QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 1150467 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 101 B

otabek80  21 Fevral 2008, 07:28:45

Quyidagi mantiqiy qatorni davom ettiring:
b, i, u, t, b, o, y, ...

b, i, u, t, b, o, y, s, t, o', o', o',,,,,
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12,,,,

Qayd etilgan

ALLADIN  21 Fevral 2008, 10:05:23

 savol"
 -nimaning mo'ylovi oyog'idan uzun-
kim topsa sovg'asi bor.   

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  21 Fevral 2008, 11:32:38

savol"
 -nimaning mo'ylovi oyog'idan uzun-
kim topsa sovg'asi bor.  

Suvarak

Qayd etilgan

Usmon  21 Fevral 2008, 11:35:11

Quyidagi mantiqiy qatorni davom ettiring:
b, i, u, t, b, o, y, ...

b, i, u, t, b, o, y, s, t, o', o', o',,,,,
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12,,,,
To'g'riligi ko'rinib turibdi :D

Qayd etilgan

otabek80  22 Fevral 2008, 07:32:30

Matematika o'qtuvchisi yetakchi 3 ta o'quvchisini(Murod, Erkin va Nodir) chaqirib, kim birinchi savoliga javobni berib, nega unaqaligini tushuntirib bersa uchta "5" baho qoyishini etibti. Keyin ulaga 3 ta oq shapka va 2 ta qora shapka ko'rsatib, ularni ko'zini bog'lab 3 ta oq shapkani kiydiribti. Ko'zini ochkanda ula faqat haligi 5 ta shapkadan faqat 2 tasini qarshisidagi o'quvchilani boshida ko'ribti. Oqituvchi kim birinchi bo'lib boshidigi shapkani qanaqa rangligini topa oladi va nima uchunligini tushuntirib bera oladi deb so'rabti.
-sal turib Murod oq shapka dibti va nimagaligini tushuntiribti.

savol: Murod buni qanqo tushuntirgan?

Qayd etilgan

Usmon  22 Fevral 2008, 09:28:38

Javob: Murod Erkin va Nodirning boshidagi oq shapkaga qarab o'ylagan: "Agar mening boshimda qora shapka bo'lganda, Murod yoki Erkin, ikkovidan biri, deylik, Murod bitta qora va bitta oq shapkaga qarab turib, bunday o'ylagan bo'lar edi: "Mening boshimda qora shapka bo'lganda, Erkin ikki qora shapkaga qarab turib, o'zining boshida oq shapka ekanligini darhol bilgan bo'lardi (chunki qora shapka 2 dona), u esa jim", va o'z boshida oq shapkaligini topgan bo'lardi. Biroq Murod ham jim. Demak mening boshimda oq shapka"

Qayd etilgan

otabek80  23 Fevral 2008, 07:03:14

To'gri

savol: Agar Atham 1 litrlik sharbat idishidan 200 gramm sharbat ichib o'rniga 200 gramm toza suv qo'shib qo'ysa va bu holni 3 kun davom ettirsa bu idishda nimaning miqdori ko'p, bo'ladi sharbatmi yoki suvmi?

Qayd etilgan

Usmon  25 Fevral 2008, 13:40:21

Javob: Suvning miqdori ko'p bo'ladi.

Masala: Do'stingizga pochta orqali sovg'a, deylik, kitob yubormoqchisiz. Biroq siz yashaydigan mamlakatda pochta orqali o'tadigan posilkalarning 100%i o'g'irlanadi, agar u osma qulf o'rnatilgan quti ichiga solinmagan bo'lsa. Sizda ham, do'stingizda ham bunday qulflardan bir qancha bor, biroq bir-biringizning qulfingizni ochadigan kalit yo'q. Kitobni do'stingizga qanday yuborardingiz?

Qayd etilgan

lolo  02 Mart 2008, 01:39:56

Quticha bizib ochiladi?!

Qayd etilgan

Usmon  03 Mart 2008, 10:19:23

Quticha bizib ochiladi?!
To'g'ri! Lekin, savol - mantiqiy. Shuning uchun, "buzib ochiladi", "super texnologiyalar yordamida ochiladi" va shunga o'xshash javoblar to'g'ri bo'lsa ham qabul qilinmaydi  ::)

Qayd etilgan