Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin  ( 288803 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 61 B


AbdulAziz  01 May 2007, 08:11:11

Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin


PDF formatda saqlab olish

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:47:53

Choliqushi (roman).

Rashod Nuri Guntekin

Turkchadan Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi


Birinchi qism

B..., 19... yil, sentyabr.

To‘rtinchi sinfda edim. Yoshim o‘n ikkilarda bo‘lishi kerak. Frantsuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. "œHayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Ko‘raylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi bo‘ladi", — degan edi u.
Hech esimdan chiqmaydi: sho‘xligimdan, sergapligimdan bezor bo‘lgan murabbiyalarim meni o‘rtoqlarimdan ayirib, sinf burchagidagi bir kishilik kichkina partaga o‘tqazib qo‘yishgan edi.
Mudira aytgandek, men "œdars paytida qo‘shnilarimni gapga tutmaslikni, o‘qituvchimizning so‘zlarini odob bilan tinglashni o‘rgangunimga qadar" u yerda surgun hayot kechirishga mahkum edim.
Bir yonimda kattakon yog‘och ustun bor: nimaiki qilinsa pinagini buzmaydigan va ora-sira pakkimning uchi bilan u yer-bu yeriga ozor berganimda mardona chidab turadigan vazmin, uzun, gung qo‘shni

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:48:33

Narigi yonimda esa monastir tarbiyasiga mos salqin va g‘amgin olaqorong‘ilikni saqlash uchun yasab qo‘yilganga o‘xshagan, darpardalari hech mahal ochilmaydigan uzun deraza. Men soz narsa kashf qildim: ko‘ksimni partaga suyab, iyagimni bir oz ko‘tarsam, deraza darpardalari tirqishidan osmonning bir bo‘lagi-yu, akatsiya shoxlari orasidan bitta uy derazasi bilan balkon panjarasi ko‘rinar edi.
To‘g‘risini aytganda, manzara unchalik  chiroyli emasdi. Deraza hamisha yopiq turar, balkon panjarasida esa har doim chaqaloqning yo‘rgaklari yoyib qo‘yilgan bo‘lar edi.
Lekin men shu narsalarni ko‘ra olganim uchun ham xursand edim.
Dars paytlarida qo‘llarimni iyakka tirab, o‘qituvchilarimga nihoyatda xudojo‘y ko‘rinish uchun lozim bo‘lgan bir alfozda ko‘zlarimni ko‘kka — deraza eshigi tirqishidan ko‘ringan haqiqiy osmonga tiksam, ular meni insofga kira boshlabdi, deb suyunishardi. Men murabbiyalarimni shu zaylda aldar, ular bizdan yashirmoqchi bo‘lgan hayotni tomosha qilayotgan kishiday quvonar, aldaganim va intiqom olayotganim uchun huzur qilardim. 
Aleksi opa vazifani tushuntirib bo‘lgandan so‘ng bizni yozishga qo‘yib berdi.

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:49:55

Oldingi partalarga husn berib turgan og‘ir tabiatli peshqadam o‘quvchi qizlar allaqachon ishni boshlab yuborishdi. Ularning yonida o‘tirmasam ham, nimalar yozayotganlarini kiftlari ustidan ko‘rib turganday bo‘lar edim: "œIlk xotiramda qolgan birdan-bir narsa mehribon onajonimning kichkina karavotcham ustiga egilgan oltin sochli aziz boshi, menga mehru muhabbat bilan kulimsiragan havorang ko‘zlaridir..." tarzida shoirona yolg‘on... Aslida esa onalar oltin va havoranglardan boshqa  ranglarda ham bo‘ladilar. Faqat so‘rlar*ning o‘quvchilari qalamidan shunday ranglarga bo‘yalib chiqish u bechoralar uchun bir majburiyat, biz uchun esa odat edi.
Menga kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim. Juda yoshligimda ayrilgan onamdan esimda nihoyatda oz narsa qolgan. Lekin onamning oltin sochli, havorang ko‘zli bo‘lmaganini aniq bilaman. Shunday bo‘lgandan keyin, asl qiyofasini o‘zgartirib tushuntirishga va bundan mamnun bo‘lishga hech qanday kuch meni majbur qilolmaydi...

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:50:16

* * *

"œNima yozsam ekan?" degan o‘y meni qiynardi. Devorda Bibi Maryamning bo‘yoqli surati tagiga osib qo‘yilgan kakkuli soat tinmay yurib turibdi, men esa hali ham anqayib turibman. Boshimdagi lentani yechdim, sochlarimni sekin-asta ko‘zimga tushira boshladim. Bir qo‘lim bilan qalamni og‘zimga tiqib, uni tilim bilan aylantirib o‘tirdim.
Faylasuflarning, shoirlarning bir narsa yozib turganda burun qashish, bag‘baqalarini cho‘zish kabi g‘alati odatlari bor-da axir... Qalam tishlab sochimni ko‘zimga tushirib o‘tirishim ham mening chuqur xayol surayotganligimni bildirishi kerak.
Xayriyatki, menda xayolotga berilish paytlari juda kam bo‘lardi. Aks holda, hayotim ertaklardagi Chorshanba ayol o‘choq onasining hayoti singari chigal-butal bo‘lib o‘tar edi.
Oradan yillar o‘tdi. Mana endi begona bir shaharda notanish bir mehmonxona nomerida o‘tirib xotiralarimni yozyapman... Sira tongi yorishmaydigandek tuyulgan tun azobidan qutulish uchun xotiralarimni yozib turgan shu soatimda bir qo‘lim yosh bolalik chog‘larimdagi singari yana sochlarimni to‘zg‘itib, ko‘zlarim ustiga tushirish bilan mashg‘ul.
Buning sababi atrofdagi hayot oqimiga o‘zini qo‘yib yuboradigan yengiltak, beparvolik ekanligimdan bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Og‘ir kunlarda o‘z-o‘zim, o‘z fikrlarim bilan tanho qolish uchun ko‘zlarim bilan dunyo orasiga shu sochlarimni parda qilib qo‘yishga tirishardim.

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:50:38

Qalamni kabob sixiday tishlarim orasida aylantirishimga kelsak, to‘g‘risini aytsam, buning hikmatini o‘zim ham bilmayman. Butun bilganim shuki, lablarimdan binafsha siyoh dog‘lari arimas edi. Hatto bir kun, endi ko‘zga ko‘rinib kelayotgan qizlik chog‘larimda, maktabimga meni ko‘rgani kelgan bir odamning oldiga mo‘ylov qo‘ygan kishiday chiqdim-u, uyalganimdan yerga kirib ketayozdim.
Nima to‘g‘rida gapirayotgan edim? Ha... Aleksi opaning ilk xotiralarni yozdirmoqchi bo‘lgan inshosi to‘g‘risida...
O‘sha kuni har qancha o‘ylasam ham, faqat shu narsalarnigina yozganim esimda:
"œMen baliqlar singari ko‘l ichida tug‘ilganga o‘xshayman. Onamni es-es bilaman... Otam, enagam, xizmatkorimiz Husayn ham esimda... Bir kun meni ko‘chada quvgan qora laychani... Bir kun to‘la savatdan yashiriqcha uzum olayotganida barmog‘imni chaqib olgan arini... Ko‘zim og‘riganda tomizilgan qizil dorini... Mehribon Husayn bilan Istambulga kelganimizni... Ha, shularga o‘xshash ko‘p narsalarni eslayman... Lekin bulardan hech biri ilk xotira emas... o‘zim yaxshi ko‘rgan ko‘lda, quyuq yaproqlar orasida qip-yalang‘och bo‘lib cho‘milib yurgan vaqtlarimdagiday eski xotiralar emas... Dengizday poyonsiz bir ko‘l... "œIchida katta-katta yaproqlar, atrofida daraxtlar bo‘lsa, bu ko‘l qanday qilib dengizday katta bo‘lishi mumkin?" deyarsizlar... Xudo haqqi, yolg‘on so‘zlayotganim yo‘q, o‘zim ham sizlarga o‘xshab hayronman... Ammo, aslida shunday bo‘lgandan keyin ilojim qancha?.."
Inshom sinfda o‘qilganda, dugonalarim men tomonga o‘girilishib, qahqaha urib kulib yuborishdi. Bechora Aleksi opa ularni tinchitish uchun anchagina zahmat chekdi.

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:50:48

* * *

Qizig‘i shuki, Aleksi opa qora kiyimi ichida kosov singari bo‘yi, ohorli oppoq yoqasi, saroy xonimining peshonaga tortilgan chorshafiga o‘xshab bosh kiyimi tagidan ko‘rinib turgan sepkilli qonsiz yuzi va anorgul singari qip-qizil lablari bilan hozir ro‘paramda paydo bo‘lib, yana o‘sha savolni bersa, hozir ham o‘shandan boshqa javob topolmasam kerak, yana baliqday ko‘lda tug‘ilganimni ayta boshlayman.
Keyinchalik u yoq-bu yoqdan surishtirib bilsam, bu ko‘l Musul atrofida, oti doim esimdan chiqib qoladigan bir kichkina qishloq yonboshida ekan; mening poyonsiz dengizim chakalak orasidagi quruq irmoqdan qolgan bir hovuch suvdan iborat ekan.

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:51:05

* * *

Otam u mahallar Musulda xizmat qilar ekan. Men ikki yarim yoshlar chamasida ekanman. Yoz shu qadar issiq kelibdiki, shaharda turishning iloji qolmagandan ke-  yin, otam meni onam bilan qishloqqa keltirib qo‘yishga majbur bo‘libdi. O‘zi esa har kuni ertalab otda Musulga tushar, kechqurunlari, kun botgandan keyin yana qaytib kelar ekan.
Onam menga qaray olmaydigan ahvolda qattiq kasal ekan. Shuning uchun ancha vaqtlargacha qarovsiz qolibman... Oylab xizmatkorlar uyida sarson bo‘libman. Ke- yin qishloqlarning biridan Fotima degan kimsasiz bir arab xotinni topishgan. Fotima meni yangigina o‘lgan chaqalog‘i o‘rnida ko‘rib, undan qolgan siynasi bilan onalik mehrini menga beribdi.
Dastlabki yillarda sahro bolasiday o‘sibman... Fotima meni orqasiga qopchiqday osib olib, jazirama oftoblarda ko‘tarib yurar, xurmo daraxtlariga ham ko‘tarib chiqar ekan.
Shunday qilib, o‘sha paytlar men hali aytgan qishloqqa kelibmiz. Fotima meni har kuni ertalab oziq-ovqatimiz bilan shu chakalakka keltirar; meni qip-yalang‘och qilib suvga solar ekan... Kechqurungacha yumalanishib o‘ynashar, ashulalar aytishar, birga ovqat qilishar ekanmiz... Keyin, uyqumiz kelganda, qum yig‘ib yostiq qilar, gavdalarimiz suvda, boshlarimiz qumda quchoqlashib, betlarimizni betlarimizga qo‘yishib uyquga ketar ekanmiz...

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:51:45

Suv hayoti tanu jonimga shunchalik singib ketgan ekanki, Musulga qaytganimizda dengizdan chiqqan baliqday qiynalib qolibman. Fe’lim buzilib, har zamon tipirchilar, payti keldi deguncha ust-boshimni yechib tashlab, ko‘chaga qip-yalang‘och yugurib chiqib ketar ekanman...
Fotimaning burnidan, betlaridan, qo‘llaridan g‘urralar arimas edi. Men bu xil g‘urralarga shunchalik odatlanib qolgan edimki, g‘urrasiz yuzlar menga hamisha xunuk ko‘rinardi.
Mening uchun eng katta motam Fotimadan ajralishim bo‘ldi.
Shaharma-shahar yura-yura axiyri Karbaloga keldik. U vaqt to‘rt yoshlarda edim. Bunday yoshda ko‘p narsalarni uncha-muncha esda olib qolish mumkin. Fotimaga yaxshigina yerdan kuyov chiqdi. Enamning kelin bo‘lgani, go‘shangaga kirgani bugungiday ko‘z o‘ngimda.
Yuzlari Fotimaniki singari g‘urra bo‘lgani uchun menga nihoyatda go‘zal ko‘ringan xotinlar bilan to‘la uyda meni quchoqdan quchoqqa olishar, keyin Fotimaning yoniga o‘tqazishardi.
So‘ngra o‘rtaga qo‘yilgan barkashlardan hovuchlab ovqatlar yeganimizni eslayman. Nihoyat, kun horg‘inligidan va hardam xurmacha singari yumalayverishdan charchab enagamning tizzasida yana barvaqt uxlab qolibman.

Qayd etilgan


shoir  11 Oktyabr 2007, 12:51:59

Fotima onamiz o‘g‘li Husayn Karbaloda shahid bo‘lganda hayotmidi-yo‘qmidi — bilmayman. Bechora ayol o‘sha qora kungacha yashab, jigargo‘shasi dog‘ida har qancha faryod ko‘targan bo‘lmasin, lekin uning faryodi to‘y kechasining ertasiga begona bir xotin quchog‘ida yotganimni ko‘rib, men ko‘targan dodu faryod oldida hech narsa bo‘lmagandir..
Xullas, Karbalo Karbalo bo‘lib bunday shovqinli motamni ko‘rmagandir, deb o‘ylayman. Faryod urib yig‘lashdan, ohu vohdan ovozim bo‘g‘ilgach, katta odamlar singari ochlik e’lon qilib, necha kungacha ovqat yemadim.
Enagamdan ayrilib, hasrat ichida qoldim, lekin bu hasratni bir necha oylardan so‘ng Husayn nomli bir suvori askargina unuttira oldi. Husayn ta’lim paytida otdan yiqilib, mayib bo‘lgan askar edi. Otam uni uyga xizmatkor qilib oldi. Husayn devonaroq odam edi. Meni jonidan ortiq yaxshi ko‘rardi. Men esam uning sevgisini oyoq osti qilib, tuzatib bo‘lmaydigan bir vafosizlik bilan xorlardim. Men Fotima bilan birga yotib o‘rganib qolgan bo‘lsam ham, bu bilan birga yotmas edim. Lekin saharda xo‘rozlar qichqirdi deguncha ko‘zlarimni ochib uning xonasiga yugurib kirar, ot minganday ustiga minib olib, barmoqlarim bilan qovoqlarini yirib ochardim.

Qayd etilgan