Assalamu alaykum. Ayolligimiz bor, baribir ko'z yosh qilamiz, g'am-hasratimiz alami ko'z yoshlar bilan yuvilib ketsa ham koshki edi...
Ammo 2 ta maqola mani sergaklantirdi. Biri "Depressiyaning islomiy yechimi",
ikkinchisi "Sabr va Ayyub (a.s.) qissasi". Bu ikkala maqolani o'qib yig'lagim keldi qanchalik noshukr bo'layotganimiz va hayotimizdan noliyverishimizdan. Odamzot baribir ojiz yaratilgan. U kimgadir talpinib, kimnidir mehriga intiqib yashaydi...
Lekin biz uchun bulardan eng afzal Zot borligini qalban idrok eta olmaymiz va uni yuragimizdan, qalbimiz ich-ichidan unga talpinmaymiz ham. Nega? Nega biz shunaqamiz? Hayotimiz shunaqa? Yaqinlarimiz qadriga yetmaymiz, ularni ham vaqti kelsa tushunmaymiz? Kimnidir dilini vayron qilib, o'zimiz esa joynamoz ustida Allohdan yolvorib gunohi forig'lik so'raymiz?
Sabr va qanoatda ibratli bo'lgan Ayyub (a.s.) haqlaridagi maqolani hammaga tavsiya qilaman. Shoyadki, bu mudroq qalblarimizga nur va go'zal hislatlarimiz mavjlansa...
Bir-birimizni yaxshi ko'raylik, qadriga yetaylik, kimdir bizni yordamimizga muhtoj bo'lsa uni panohimizga olaylik.