Siz o'z siringgizni kimga aytasiz...  ( 36098 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 10 B


Muhammad Amin  08 May 2007, 15:34:01

Har bir siringni do’stingga aytaverma. Ajab emaski, bir vaqt kelib senga dushman bo’lib qolar, dushmaningga har qanday yomonlikni ravo ko’raverma, ajabmas bir kun sen bilan do’stlashsa.Yashirmoqchi bo’lgan siringni eng yaqin do’stingga ham aytma, chunki har bir do’stingningdo’sti vado’stining ham do’sti bordir.

Birovga sir aytib saqla degandan,
Dil sirin hech kimga aytmagan maqul.
Ariq toshib ketsa bog’lab bo’lmaydi
Suvni eng boshidan qaytargan maqul
Bekitmoqchi so’zni aytib bo’lmaydi
Har majlisda aytib, qaytib bo’lmaydi.      Sadiy. "œGuliston" asaridan.[/color][/tt][/font][/flash] :9

Qayd etilgan


lolo  13 May 2007, 22:58:40

Tiling bo'lsa edi sir uchun yo'ldosh,
Qilichdan uzilmas edi xasta bosh!

Qayd etilgan


lolo  13 May 2007, 23:00:59

Sirlar ichkaridan chiqib tashqari,
Necha botirlarni qilar sar-sari!
Qanday yaxshi gapni aytmish bir hushyor:
"Boshing kerak bo'lsa sir saqlash darkor!"

Qayd etilgan


lolo  13 May 2007, 23:04:51

Otalar so'zi:

- Siring hamon ichingda ekan u sening asiringdir, tashqariga chiqsa sen unga asir bo'lasan.

- Ikki kishi bilgan sir butun mahallaga yoyiladi.

- O'ttiz ikki tish orasidan chiqishga muvaffaq bo'lgan sir o'ttiz ikki mahallaga tarqaladi.

Qayd etilgan


lolo  13 May 2007, 23:10:39

Aflotuh hakim aytadi: "Dunyoda eng ojiz va notavon odam o'z sirini yashira olmagan kishidir. Agar kishi o'z sirini o'zi asray olmasa hech qanday do'st uni asrashga qodir emas!"

Qayd etilgan


Ansora  18 Fevral 2010, 15:16:47

Agar sirni birovga aytsak- u sir bo'lishdan chiqib, g'iybatga aylanishi ham mumkin, Xudo saqlasin. Shuning uchun sirni sir bo'lib qolishi shart, deb o'ylayman...

Qayd etilgan


uzboy  18 Fevral 2010, 15:27:22

Manimcha sirni qanaqaligiga bog'liq. Ba'zida insonlar har narsani ham ichlarida saqlab yurishsa o'zlarini sog'liqlariga zarar, ruhiy tomondan siqilish bulishi mn.
Balki onasigami yoki o'zi ishongan boshqa kishigami aytsa, usha sirli muammoga yechim topilib qolar. Chunki baz'ida biz uchun yangi umuman echimi topilmay turgan narsalr, boshqalar uchun oddiy bo'lishi mumkin. Vaziyatga qarab ish tutish kerak

Qayd etilgan


Abu Muso  19 Fevral 2010, 01:05:10

 :as:

Mavzuni o'qib turib bir, jumla esimga tushdi:

Siringni aytmoqchi bo'lsang, xo'p sara
Saradek do'stingga, dushmandek qara.


                      Muallifini bilmayman.  :D

Qayd etilgan


Akbarjоn  19 Fevral 2010, 01:11:11

Ko'rinib turibdiki xamma sirni birovga aytilishiga qarshi
o'zgaga aytilgan sir o'zingni xoxishingdan tashqari ekanligini xamma yaxshi biladi

menimcha bu mavzu xam o'z xayotni yashab bo'ldi shekilli

Qayd etilgan


JaviK  19 Fevral 2010, 09:29:30

IKKI INSON BILGAN NARSA SIR EMAS

Qayd etilgan