Men hozirda bir narsaning deyarli har kuni guvohi bo’lyapman. Va mana shu narsani yo’qotish ham bizning burchimizdir. Bizning xalqimiz orasida o’zbekchilik degan gap bor. Bular haqida hozir gazetalarimizda ham qayta qayta fikirlar bildirilmoqda. Biz millatimizni ulug’lashimiz o’rniga uni kamsitishga urinamiz. Yaqinda bir kursdoshim bilan tortishib qoldim. Nima emish chet mamlakatlar qilayotgan ishlarni biz hali umuman qilolmasmiishmiz. Nimaga deb so’rasangiz chunki biz o’zbekmiz degan javobni olasiz. Shunaqa gaplarni eshitib achinib ketadi kishi. Nima uchun biz ya’ni o’zbeklar buyuk ishlarga qodir emasmizmi? Yo’q bu mutlaqo noto’g’ri. Agar biz yoshlar hali qo’limizdan kelmaydi deb yuraversak qachon bu ishlarni qilamiz? Harakat qilsak biz hatto ulardan ham o’tib ketishimiz mumkinku axr. Nahot shuni o’ylab ko’rishmasa. Bizning ota-bobolarimiz biz bu ishlarni qilolmaymiz deyishmaganku. Ularni jahon tanigan. Hech kimdan kam bo’lmagan.
Hurmatli yoshlar biz ham ota-bobolarimiz qilgan ishlarini davom etdiraylik va ularga munosib farzand bo’laylik.