushbu makonning tabiatini Venetsiyaga qiyoslaydilar. Va uni erkalab kichik Venetsiya deb atashadi. BU davlat xozirda qanday nomlanadi?
Javob: Venesuela (AbdulAziz)

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:12:17

Y_U_R_I_S_Tning savollari:

Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo, Zair. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Javob: Barcha mamlakatlar ekvatorda joylashgan. (Otabek80)

2006 yil Angliyada maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada "Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo'lishini xoxlaysiz degan savolga eng ko'p javob manchester Yunayted jamoasi o'yinchisi Ueyn Rooney oladi. Ikkinchi o'rinni egallagan inson real shaxs bo'lmasa u kim?
Javob: Garri Potter (AbdulAziz)

Angliyada "œS", AQShda "œU". Xo’sh Toshkentdachi?
Javob: M (metro). S - Subway U - Underground (AbdulAziz)

O’zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog’kiqligini toping.
Javob: Barchasi U harfidan boshlanadi. (AbdulAziz)

U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo’qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Til (AbdulAziz)

Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig’ilishmagan va o’z navbatini o’zgartirishmagan. Biz xozir ularni o’zbekchada njima deb ataymiz?
Javob: 4 fasl: Bahor, yoz, kuz va qish (RedBull)

Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida "œMashhur juftliklar" katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Julyetta, Pi’er va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o’rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?
Javob: Odam Ato va Momo Havo (AbdulAziz)

Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O’zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko’p iste’mol qilishadi.
Javob: Choy (otabek80)

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:12:28

U qush o’z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig’i u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
Javob: Pingvin (AbdulAziz)

O’zbekiston Respublikasining 1 so’mlik pulida nechta "œbir so’m" degan yozuv bor?
Javob: 2 ta (RedBull)

Sizga ma'lumki qadimda qo'shinlarda o'nboshi, yuzboshi, mingboshi degan unvonlar bo'lgan. Yunon tilida o'nboshi degan so'z bor. U so'z xozir ham ishlatiladi. Faqat harbiy sohada emas, ta'lim sohasida. U qaysi so'z?
Javob: Dekan (Usmon)

Qadimda ko'p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo'q. Lekin Osiyodagi 1 shaharda biz tirik shohni uchratamiz.Albatta bu so'zni tarjima qiling va qaysi shaharligini ayting.
Javob: Shohi Zinda - Samarqand (Shoir)

Yunonchaga "Kiyimlarni qo'riqlayman" so'zini tarjima qiling.
Javob: Garderop (Shoir)

Qaysi fanning ma'nosi "Donolikni sevaman" degani?
Javob: Donolikni sevaman - Filosofiya - Falsafa (Usmon)

Lotinchada bir mamlakatning ma'nosi "Janubiy yer" degani. U davlat haqiqatan ancha janub tomonda joylashgan. Bu qaysi katta davlat?
Javob: Avstraliya (AbdulAziz)

Menga 2 ta qit'a nomini ayting, qaysiki 1-ma'nosi quyoshning chiqishi; 2-ma'nosi quyoshning botishi bo'lsin.
Javob: Osiyo va Yevropa (AbdulAziz)

Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so'zni mashhur multfilmdan ko'p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so'zning ma'nosi "xavotirsiz yaxshi yashash" degani. Qaysi so'z?
Javob: Akuna matata (Usmon)

Bu sport turi rus tilidan "o'z o'zini himoya qilish" degan ma'noni beradi. Bu qaysi sport?
Javob: Sambo - samooborona bez orujiya (Usmon)

Koreys tiliga "poytaxt" so'zini tarjima qiling.
Javob: Seul (Shoir)

Bu poytaxt 2 ta shahar qo'shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi qo'shilgandan so'ng paydo bo'lgan. Bu qaysi shahar?
Javob: Budapesht (AbdulAziz)

Bu shaharga mo'gullar asos solishgan. Uning ma'nosi "Saroy" degani. Siz menga bu qaysi shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.
Javob: Qarshi - Qashqadaryo viloyati markazi (AbdulAziz)

Bu poytaxt shaharga o'sha davlatning 1 Prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt shahar?
Javob: AQSH poytaxti Washington (Usmon)

Nauru davlatini ko'pchilik eshitmagan bo'lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo'q. Lekin 1 sababga ko'ra u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O'sha sababni aniq ayting.
Javob: Bu mitti davlatning poytaxti yo'q (Usmon)

Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar va davlat?
Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan (Usmon)

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Fevral 2008, 22:13:32

Javob berilmagan savollar:
Muallif: Y_U_R_I_S_T

Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o’rnatilgan bo’lib, unda 3 raqam yo’lovchilarga ko’rsatilib turadi.
1. Aniq vaqt — ya’ni soat
2. Salondagi harorat — ya’ni temperatura.
Xo’sh 3-raqam nimani ko’rsatib turadi?

Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko'rsatkichi bo'yicha
1-o'rin:  Segareta maxsulotlari
2-o'rin:  Kiyim-kechak
Xo'sh 3-o'rinda qaysi maxsulot turadi?

Filipp Morris kompaniyasi o’z xodimlarining 40% iga  aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?

Tailand qonunlariga ko’ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o’ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?

2002 yil Angola hayvonot bog’idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to’tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu operatsiya qanday nomlanagan?

Eng birinchi uning yorug’ligi ko’rinadi. So’ng ovozi eshitiladi. So’ng shamolini xis  qilasiz. Ana undan keyingina o’zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?

Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo’shsangiz kichrayadi. Nima u?

Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o’tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo’ygan: "œSiz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey." U qaysi ovqatni nazarda tutgan?

Karate Yaponiyada paydo bo'lganini bilasiz. Uning ma'nosi "Bo'sh qo'l" degani. Xo'sh unda yaponchasiga "Bo'sh ovoz" nima ekanligini toping.

Yunon tiliga "Sakkizinchi oy" degan so'zni tarjima qiling.

Bu ro'yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o'rin olgan. Shveytsiya poytaxti 67-o'rinda, Fransiyaniki 71-o'rinda, Daniya poytaxti 72-o'rinda. Yordam sifatida aytishim mumkin bu ro'yxatda insonlar nomi ham uchraydi.Bu qaysi ro'yxat?

Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926 yillarda mashhur rassom Salvador Dali o'qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?

1896 yil bu shahar poytaxt deb e'lon qilindi va uning nomi ham o'zgardi. Uning nomini ma'nosi "Sharq poytaxti". BU qaysi shahar?

Bu poytaxt dunyoga ancha mashhur va yirik shahar hisoblanadi. Qizig'i bu shaharga qo'li uzun inson asos solgan deyishadi. Menga Poytaxtni emas, asos solgan insonni ayting. poytaxtni aytsangiz xisob emas.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Fevral 2008, 10:51:55

Savol:
Uning o'rnida Sulaymon orollarida odamning bosh suyagi, Santa Krus orollarida qush patlaridan yasalgan 10m.lik tasma, Tinch okeanidagi ba'zi orollarda 100 yil oldin diametri 4m.lik toshlar ishlatilgan. Biz hozir nima ishlatamiz?


Menimcha pul

Qayd etilgan


messi44  09 Fevral 2008, 13:27:41

Savol:
 Jarko Petanning shunday g'alati o'xshatishi bor: "Agar u yaratilgan eng birinchi asar ekanligi hisobga olinsa, umuman bu asar unchalik yomon chiqmagan"
Siz nima deb o'ylaysiz?
Momo Havo

Qayd etilgan


Mashhura  12 Fevral 2008, 11:06:37

Savol:
Eramizdan avvalgi 11 asrlardayoq Vavilonliklar uni chavandozga qiyos qilishadi. Yunon afsonalarida esa Gerakl zaharlangan o’q yoy bilan o’ldirgan kentavr Xiron esga olinadi. U doimo Chayonga o’qtalib turadi. Unga hukmdor va panohgo’y Yupiter homiylik qiladi. Bu ta’rif egasi nima?

kentavr

To'g'ri

Qayd etilgan


Mashhura  12 Fevral 2008, 11:08:04

Savol:
Uning o'rnida Sulaymon orollarida odamning bosh suyagi, Santa Krus orollarida qush patlaridan yasalgan 10m.lik tasma, Tinch okeanidagi ba'zi orollarda 100 yil oldin diametri 4m.lik toshlar ishlatilgan. Biz hozir nima ishlatamiz?
Menimcha pul

To'g'ri. Biz pul ishlatamiz.

Qayd etilgan


Mashhura  12 Fevral 2008, 11:18:52

Yana savol:
Ulug’bek Hamdamning "œIsyon va itoat" romanida shunday tasvir bor - «Bu — kuchli va ojizning it-mushuk bo'ladigan joyi ekan. U yerda insoniyat yaratgan madaniyatdan asar ham yo’q edi. Inson uning eshigini ochib kirar ekan, tug’ilgandan shu yoshgacha o’ziga yuqtira olgan neki ezgulik bor hammasini yechib tashlab, ichkariga yalang’och badan, qaynoq qon oqib turuvchi vujud bilan kirar edi».
   Savol: Asarda tasvirlangan joy qayer?

qamoqxona

To'g'ri!

Qayd etilgan