QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 1151075 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 101 B


Umayyah  15 Aprel 2008, 16:19:36

5-ta Yoki 7 ta
agar bitta post qilishim mumkin bo'lsa
manimcha 7 ta ularning soni

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Aprel 2008, 06:09:12

Боғда бир буви, уч она, икки хола, икки сғил, беш қиз, беш опа-сингил ва бешта жисн йиғилиб дам олишмоқда. Уларнинг жами сони нечта?

Assalamu alaykum.
Javob: Ular 7ta bo'lishgan .
Vallohi a'lam.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  16 Aprel 2008, 11:43:27

Assalamu alaykum
Savol:Qirg'oqda bitta katta odam va ikkita yosh bola bor. O'rtadan  daryo o'tgan. Bitta  qayiq bor. U qayiq faqat bitta katta odamni yoki ikkita yosh bolani ko'taradi. Ularning hammasi qanday qilib nargi qirg'oqqa o'ta oladi???   

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  16 Aprel 2008, 11:56:56

J: Oldin ikkita yosh bola o'tadi. So'ng ulardan biri orqaga qaytadi. Keyin katta odamning o'zi o'tadi. Undan so'ng narigi qirg'oqda qolgan yosh bola qaytib kelib ikkinchisini olib ketadi. Masala hal!

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  17 Aprel 2008, 00:45:55

Assalamu alaykum !

Suvni qanday qilib qizdirmasdan qaynatish mumkin ?

Qayd etilgan


Abdullоh  20 Aprel 2008, 00:52:14

Assalamu alaykum !

Suvni qanday qilib qizdirmasdan qaynatish mumkin ?

Unga so'ndirilmagan ohak tashlash kerak.

Qayd etilgan


BaÑ…tiyor  26 Aprel 2008, 02:33:13

Assalamu alaykum !

Suvni qanday qilib qizdirmasdan qaynatish mumkin ?

Unga so'ndirilmagan ohak tashlash kerak.

Sal yaqinlashdiz, lekin noto'g'ri !

Qayd etilgan


messi44  27 Aprel 2008, 09:26:40

1. 1901-yil Ogayo shtatidagi Kolumbus shaxri qamoqxonasidan  o’zining yaxshi xulqi uchun Uilyam Sidney Porter ozod qilindi. Keyinchalik u butun dunyoga boshqa nom bilan mashxur bo’ladi. Uni mashxur qilgan nomni ayting?

2. Diqqat, savolda so’z almashtirilgan. Oushenning 13 do’sti bilan tanishing: Xosemi, Antonio Nunes, Xabi Alonso, Luis Garsiya, Morientes, Pellegrino, Xose reyna, Muxammad Sissoko, Yan Kromkamp, Mark Gonsales, Fabio Avrelio, Arbeloa va Fernando Torres. Oushen kimligini bilgan bo’lsangiz uning Yevropadagi navbatdagi raqibi kim ekanligini toping?

3. Anekdot: Mijoz barmendan so’radi:
-Xar kuni necha litr pivo sotasizlar?
-200 litr!
-Xar kuni 300 litrdan pivo sotish yo’lini o’rgataymi?
-Buning iloji bormi, qanday qilib?
-"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Dialogni davom ettiring?

4. Ulan-batorda Chingizxon, Varshavada Fredrik Shopen, Gavanada Xose Morti, Vashingtonda Ronald Reygan, Parijda Sharl de Goll bo’lsa siz Rimda kim ekanligini toping

5. Topishmoq:
Dengiz emas yer xam emas,
Kema xam suzmaydi odam xam yurmaydi.
Topishmoqning javobini toping?

6. Usama bin Lodin va D. I. Mendeleyevning avtobiografiyasida 17 raqamiga ko’zingi tushishi mumkin. Bu raqam nimani bildiradi?

7. Kolumbiyada 14 yoshdan katta yigit va erkaklarning u narsasiz ko’chaga chiqishi taqilqlangan. Qoidani buzganlar jarimaga tortiladi. Agarda jarima to’lashni istamasangiz, VICH inspektsiya profilaktikasiga qarshi qaratilgan 3-soatlik maxsus kursga yuborilasiz. Savol: Uning nimaligini aytishni xoxlamasangiz birinchi xarfini ayta qoling?


Qayd etilgan


Usmon  27 Aprel 2008, 11:41:23

1. O'Genri - mashhur Amerika hikoyanavisi.
2. Oushen - Rafa Benites bo'lsa, raqibi - Chelsea

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  28 Aprel 2008, 11:02:30

Iqtibos
4. Ulan-batorda Chingizxon, Varshavada Fredrik Shopen, Gavanada Xose Morti, Vashingtonda Ronald Reygan, Parijda Sharl de Goll bo’lsa siz Rimda kim ekanligini toping

5. Topishmoq:
Dengiz emas yer xam emas,
Kema xam suzmaydi odam xam yurmaydi.
Topishmoqning javobini toping?

4. Leonardo Da Vinchi (Gap aeroportlar haqida bormoqda)

5. Botqoqlik

Qayd etilgan