Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin  ( 288910 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 61 B


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:38:21

— Bog‘inglar muncha uzun ekan, Farida?
Xato qilib qo‘yishdan juda qo‘rqaman.
— Yo‘q, uncha uzun emasu, o‘zimiz sekin-sekin yurdik-da... — dedim, keyin hikoyamning u yog‘ini aytdim. — Axiri yo‘limiz oxiriga ham keldi... Bog‘ning etagida qo‘shnimizning devoriga osilib tushgan kattakon chinor bor. O‘shaning tagiga kelib to‘xtadik. Men oyoqlarimning uchida turib, o‘zimni qo‘shnimizning bog‘iga qarayotganga soldim... U qo‘llarini ishqaydi... Bir nima qilmoqchi... Lekin yuragi betlamaydi...
— Orqangni qilib turgan bo‘lsang... Bu narsalarni qanday ko‘rding.
— Bo‘lamning soyasi devorga tushib turuvdi-da... Shundan....
Rolimni juda yaxshi o‘ynayotgan bo‘lsam kerakki, gapirib turib titrar, ovozim bo‘g‘zimga tiqilib qolar, ko‘zlarimga yosh kelar edi...
— Keyin nima bo‘ldi, Farida, keyin?
— Keyin xolavachcham birdan bilaklarimni ushladi...
— Voy, qanday ajoyib-a!.. Keyin-chi?
— Keyin... u yog‘ini bilmayman...
— E, juda qiziq joyda to‘xtatib qo‘yding-da...
— Keyin daraxtdan bir qush sharpasi keldi... Juda yomon qush ekan... Qo‘rqib qochib ketdik...
Ortiq ko‘z yoshlarimni tutolmas, boshimni Mishelning ko‘ksiga qo‘yib olib, piq-piq yig‘lar edim... Bu yig‘i qancha cho‘zilar ekan, bilmayman... Xayriyat, yo‘q bo‘lib ketganimizni axiyri sezishdi... Baqirib-chaqirib bizni izlay boshladilar. Mishel ularga ovoz qildi.
— Ketyapmiz, lekin tez yurolmayapmiz, — dedi. — Choliqushining oyog‘i lat yebdi...
Yasha, Mishel!.. Men ham xuddi shuning uchun yig‘layapman... Endi tezroq yurib ketishimiz mumkin.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:38:49

O‘sha kecha hamma uxlagandan keyin ham o‘rnimda yig‘lab yotdim. Lekin shunisiga aminmanki, bu safar yoshlar rol tufayli emas, o‘z-o‘zimga achinganim tufayli to‘kilmoqda edi. Modomiki, dugonalarimga o‘zimning gurd emasligimni isbot etish uchun bitta yolg‘on to‘qishga qaror bergan ekanman, dunyoda boshqa odam topilmagandek, nega endi bo‘lamni, dunyoning hech jinim suymaydigan insoni bo‘lgan Komronni tilga oldim? Ertalab uyg‘onar-uyg‘onmas Mishelni qo‘lidan ushlab bir chetga tortaman-u, kechqurungi gaplarimning hammasi yolg‘onligini aytaman, deb ko‘nglimga tugib qo‘ydim.
Lekin, netayki, ertalab uyg‘onganimda jahlim tarqalgan, xijolatpazligim ham meni tark etgan edi.
Menga har mahalgidan boshqacha ko‘z bilan qarab, kasal bolaga qilinadigan muomalani qila boshlagan Mishelga haqiqatni aytishga botina olmadim.
Mening gapim sekin-sekin dugonalarim orasiga tarqaldi. Mishel ularga qattiq tayinlagan bo‘lsa kerak, hech kim menga bu gapning uchini chiqarmasdi. Faqat qarashlaridan, kulishlaridan nima demoqchi ekanliklarini bilib turardim. Bu narsa menda g‘alati g‘urur tug‘dirardi. Sho‘xligimni, yaramasligimni bir necha vaqtgacha tashlashga majbur bo‘ldim. Endi har kim menga bo‘lasini yaxshi ko‘rib qolgan qiz, deb qarar edi... Shunday bo‘lgandan keyin kap-katta qizning go‘dak bola singari hatlab, sakrab o‘ynashi, yaramasliklar qilishi juda ham yarashmagan narsa-da!
Afsuski, sut bilan kirgan jon bilan chiqadi, deydilar. Kechqurunlari oxirgi tanaffusda Mishelning qo‘liga osilib, unga yana to‘qigan uydirmalarimni aytar, shu bilan birga o‘zim ham shayton vasvasasiga uchib borar edim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:39:49

* * *

Yana bir sayohatdan endi qaytib kelgan edik.
O‘sha kuni Mishel nima uchundir biz bilan sayrga chiqmadi. U meni eshikda kutib oldi, qo‘limdan ushlab, meni bog‘ning bir burchiga yugurtirib olib keldi.
— Senga bitta gap topib qo‘ydim, — dedi. — Ham suyunasan, ham xafa bo‘lasan...
— !?
— Bugun sening malla bo‘lang maktabga keldi!..
— ...
— Albatta, seni yo‘qlab kelgan-da... Koshkiydi sen ham men bilan qolgan bo‘lsang.
Ishongim kelmas edi. Muhimroq sabab bo‘lmasa, Komron meni nechun axtarib kelsin? Mishel harholda yanglish ko‘rgan bo‘lsa kerak.
Lekin shubhamni o‘ziga aytmadim. Yolg‘ondakamdan ishongan bo‘lib:
— Yigit ko‘ngil bergan qizini ko‘rgani kelishidan ham tabiiyroq narsa bo‘lishi mumkinmi? — dedim.
— Albatta. 
Mishel betimni siladi.
— Xafa bo‘lma, yana keladi, — dedi, — modomiki yaxshi ko‘rar ekan...
— Shubhasiz...
O‘sha kuni kechqurun ovqatdan so‘ng Matild opa meni chaqirdi-da, zar tasma bilan bir-biriga bog‘langan rasmli ikkita qand qutichani uzatib:
— Bularni senga bo‘lang olib keldi, — dedi.
Matild opa hech jinim sevmaydigan xotin. Ammo qutichalarni uzatayotganida bo‘yniga osilib betlarini o‘pishdan o‘zimni zo‘rg‘a ushlab qoldim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:40:08

Demak, Mishel xato ko‘rmagan. Meni bo‘lam yo‘qlab kelgan ekan. Dugonalarim orasida mening cho‘pchagimga shubha bilan qarovchilar bo‘lsa, bu ikkita qutichani ko‘rgandan keyin ular ham fikrlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar. Naqadar yaxshi!
Qutichalarimning biri likyorli rang-barang konfetlar, ikkinchisi esa zar qog‘ozlarga o‘ralgan shokoladlar bilan to‘la edi. Uch-besh oy ilgari bo‘lganda, bu narsalarni eng yaqin dugonalarimdan ham zo‘r ehtiyot bilan yashirgan bo‘lardim. Ammo o‘sha kecha dars tayyorlash soatida qutichalarim sinfda qo‘ldan-qo‘lga ko‘chib yurdi. Qizlar esa har qaysisi o‘z insofiga qarab qutichadan bitta, ikkita, yo uchtadan konfet olishdi.
Ba’zilari uzoqdan tagdor ishoralar qilardi. Men o‘zimni uyalayotganga solib, yuzimni chetga o‘girar, kular edim. Qanday yaxshi-ya!
Mishel, afsuski, tagidagi zar qog‘ozlari ko‘rina boshlagan qutichalarimni o‘zimga  qaytarib berayotib:
— Bu qutichalar, odatda, kelin qizlarga beriladigan shirinlik qutichasi bo‘ladi, Farida, — deb pichirladi.
O‘zim to‘qigan ertak menga juda qimmatga tushdi, lekin nachora?
Oradan uch kun o‘tdi. Imtihon uchun bir geografiya xaritasini bo‘yayotgan edim. Menga bo‘yoqchilik hech to‘g‘ri kelmadi. Uncha epim bo‘lmagani uchun har gal ranglarni bir-biriga aralashtirib yuborar, qo‘llarimga, lablarimga rang tegizib olardim.
O‘sha kuni ham shu ahvolda turganimda darvozabonning qizi sinfga kirib, bo‘lam meni ko‘rgani kelganini, hozir qabulxonada kutib turganini aytdi. Nima qilishimni bilmay, kursida o‘tirgan o‘qituvchimizga alanglab qaray boshladim. Bu hali-hali esimda.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:40:36

— Bor, Farida, xaritangni qo‘y, o‘sha yerda turaversin... Mehmonning oldiga chiq, — dedi.
Xaritalarni-ku, joyida qoldiraman, juda soz... Ammo mehmonni qaysi qiyofada ko‘rgani chiqaman?
Yonimdagi dugonam fartugining cho‘ntagidan kichkina oynakcha chiqardi-yu, meni ermak qilayotganday, ro‘paramga qo‘yib qo‘ydi.
Yuzim bilan og‘zimning ahvoliga maymunlar yig‘laydi. Xat yozganda ruchkani og‘zimga solish odatim bo‘lgani uchun mo‘yqalamni ham og‘zimga solibman. Lablarimda sariq, qizil, ko‘k ranglar yo‘l-yo‘l bo‘lib yotardi. Bularni na ro‘pmolcha bilan artib, na suv va na sovun bilan yuvib chiqarishning iloji yo‘qligini, bunday qilguday bo‘lsam, butunlay surkab yuborishim mumkinligini bilardim.
Komronning-ku ahamiyati yo‘g‘-a, uning oldiga qaysi alfozda chiqishni xohlasam, o‘sha alfozda chiqaveraman-u, lekin keluvchining kimligini bilib, piq-piq kulishayotgan dugonalarim ko‘zida men ko‘ngil bergan, hatto unashilish oldida turgan qizman. Xudo o‘z jazosini bersin!
Yo‘lakdan chiqayotganda ko‘zim tushgan oyna yuragimning qabziyatini beshbattar oshirib yubordi. Shu qadarki, dahliz bo‘sh bo‘lganda, mutlaqo ichkariga kirmagan bo‘lardim. Nima qilayki, u yerda ham harakatimga ma’no beradigan begona odamlar bor.
Nachora, bo‘lar ish bo‘ldi. Eshikni jadal ochdim-u, ichkariga o‘qday otilib kirdim. Komron deraza yonida tikka turgan ekan. To‘g‘ri oldiga borguday bo‘lsam, kim biladi, balki qo‘l olishib ko‘rishishga to‘g‘ri kelar; bo‘lamning xotinlarnikiga o‘xshash toza, chiroyli qo‘lini kir qo‘limning ranglari bilan rasvo qilib qo‘yishim mumkin.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:40:55

Ko‘zim stol ustida yana zar tasmalar bilan bir-biriga bog‘langan paketlarga tushdi. Bular menga ekanligini tushundim. Endi shovqin ko‘tarmasdan qo‘llarimdagi, lablarimdagi bo‘yoqlarni yosh bola tentakligi pardasi ostiga yashirishdan boshqa chora qolmagan edi. Qora fartugimning etaklarini ushlab, paketlar oldida chiroyli, uzun bir reverans qildim. Shunda barmoqlarimni bir oz bo‘lsa ham etaklarim bilan yashirish imkonini esdan  chiqarmadim; keyin paketlarga bir qator haroratli o‘pishlar yuborib, shu bahonada lablarimning bo‘yoqlarini ham birmuncha berkitdim.
Komron kulib yonimga keldi. Unga ham bir oz iltifot qilish kerak edi.
— Juda katta iltifotda bo‘libsiz, Komronbey afandim, — dedim. — Garchi shokolodlar, konfetlar qilig‘im haqqi bo‘lsa hamki, odam bir oz xijolat tortar ekan... Ilgarigi kungi qutichada bir xil konfet bor edi. Xudo xohlasa, o‘shalarning opa-singillari shu qutichalardan chiqib qolsa ajab emas... Lekin haqiqiy ta’rifiga imkon yo‘q. Odam ularni og‘zida eritganda, yuragi ham birga erir ekan.
Komron:
— Bu safar yana ham qimmatliroq narsa toparsan, deb o‘ylayman, Farida, — dedi.
Yasama bir shoshqinlik, sabrsizlik bilan u ko‘rsatgan qutichani ochdim. Ichidan ikkita zar qog‘ozli kitob chiqdi. Bular mavlud bayramlarida kichik bolalarga hadya qilinadigan rasmli ertaklar qabilidagi narsalar edi. Bo‘lam men hech anglay olmagan bir sabab bilan kalaka qilmoqchi bo‘lgan bo‘lsa kerak.  Shu niyatda bu yerga ovora bo‘lib kelishi chindan ham uyat... Nima qilay, yo ta’zirini berib qo‘ysammikan? Hayronman, ammo o‘zimni tutolmadim. Bo‘yoqli lablarimga sira yarashmagan bir jiddiyat bilan:

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:41:29

— Hadyalarning hammasi uchun tashakkur bildirish kerak, — dedim. — Ijozat bersangiz, sizga kichik bir ogohlantirish qilsam... bir necha yil avval siz ham yosh bola edingiz... lekin o‘sha vaqtda ham jiddiyatingiz, og‘irligingiz bilan katta odamlarga o‘xshardingiz-u, harholda bola edingiz, shunday emasmi? Xudoga shukur, siz yildan-yilga o‘syapsiz, rasmli roman qahramonlariga o‘xshash yigit bo‘lib boryapsiz-u, men nima uchun doimo turgan yerimda qotib turibman.
Komron hayrat bilan ko‘zlarini olaytirdi.
— Pardon, Farida, anglamadim, — dedi.
— Anglamaydigan hech narsa yo‘q. Siz katta bo‘lyapsiz-u, nega men "œOltin kutubxona" ertaklarini o‘qiydigan go‘dak holda qolyapman? Nega men o‘n besh yoshga kirib qolgan qizga qilinadigan muomalaga loyiq bo‘lmayapman?
Komron hamon yuzimga taajjublanib qarardi.
— Yana anglamadim, Farida?
Uning anglamaganiga ajablanib yelkalarimni qisdim, lablarimni burdim. Lekin, to‘g‘risi, nima demoqchi bo‘lganimni o‘zim ham tushunmasdim. Qilmishimga pushaymon yeyar, qochib ketish payini izlar edim.
Endi asabiy harakat bilan ikkinchi qutichaning ipini uzdim. Bundan yana o‘sha xil konfetlar chiqdi.
Komron hamon bir rasmiyat bilan sal egildi.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:41:38

— Sizga bo‘yiga yetib qolgan qizday muomala qilish kerakligini og‘zingizdan eshitishim meni nihoyatda baxtiyor qildi, Farida, — dedi. — Kitobchalar uchun sizdan uzr so‘rash kerak, deb o‘ylamayman, chunki bu kitobchalar hazildan boshqa narsa emasligini konfetlar ko‘rsatdi. Maqsad sizga kitob keltirishgina bo‘lganda, boya siz aytgan romanlardan tanlab keltirgan bo‘lardim.
Komronning bu ifodasi, bu so‘zlari, albatta, hazil edi. Shunday bo‘lsa ham, uning oldimda turib aytgan bu so‘zlari, bu ovozlari menga yoqib tushdi.
Javob berishga majbur bo‘lmaslik uchun qo‘llarimni duo o‘qiyotgan kishiday bir-biriga qovushtirib, chuqur hayratga tushgan odam rolini o‘ynay boshladim. U gapirib bo‘lgandan keyin yuziga qaradim; ko‘zlarimga tushgan sochlarimni bosh harakati bilan silkib:
— Nima deganingizni eshitmadim. Konfet biram yaxshi ekanki... Xullasi, bularni ko‘rib yarashdik. Vassalom. Ko‘p rahmat, Komronbey, — dedim.
Gapini eshitmay qolganim uchun ta’bi tirriq bo‘lganga o‘xshadi, lekin buni sezdirmaslikka tirishdi, bir tin oldi-yu, yasama sovuqqonlik bilan:
— Nima ham derdik, agar bolalar hadyasi hushingizga yoqmasa, bundan keyin katta odamlarga to‘g‘ri keladigan narsalar bilan ko‘rgani kelamiz, — dedi.
Men endi faqat konfetlarim bilan ovoraday ko‘rinar, javohir sandiqchani tomosha qilayotganday qutichalarga suqlanib qarar, ichidagi shirinliklarni olib, rasmli gazeta betiga terar, turib, o‘zimcha bo‘lar-bo‘lmas narsalarni gapirar edim:

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:41:49

— Bularni yeyish ham bir san’at, Komron. Tag‘in bu san’atni kamina ojizalari kashf etdi. Qara, masalan, mana shu  sarig‘ini qizilidan oldin yesang, hech qanday zarar ko‘rmaysan, shunday emasmi? Lekin, ming afsus! Chunki qizili ham juda shirin, innaykeyin, bir oz nordon ham. Buni avval yesang, sarig‘ining nozik lazzatiga, shoirona bo‘yiga jabr bo‘ladi. Oh, jonim konfetlar!
Konfetning bir donasini olib lablarimga keltirdim. Qush bolasini erkalaganiga o‘xshash, konfetni silab turib u bilan gaplashar edim.
Bo‘lam qo‘lini uzatdi.
— Uni menga ber-a, Farida, — dedi.
Unga g‘alati qilib qaradim.
— Nega endi?
— Yeyman...
— Qutichani oldingda ochib katta xato  qilibmiz-u. Olib kelgan narsalaringni o‘zing yeydigan bo‘lsang, ishimiz toza...
— Faqat shuni ber...
Chindan ham bu nima degan gap? Birov og‘ziga solgan narsadan jirkanmagach... Nimalar miyamga kelmadi.
Harholda bir daqiqa shoshib o‘ylanib qolgan bo‘lsam kerak, bo‘lam birdan qo‘lini uzatib, konfetni barmoqlarimdan yulib olmoqchi bo‘ldi. Lekin men chaqqonroq harakat qildim. Konfetni og‘zimda berkitib, unga tilimni chiqardim.

Qayd etilgan


shoir  12 Oktyabr 2007, 15:42:01

— Sizning bunaqa qo‘l yugurtirish odatingiz yo‘q edi shekilli, qanday bo‘ldi? — deb hazillashdim. — Shoshmang, men sizga bunday ajoyib konfetning qanday yeyilishini ko‘rsatay, keyin bilganingizni qiling.
Boshimni bir oz orqaga tashlab, yana tilimni chiqardim, konfetni tilim ustiga qo‘ydim. U sekin-sekin erigan sari kallamni ikki tomonga tebratar, tilim bo‘sh bo‘lmagani uchun, konfet lazzatining ajoyibligini qo‘l harakatlari bilan bildirar edim.
Bo‘lam shu qadar g‘alati bir hayrat bilan og‘zimga tikilib qoldiki, o‘zimni tutolmay kula boshladim.
— Endi kerakli narsani o‘rganib olganingiz uchun bitta konfet hadya qilaman, — dedim.
Komron hazil aralash qilib qutini irg‘itdi.
— Xohlamayman, hammasi o‘zingga qolsin, — dedi.
— Buning uchun ham ko‘p rahmat.
O‘rtamizda gapiriladigan gap deyarli qolmagan edi.  Odob yuzasidan uydagilarning sog‘-salomatliklarini so‘rab, ularga salom aytganimdan so‘ng qutichalarni qo‘ltig‘imga qisdim-u, chiqishga tayyorlandim.
Birdan dahliz yonidagi xonada pastak sharpa eshitildi. Mushuk singari quloqlarimni dikkaytirib turdim.
Maktab lavhalari va xaritalar osib qo‘yiladigan bu xonaning eshigi bir oz avval ochilgan edi. Keyin lavhalardan birining yiqilganiga o‘xshash bir tovush eshitildi. Hozir ham o‘rtadagi oynali eshik orqasida  sichqon tiqiridan farq qilmaydigan bir tovush, harakat borligi sezilib turardi.

Qayd etilgan