QIZIQARLI MANTIQIY SAVOLLAR  ( 775773 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 101 B


messi44  29 Aprel 2008, 14:05:20

1. O'Genri - mashhur Amerika hikoyanavisi.
2. Oushen - Rafa Benites bo'lsa, raqibi - Chelsea
Deyarli to'g'ri, Benitesning raqibi Avraam Grant.

Qayd etilgan


messi44  29 Aprel 2008, 14:09:19

Iqtibos
4. Ulan-batorda Chingizxon, Varshavada Fredrik Shopen, Gavanada Xose Morti, Vashingtonda Ronald Reygan, Parijda Sharl de Goll bo’lsa siz Rimda kim ekanligini toping

5. Topishmoq:
Dengiz emas yer xam emas,
Kema xam suzmaydi odam xam yurmaydi.
Topishmoqning javobini toping?


4. Leonardo Da Vinchi (Gap aeroportlar haqida bormoqda)

5. Botqoqlik

Tog'ri, Qolganiniyam top.


Qayd etilgan


Musannif Adham  11 May 2008, 06:36:09

6. Usama bin Lodin va D.I. Mendeleyev oilada 17-farzand bo'lishgan.

Qayd etilgan


messi44  13 May 2008, 14:02:31

6. Usama bin Lodin va D.I. Mendeleyev oilada 17-farzand bo'lishgan.
To'g'ri

Qayd etilgan


Ahmadiy  13 May 2008, 16:12:54

-Savol: Uni ismini aytishingiz bilan g'oyib bo'ladi (bir filmdan)...

Qayd etilgan


saraton07  31 May 2008, 00:08:39

1. 1901-yil Ogayo shtatidagi Kolumbus shaxri qamoqxonasidan  o’zining yaxshi xulqi uchun Uilyam Sidney Porter ozod qilindi. Keyinchalik u butun dunyoga boshqa nom bilan mashxur bo’ladi. Uni mashxur qilgan nomni ayting?

2. Diqqat, savolda so’z almashtirilgan. Oushenning 13 do’sti bilan tanishing: Xosemi, Antonio Nunes, Xabi Alonso, Luis Garsiya, Morientes, Pellegrino, Xose reyna, Muxammad Sissoko, Yan Kromkamp, Mark Gonsales, Fabio Avrelio, Arbeloa va Fernando Torres. Oushen kimligini bilgan bo’lsangiz uning Yevropadagi navbatdagi raqibi kim ekanligini toping?

3. Anekdot: Mijoz barmendan so’radi:
-Xar kuni necha litr pivo sotasizlar?
-200 litr!
-Xar kuni 300 litrdan pivo sotish yo’lini o’rgataymi?
-Buning iloji bormi, qanday qilib?
-"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦"¦.
Dialogni davom ettiring?

4. Ulan-batorda Chingizxon, Varshavada Fredrik Shopen, Gavanada Xose Morti, Vashingtonda Ronald Reygan, Parijda Sharl de Goll bo’lsa siz Rimda kim ekanligini toping

5. Topishmoq:
Dengiz emas yer xam emas,
Kema xam suzmaydi odam xam yurmaydi.
Topishmoqning javobini toping?

6. Usama bin Lodin va D. I. Mendeleyevning avtobiografiyasida 17 raqamiga ko’zingi tushishi mumkin. Bu raqam nimani bildiradi?

7. Kolumbiyada 14 yoshdan katta yigit va erkaklarning u narsasiz ko’chaga chiqishi taqilqlangan. Qoidani buzganlar jarimaga tortiladi. Agarda jarima to’lashni istamasangiz, VICH inspektsiya profilaktikasiga qarshi qaratilgan 3-soatlik maxsus kursga yuborilasiz. Savol: Uning nimaligini aytishni xoxlamasangiz birinchi xarfini ayta qoling?


3. Pivoga tuz solish kerak degan,yoki shopiribroq,ko'pirtirib suzsa kerak. 7. Bu erkaklar pr-tivi.

Qayd etilgan


Mashhura  02 Iyun 2008, 17:58:37

4. Leonardo da Vinchi

Qayd etilgan


messi44  09 Iyun 2008, 13:14:25

4. Leonardo da Vinchi
To'g'ri, bu shaxarlarda ushbu insonlar nomi bilan ataladigan aeroportlar bor.

Qayd etilgan


messi44  09 Iyun 2008, 13:15:41

saraton07

3. Pivoga tuz solish kerak degan,yoki shopiribroq,ko'pirtirib suzsa kerak.
Noto'g'ri
7. Bu erkaklar pr-tivi.
To'g'ri

Qayd etilgan


messi44  09 Iyun 2008, 13:24:51


1.  A, Б, И, К, М, А, Ш. Mashxur detektiv yozuvchining asl kasbini esga olgan xolda, ushbu ro’yxatdagi ortiqcha xarf va ushbu ro’yxatga kerak bo’lgan xarflarni yozib bering?

2.   Ularning umumiy soni oltita. Eng kattasi eng kichigidan 50 yosh katta, ikkinchisi va uchinchisining yoshi barobar. To’rtinchisi va beshinchisining ilk uchta xarfi bir xil. Ularning barchasi bir-biri bilan raqobat qilsada, xammasi yettinchiga bo’ysunadi. Gap nima xaqida ketayotganini anglagan bo’lsangiz, siz yettinchini yozib bering?


3.   Arsenal va Barcelona, MYu va Everton, Milan va Latsio, Real va Napoli jamoalari o’rtasida bir umumiylik bor. Siz bu umumiylikni aniqlab Toshkentning Paxtakor jamoasiga qaysi klub to’g’ri kelishini yozing? Izox: Umumiylik bu jamoalarda aka-ukalar to’p surishadi. Kolo Ture va Yaya Ture, Fil Nevil va Garri Nevil, Filippo Inzagi va Simyoni Inzagi va xokazo.

4.   Mashxur sayyox Jeyms Kuk Yangi Zelandiya va Taiti orollariga qilgan sayoxati davomida tub axoliga qo’ylarni sovg’a qilgan. Bundan 2ta maqsad bor edi. Birinchisi tub axoli turmush sharoitini yaxshilash bo’lsa, siz Kukning avtobiografiyasini esga olgan xolda ikkinchi maqsadni toping?


5.   Ularning ikkalasi xam Bir kunda ya’ni 1976-yilning 1-iyunida tavallud topgan. Bir klub safida porlagan va bitta terma jamoa safida to’p surishgan. Ikkalasi xam El-classicoda maydonga tushgan bo’lib xozirda kuchli beshlikka kiruvchi milliy chempionatlarda to’p surishadi. Birinchisi hozirda milliy terma jamoasining asosiy xujumchisi hisoblansa, ikkinchisi deyarli o’yinga chaqirilmayapti.  Ulardan birinchisi oq tanli, ikkinchisi qora tanli bo’lsa siz qora tanlisining familiyasini yozib bering?

6.   Kito, Bogota, Brazilia, Librevil, Brazzavil, Kinshasa, Kampala, Nayrobi, Mogadisho, Jakarta, San-tome. Ushbu shaxarlarni umumiyligini aniq yozib bering?

7.   Bu so’z aslida Suvsar ma’nosini bildiruvchi daryo nomidan olingan. Dunyoda 150-dan ortiq o’g’il-qizlar shunday ismga ega. Yevropa shimolidagi davlatlardan birida shunday maqol mavjud: Osmonga tosh otsang u yog’iladi. Bu qaysi so’z?


8.   Angliyalik bir futbol fanati o’zining birinchi farzandiga antiqa ism qo’yadi: Wilyam Edvard Styuart Terri Xenrik Emmanuel Markes. Bu inson Angliya premier-ligasidagi qaysi jamoaga muxlislik qiladi?

9.   Yaqinda g’arb matbuotida dunyodagi eng yoqimsiz budilniklar ro’yxati e’lon qilindi. Bu ro’yxatda 5-o’rinni olgan budilnikni o’chirish uchun siz krossvord yechishingizga to’g’ri keladi. 4-o’rindagisi esa  ertalab sizni xar xil xaqoratli so’zlar bilan uyg’otadi. 3-o’rin Mozayka budilnigiga nasib qildi. Tovuq shaklidagi budilnik 2-o’rinni olgan bo’lib, u ertalab bir nechta tuxum tug’adi. Tuxumlarni yig’ib joyiga qo’ymaguninggizcha tovuqning ovozi o’chmaydi. 1-o’rinni olgan budilnik ishga tushganidan so’ng uni o’chirish uchun ancha xarakat qilishingizga to’g’ri keladi. Aslida uni o’chirish unchalik qiyin ish emas, bitta tugmani bosish kifoya lekin bu tugmani bosishdan oldin siz boshqa bir ishni qilishingiz talab qilinadi. Siz budilnikni o’chirishingiz uchun nima qilishingiz kerak?


10.   Anekdot: Dialog: -Bilasanmi nega ko’pchilik insonlar Kia rusumidagi avtomobillarni yoqtirishmaydi? Albatta bilaman, chunki ularning bir buyumlarida shunday yozuv mavjud. Savol: Insonlarning qaysi buyumida qanday yozuv bor?

11.   Diqqat savolda so’z almashtirilgan. 2007-yil Xetafega qarshi o’yinda urilgan gol 1986-yilni eslatib yubordi. Biroq yana 2 oydan so’nggina Espanyol darvozasiga urilgan goldan keyin uning "œyangi Ronaldo" ekanligiga deyarli xech kimda shubxa qolmadi. Savolda Ronaldo so’zi almashtirilgan bo’lsa, Eski Ronaldo va Yangi Ronaldoni yozib bering?


12.   XIX asr oxirlarida olingan rasm: Doktor Villibild Gebxard(Germaniya), Irji Gut Yarkovskiy(Chexiya), Demetrius Vikelas(Gretsiya), Ferents Kemeni(Vengriya), General Butovskiy(Rossiya), General Viktor Boek(Shvetsiya). Ushbu rasmdagi yana bir insonnig familiyasini o’qimadim. Bu inson fransuz millatiga mansub bo’lsa, uning familiyasini va unga 2 va 4 raqmlarining qanday aloqasi borligini toping?

13.   Koka-kola, shokolad bo’lakli pechenye, supermarket aravachasi, pensilin, axlat xaltasi va mikroto’lqinli pech. Ushbu maxsulotlarning umumiyligini topib, ular bilan bir qatorda turishi mumkin bo’lgan obyektni yozib bering?

Qayd etilgan