Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin  ( 289045 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 61 B


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:29:12

Shu kecha Komron chindan ham vahshiylashgan edi. Pastdagi shoxlardan biriga osilib chiqdi, keyin yana ham yuqori chiqish harakatiga tushdi.
Shu kecha u bilan daraxt ustida yuzma-yuz kelish fikri nimagadir meni hayiqtirardi. Uchrashsak falokat  yuz berardi. Uning yashil ilon ko‘zlarini yaqindan ko‘rsam, daraxt shoxlari orasida potirlashib bir-biri bilan olishgan ikki yirtqich qushga aylanamiz. Ko‘zlarni o‘yib, pastga otamiz. Yo uni, yo o‘zimni.
Lekin, nima uchundir, bu yomonlikni ravo ko‘rmadim.
Joyimda to‘g‘rilanib, keskin tovush bilan buyurdim:
— To‘xtang o‘sha yerda!
U parvo qilmadi, javob ham bermadi. Chiqib olgan shoxi ustida to‘g‘rilanib, yana ham yuqoriga qaray boshladi.
— To‘xtang, oqibati yomon bo‘ladi! — dedim. — Bilasizki, men Choliqushiman. Daraxtlar mening koinotim. Bu joylarga mendan boshqa odamning oyoq bosishiga ko‘zim yetmaydi.
— Bu yana qanday gap bo‘ldi, Farida?
Haqiqatan ham bu qanaqa gap edi?
Nochor hazilga oldim. Yaqinlashsa, yana ham yuqori chiqish taraddudiga tushib:
— Bilasizki, sizni hurmat qilaman, — dedim. — Sizni daraxtdan yiqilishga majbur etsam juda yomon xafa bo‘laman. Hozirgina she’r o‘qigan ovozingiz birdaniga "œVoydod!", "œVoydod!" deb baqira boshlasa, fojia bo‘ladi.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:30:19

Uning ovozini taqlid eta turib, qahqaha urib kulib yubordim.
— Bo‘lmasa ko‘rishamiz! — dedi Komron. 
Qo‘rquv unga dalda, chaqqonlik bag‘ishladi. Tahdiddan hayiqmay, ostimdagi shoxlarga tirmasha boshladi.
Daraxtda quvlashmachoq o‘yinini boshladik. U yaqinlashdi deguncha men yuqori chiqaman. Shoxlar hamon ingichkalashib boradi. Bir qur devor ustiga sakrab tushib qochmoqchi ham bo‘ldim. Biroq sakrashga qurbim yetsa ham, sakramayman, nimagaki, bir yerimni mayib qilib olgunday bo‘lsam, bo‘lam o‘rniga mening dodlash ehtimolim bor.
Harholda nima bo‘lsa ham, shu kecha bir-birimizga yaqin kelmasligimiz kerak. Siyosatni o‘zgartirib so‘radim:
— Men bilan nega bunchalik gaplashmoqchi bo‘lganingizning sababini bilsak bo‘ladimi?
Savolimni eshitib, u ham o‘zgardi, jiddiy tus olib:
— Sen bilan hazillashyapmiz-u, lekin masala juda muhim, Farida... Sendan qo‘rqyapman... — dedi.
— Shunaqami? Nimadan qo‘rqasiz?
— Sho‘xlik qilishingdan...
— O, har kungi ishim-ku bu!
— Bugungisi boshqa kunlardagiga o‘xshamaganidan...
— Bugun biron favqulodda narsa yuz berdimi?

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:32:58

Komron juda charchagan, uzukkan edi. Shimi ham esiga kelmay, shoxlardan biriga o‘tirdi. Hamon hazillashayotganday ko‘rinsa ham, aslida yig‘lab yuboradigan ahvolda edi.
Unga achinganim uchun emas, u bilan gaplashishga toqatim qolmagani, undan tezroq qutulgim kelgani uchun:
— G‘am yema, — dedim, — qo‘rqadigan hech narsa bo‘lgani yo‘q, ko‘nglingni to‘q tutaver... Bor, mehmonlaring oldiga, ayb bo‘ladi.
— Farida, shunchaki so‘zmi yo ontmi?
— So‘z ham, ont ham... Xohlaganing...
— Ishonsam bo‘ladimi?
— Meningcha, ishonish kerak... Axir burungiday yosh bola emasman-ku...
— Farida...
— Innaykeyin, hayronman: mening nima deyishimdan qo‘rqasan? Men-ku daraxtda o‘z yo‘limcha o‘tiribman...
— Qaydam, ichimda hech ishongim kelmaydi...
— Katta bo‘lib qolganimni, esi kirgan qiz bo‘lganligimni senga aytishdan, albatta, bir maqsad bor... Bor, suyukli bo‘lam... Ortiq uzukma... Ba’zi narsalar borki, bularni yosh bola ham sezadi... Lekin ulg‘ayib borayotgan yosh qiz hech farqiga bormaydi. Bor, ko‘nglingni xush qil....

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:34:12

Komronning vahmi sekin-sekin hayratga aylanib borayotganday ko‘rinardi. Meni albatta ko‘rgisi kelgandek, boshini ko‘tarib:
— Gaplaring butunlay boshqacha-ya, Farida, — dedi.
Gap cho‘zilsa, keti ko‘rinmasligi mumkin. Shuning uchun yasama g‘azab bilan baqirib berdim.
— Bas endi!.. Gapni cho‘zaversang so‘zimni qaytarib olaman... Tushunsang-chi!
Po‘pisam uni qo‘rqitdi. Shoshib-pishib daraxtdan tushdi-da, Narimon ketgan tomonga qarab yurishdan uyalganday, bog‘ning etagiga qarab ketdi.
Baxtiyor tul o‘sha kechadan so‘ng chorbog‘da ko‘rinmadi. Komronga kelsak, uzoq vaqtlargacha mendan hadiksirab yurdi, men buni sezdim.
Komron Istambulga tushganda, har safar menga hadyalar olib qaytardi. Bitta rasmli yapon soyapari, shoyi ro‘molchalar, ipak paypoqlar, yuraksurat pardoz oynasi, chiroyli qo‘l sumkasi tortiq qildi...
Bolalik sho‘xliklarini tashlamagan qizdan ko‘ra ko‘proq yetilgan qizga yoqadigan bu narsalarning menga hadya qilinishida qanday ma’no bor edi? Choliqushining ko‘zlarini bo‘yashdan, janjallarining oldini olib, sho‘xligiga to‘sqin bo‘lishdan boshqa nima ham bo‘lardi?

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:34:29

Birov seni esdan chiqarmasa, zavqlanish mumkinligini tushunadigan yoshga yetib qolgan edim. Yana bu chiroyli narsalar o‘zimga ham yoqardi.
Lekin bu hadyalar menga manzur bo‘lganini na Komronga, na boshqalarga bildirgim kelmas edi.
Buning ustiga nozik qamishlar terilgan, qiyiq ko‘zli yapon qizlarining suratlari bilan bezalgan soyaparimni yerga, tuproqqa tushirgan paytlarimda olmasam, xolalarim:
— Farida, senga berilgan hadyalarni shunday qadrlaysanmi? — deb ta’na qilishardi.
Sumkaning yaltiroq, yumshoq terisiga barmoqlarim tekkanda, hamisha hurmat hissi tuyardim; bir kun ana shu sumkaga qo‘limdagi ho‘l mevalarni solmoqchi bo‘lganday bir harakat qilib, xolalarimni rosa jag‘illatdim.
Yana ham hushyorroq bo‘lganimda, Komronning bu hadigidan yana ham ko‘proq foydalanar, turli do‘q-po‘pisa bilan uni yana nimalar... nimalar olib berishga majbur etardim.
Lekin o‘zim shu qadar yaxshi ko‘rgan bu narsalarimni yirtgim, sindirgim, keyin oyoqlarim ostiga olib yig‘lab turib depsagim kelardi.
Bo‘lamga bo‘lgan kekim, nafratim hech tarqalmas edi.
Boshqa yillar maktabning ochilishi kunlari yaqinlashgan sari boshim og‘rir, ko‘zlarim tinardi. Ammo o‘sha yil bu uydan, bu odamlardan uzoqlashadigan kunimni intizorlik bilan kutdim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:34:58

* * *

Maktab ochilgan haftaning yakshanbasida murabbiyalar bizni Qyag‘itxona* tomonga olib chiqishdi. Murabbiyalar ko‘chada yurishni juda yomon ko‘rishadi, lekin o‘sha kuni nima bo‘ldiyu qorong‘igacha qolib ketdik.
Men eng orqada ketayotgan edim. Qanday bo‘lganligini bilmayman. Bir mahal qarasam, dugonalarim bilan mening o‘rtamdagi masofa juda uzayib ketibdi. Meni odatdagicha oldinda ketayotibdi deb o‘ylashgan bo‘lishsa kerak, hech yoqdan meni yo‘qlovchi ovoz chiqmadi. Bir payt yonimga bir ko‘lanka kela boshladi. Qarasam Mishel:
— Senmisan, Choliqushi? Nega yakka o‘zing sudralib ketyapsan? — dedi.
O‘ng oyog‘imning boldiriga chandilgan ro‘molchani ko‘rsatdim.
— Hali o‘ynab turib yiqilganimda, oyog‘imni yaralab olganimdan bexabarga o‘xshaysan-a? — dedim.
Mishel yomon qiz emas edi. Holimga achindi.
— Xohlaysanmi, senga yordam qilay?
— Harholda, meni opichib olish fikring-ku yo‘qdir?..
— Tabiiy, yo‘q... Iloji yo‘q-da... Faqat qo‘ltiqlab olishim mumkin, xo‘pmi? Bunday emas... Qo‘lingni yelkamga qo‘y... Mahkamroq ushla... Men ham belingdan ushlab olaman... Og‘rig‘ing picha kamayadi... Qalay, yurganingda joning uncha og‘rimayaptimi?
Aytganini qildim. Haqiqatan, ahvolim ancha yengil tortdi.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:35:44

— Mersi*, Mishel, sen juda ajoyib qizsan, — dedim.
Bir oz yurganimizdan so‘ng Mishel:
— Bilasanmi, Farida, bu ahvolda yurganimizni dugonalarimiz ko‘rishsa, nima deb o‘ylashadi? — deb so‘radi.
— Nima deb o‘ylashadi?
— Farida ham oshiq bo‘libdi... Mishelga dardini aytyapti, deb o‘ylashadi.
Birdan to‘xtadim.
— Gaping rostmi? — deb so‘radim.
— Albatta...
— Unday bo‘lsa, qo‘ltig‘imdan chiq.
Shu buyruqni bera turib, askar komandiriday jiddiy tus oldim.
Mishel meni hamon qo‘yib yubormay:
— Eski safsata, — dedi, — nahotki shunga ham ishonsang?
— Safsatami, nega?
— Qizlar sening qanaqaligingni bilishmaydimi?
— Nima demoqchisan?
— Hech senda bunday mojaro bo‘lishi mumkin emasligini... Birov bilan yurish ehtimoling yo‘qligini...
— Nega endi?.. Meni xunuk deb o‘ylaysanmi?
— Yo‘q... Xunuk demayman... Aksincha, chiroylisan ham... Faqat o‘lguday laqmasan, og‘zing bo‘sh....
— Meni shunday deb o‘ylaysanmi?

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:37:08

— Mengina emas, hamma ham shunday deb o‘ylaydi... Sevgi bobida Choliqushi chinakam gurd deyishadi.
Turkchasini ammo uncha yaxshi bilmayman-u, lekin frantsuzchasiga gurd degani osmaqovoq, suvqovoq, bolqovoq ma’nolarini beradi. Qaysi biri bo‘lsa ham yomon narsa... Zotan, pastak bo‘yim, bo‘liq gavdam bilan bu qovoqlardan biriga anchagina o‘xshab ham ketishim mumkin... Shu holda Choliqushidan keyin menga yana gurd degan laqab qo‘yilsa ko‘p yomon bo‘ladi! Nima qilib bo‘lsa ham odamni sharmanda qiluvchi bu xavfning oldini olish kerak.
Mishelning o‘zidan o‘rgangan bir qiliqni qildim — boshimni yelkasiga qo‘ydim, tagdor qilib yuziga qaradim, keyin g‘amgin kulimsirab:
— Mayli, sizlar shunday deb o‘ylay turinglar, — dedim.
— Nima deyapsan, Farida?
Mishel taqa-taq to‘xtadi, menga ajablanib qaradi. Men bo‘ynimni qisib tasdiqladim.
— Afsuski, shunday, — dedim. Keyin yolg‘onimning osonroq hazm qilinishi uchun bir oh ham urib qo‘ydim.
Mishel bu safar hayratidan ayyuhannos tortib yubordi:
— Ajoyib!.. Juda ajoyib, Farida!.. Afsuski, hech ishongim kelmaydi. 
Bechora Mishel sevgi savdosiga shunchalar ishqiboz ediki, buni boshqalarda sezdi deguncha, yuragi suyunchlarga to‘lib ketardi. Faqat o‘zi aytganidek, ishonishga, ochiq-oshkor sevinishga botinolmasdi.
Beadabgarchilik qilib qo‘ydim. Nomusim uchun buni oxiriga yetkazishim kerak.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:37:50

— Shunday, Mishel, men ham birovni yaxshi ko‘raman, — dedim.
— Faqat yaxshi ko‘rasan xolosmi, Choliqushi?
— Shubhasiz, uning ham  mayli bor, grand* gurd.
Boya uning menga aytgan gurd so‘zini men ham oldiga "œkatta" sifatini qo‘shib o‘ziga hadya etdim-u, "œbu sensan, sening oting bu" deyish esimga kelmas edi.
Demak, yolg‘on boshlanar-boshlanmas o‘zimni tanitishga muvaffaq bo‘libman, naqadar baxt!
Mishel endi meni zo‘r mehr bilan suyab borardi.
— Aytib ber, Farida... Aytib ber, qanday bo‘ldi? Demak, sen ham, a? Qanday ajoyib narsa, a, shunday emasmi?
— Albatta ajoyib!..
— Kim u?.. Yaxshi ko‘rgan yigiting juda ham chiroylimi?
— Juda chiroyli!
— Qaerda ko‘rding? Qanday tanishding?
— ...
— Bas, ko‘p yalintiraverma.
O‘zim ham yalintirmayin deb o‘ylab turibman. Lekin nimani to‘qib gapiraman? Ana shunisini bilmayman. Sevgili kishing bo‘lganda shoshib qolasan, chunki uning visolini eslashning o‘zi naqadar qiyin, naqadar qiyin...
— Bo‘la qol, Farida... Yashirma... Bo‘lmasa men bilan hazillashibsan-da.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:38:05

Birdan shoshib qoldim. Hazilmi? Xudo saqlasin... Men osmaqovoq yo suvqovoqmanmi?.. Bo‘lmasa shunday bir ishq savdosini to‘qiyki, o‘zing hayron qolgin!..
Mishelga sevgan kishim bilan maqtanish uchun kimning otini aytsam sizga manzur bo‘ladi? Komron!..
— Bo‘lam bilan ishqibozlik qilishamiz...
— O‘tgan yil maktab dahlizida men ko‘rgan sarg‘imtir yigit bo‘langmi?
— Xuddi o‘sha...
— O, qanday chiroyli, a!
Men sizga aytdim-ku, Mishel sevish uchun yaratilgan qiz edi... Komron shu mahalgacha maktabga ikki  yo uch marta kelgandir... Mishel, jigar hidi dimog‘iga urgan mushuk singari, yosh yigitning hidini bilib darrov dahlizga yugurib chiqqani, bizni poylagani qiziq emasmi axir?
Yulduzlar chiqdi. Kuz kirib qolganiga qaramay, havo odam dimog‘iga ekin bo‘ylarini urib turgan yoz havosiga o‘xshardi.
Vujudim butun og‘irligi bilan Mishel yelkasiga tushdi, sochlarimiz, betlarimiz bir-birimiznikiga yopishdi. Men o‘zim to‘qigan afsonani hikoya qila boshladim.
— Bundan ham chiroyliroq kecha edi, — dedim. — Eshik oldidagi odamlardan uzoqroqqa ketdik... Men oldinda, bo‘lam ikki-uch odim orqada... U menga ajoyib narsalar so‘zlardi. Ammo nimalar so‘zlaganini takrorlamayman. Chunki xohlamayman... Chigirtkalar biram chirillashdiki... Yurdik, yurdik... Oy yog‘dusida hovuzga aylangan maydonlardan daraxtlar orasidagi qorong‘i joylarga kirib ketamiz. Keyin yana oydin maydonlarga chiqamiz... Bir ozdan so‘ng tag‘in qorong‘ilikka sho‘ng‘iymiz.

Qayd etilgan