QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 1151077 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 ... 101 B

Usmon  12 Fevral 2008, 13:00:36

Klassik masala! (Agar bu savol berilgan bo'lsa uzr)
Bir mamlakat sultoni xazinasiga o'z hukmdorligi ostidagi 12 viloyat noiblari keltirgan tilla tanga to'la qoplarni yig'ibdi. Kutilmaganda halloslab bir chopar kelib qolibdi va sultonga shunday debdi:
- Ey buyuk sulton, noiblaringizdan biri sizni sotdi. U yuborgan qop qalbaki tangalar bilan to'ldirilgan. Ular tashqi ko'rinishidan haqiqiysidan farq qilmaydi, faqat ularning og'irligi haqiqiy tilla tanga kabi 10 gram emas, 9 gram...
Sulton qaysi noib xoin va o'zboshimcha ekanligini tilla tanga to'la qoplarni bir tortishda aniqlashga ahd qilibdi.
Siz unga bir marta tortishda qaysi qop qalbaki tangaga to'ldirilganini aniqlashda yordam bera olasizmi?

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  13 Fevral 2008, 12:14:18

Podshoh barcha qoplardan har xil tanga oladi. Masalan: 1 qopdan bitta, 2-qopdan ikkita, 3-dan uchta.....12-dan o'n ikkita. Va umumiy og'irligini tortib ko'radi. Umumiy vazndan necha gramm kam bo'lsa shu raqamdagi pullar qalbaki bo'ladi. 5 gramm kam bo'lsa 5-qop, 8 gramm bo'lsa 8-qop va h.k. Xullas masala  xal.

Qayd etilgan

Usmon  15 Fevral 2008, 09:56:12

Javob to'g'ri :D

Zaharga qarshi dori
Alpinist qoyadan tushayotib o'zi bilmagan holda birvarakayiga ikkita zaharli ilon - Kobra va Yapaloq ilonni bosib olibdi. Ilonlar ham qarab turarmidi? Darrov alpinistni chaqishga ulgurishibdi. Alpinist o'ta ehtiyotkor bo'lib, o'zi bilan ilon zahriga qarshi dori olib yurar ekan. Zaharga qarshi dorilarni ikkitadan - birini o'sha zahoti, ikkinchisini esa ertasiga ichish shart ekan. Ya'ni  shartli ravishda, Kobra zahriga qarshi dorini "K" deb, Yapaloq ilon zahriga qarshi dorini "Y" deb belgilasak, ilon chaqqan zahoti "K" va "Y" dan bittadan, ertasiga ham yana bittadan tabletka ichish kerak.
Alpinist "K" dori qutisidan bitta dori olibdi, "Y" dori qutisidan olayotib esa, ehtiyotsizlik qilib, kaftiga ikkita "Y" dorini tushirib yuboribdi. Qo'lida hammasi bo'lib 3 ta dori - 2 ta "Y" va 1 ta "K" dorisi bo'lgan alpinistning boshi qotibdi. Chunki dorilar tashqi ko'rinishi umuman farq qilmas ekan.
Siz unga qaysi dorini ichishni aniqlashda yordam bera olasizmi?

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  15 Fevral 2008, 10:28:04

Menimcha u qo'lidagi dorilarni ichmasdan idishdan boshqa dorini olib ichsin. Masalaga oydinlik kiriting. Uning dorisi ko'pmi yoki faqat ikkitadan?

Qayd etilgan

Usmon  15 Fevral 2008, 11:35:38

Menimcha u qo'lidagi dorilarni ichmasdan idishdan boshqa dorini olib ichsin. Masalaga oydinlik kiriting. Uning dorisi ko'pmi yoki faqat ikkitadan?
Siz bergan javob dorilar ko'p bo'lganda haqiqatdan ham o'rinli.
Biroq dorilar 4 tagina - ya'ni 2 ta "K" va 2 ta "Y". Bechora alpinist :D

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  17 Fevral 2008, 17:00:22

Uraaa. Topdim.
Ancha o'ylanib bo'lsa ham topdim.

Demak javob quyidagicha:

Alpinist o'zida mavjud bo'lgan dorilarning hammasini (sizning aytishingiz bo'yicha 4 ta) yarmidan ikkiga bo'ladi. Va 4 ta doridan yarimta-yarimta ichadi. Har qanday vaziyatda ham u bitta "K" dori, bitta "Y" dori ichadi. Qalay?

Qayd etilgan

Usmon  18 Fevral 2008, 09:57:34

To'g'ri! (Qoyil) Alpinist tirik qoldi :)
Mana yana bitta masala:
Ikkita bir xil stakan bor. Ularning biriga sut, ikkinchisiga kofe solingan. Sut va kofening miqdori teng. Birinchi stakandan bir qoshiq sutni olib kofeli stakanga quyishdi. Keyin aralashtirishdi va ikkinchi stakandan birinchisiga sutli kofedan bir qoshiqni qaytib quyishdi.
Diqqat savol:
Sutda kofe ko'pmi yoki kofeda sut?

Qayd etilgan

otabek80  20 Fevral 2008, 07:47:36

Ikkita bir xil stakan bor. Ularning biriga sut, ikkinchisiga kofe solingan. Sut va kofening miqdori teng. Birinchi stakandan bir qoshiq sutni olib kofeli stakanga quyishdi. Keyin aralashtirishdi va ikkinchi stakandan birinchisiga sutli kofedan bir qoshiqni qaytib quyishdi.
Diqqat savol:
Sutda kofe ko'pmi yoki kofeda sut?

Agar ikkalasiyam suyuqlik bo'sa, sutda kofeni miqdori kofedigi sutni miqdoriga teng.

Qayd etilgan

Usmon  20 Fevral 2008, 14:30:49

Agar ikkalasiyam suyuqlik bo'sa, sutda kofeni miqdori kofedigi sutni miqdoriga teng.

To'g'ri.

Quyidagi mantiqiy qatorni davom ettiring:
b, i, u, t, b, o, y, ...

Qayd etilgan

Mashhura  20 Fevral 2008, 16:43:44

Savol: Sevimli shoirimiz Usmon Azimning shunday she’ri bor:
Maysaning o’sgani faqat bahorda,
Faqat yillardadir daraxtning o’sgani,
Hatto tog’ o’sishdan to’xtar
Bir kuni..
Ammo
U
Tinmay o’sgani-o’sgan..
Bir kuni osmonga yetadi u.
Xo’sh, U.Azim fikricha nima tinmay o’sadi?

Savolning javobi boshqalar tomonidan aytimagach, o'zim yozishga majburman. Javob: Qabriston

Qayd etilgan