O'shanda nechi yosh bo'lganim esimda yo'q,lekin yosh edik
Bir kun Onam pul berib un olib kelishimizni etgandilar. 2 mahalla narida kanaldan o'tgandan keyin magazin bor edi. O'sha joydan olardik. Yoz payti. Kotta ammamni qizlari Dilnoza bizanikiga kelgan yozgi ta'tilda. Uchchalamiz aylanib borib kelamiz deb ketdik. Opacham,Dilnoza va man. Kanaldan o'tayotganda suvda suzib yurgan kichkina baliqchalani ko'rib,qaytishda olamiz,dib ketdik. Uyda boqmoqchiydik,bonkaga solib. Un olib yana o'sha joyga kelib,suvga yaqin tushib qo'limizani suvga tiqib baliqchalani tutmoqchi bo'lgandik rasa
(aslida u baliq emas, qurbaqani lichinkasi-bolasi ekan
)
Bir payt opachamni oyoqlaridegi ko'k platmassa tapichkalarini 1tasi suvga tushib, oqib ketdi.
Qoq peshin payti. Kanal bo'ylap uchchalamiz qiyqirib yugurganmiz. "Yordam beriyla,tapichkamiz oqib ketdi"dib
Aksiga olib hech kim yo'q. Ancha joygacha yugurib borganmiz kanal bo'ylab. Bir payt uzoqdan 1ta nuroniy chol va kampir yonida adashmasam nevarasi bitta bola kelishayotgan ekan. Yaqinlashib usha bola qo'liga bir uzun cho'p oldi. Baxtimizga tapichkamiz kanaldagi suv o'tiga ilakishib qolibdi. Usha cho'pi bilan bir amallab olib berdi,umridan baraka topkur... Usha payt biza uchun juda bir dahshatli vaziyat edi-de..
Bir kun zoologiyadan qurbaqani o'qiganimizda bilgandik,biza tutmoqchi bo'lganimiz nimaligini.
Hech esdan chiymaydigan voqea.
Opam unutib yuborgandirlar