Muallif Mavzu: O'zbekiston haqida qisqacha malumotlar.  ( 29084 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
O'zbekiston haqida qisqacha malumotlar.
« : 08 May 2007, 15:55:27 »
 : )  : )
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

akmal bax

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 13
  • -oldi: 16
  • Xabarlar: 38
Re: O'zbekiston haqida qisqacha malumotlar.
« Javob #1 : 21 Mart 2010, 07:02:21 »
Geografik joylashuvi: O’zbekiston Respublikasi Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan, maydoni 447,4 ming kv. km. Respublika chegarasi g’arbdan sharqqa – 1425 km, shimoldan janubga qadar – 930 km. Respublika shimoliy-sharqda Qozog’iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg’iziston va Tojikiston, g’arbda Turkmaniston, janubda esa Afg’oniston bilan chegaradoshdir.

Koordinatlari: 41 0 shimoliy kenglikda., 64 0 sharqiy uzunlikda.

Chegaralari: Davlat chegarasining umumiy uzunligi 6.221 kilometrni tashkil etadi. Jumladan Afg’oniston – 137 km., Qоzоg’iston – 2.203 km., Qirg’iziston – 1.099 km., Tojikiston – 1.161 km. va Turkmaniston bilan – 1.621 km.

Relefi: O’zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida juda qulay tabiiy-geografik sharoitlarga ega. Mamlakat hududi o’ziga xos past – tekislik va tog’ relefini o’z ichiga oladi.

O’zbekiston hududining katta qismini (4/5 qismi atrofida) pasttekisliklar tashkil etadi. Shulardan eng muhimi Turon past-tekisligidir. Mamlakat sharqi va shimoliy sharqida Tyan-Shan va Pomir tog’ (mamlakatning eng yuqori nuqtasi (4643m.) tizmalari joylashgan. O’zbekiston hududi markazida dunyoning bepoyon cho’llaridan biri – Qizilqum yastanib yotadi.

Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari: Mamlakat yer osti boyliklari tabiiy gaz, qo’ng’ir va tosh ko’mir, oltin, mis, volfram, vismut hamda ochiq neft konlari zahirasiga ega.

Iqlimi: O’zbekiston iqlimi keskin o’zgaruvchan kontinental iqlimdir. Mintaqadagi kunduzgi va tungi, yozgi va qishki havo harorati keskin farqlidir. Yillik havo harorati farqi sezilarli darajada yuqori. Yanvar oyi o’rtacha harorati -6 0 gacha tushadi, iyul oyida o’rtacha havo harorati +32 0 gacha ko’tariladi. Pasttekislik hududlarida yillik yog’ingarchilik miqdori -120-200 mm., cho’l hududlarida -1000 mm. gacha etadi. Yog’ingarchilik miqdori kam bo’lgani sababli, qishloq xo’jaligi sun’iy sug’orish tizimiga bog’liqdir.

Ichki suv havzalari: Mamlakat eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo. Amudaryo uzunligi -1437 km., Сирдарё -2137 км.га етади. O’zbekistonning ko’pgina ichki daryolari suvi oquvi davomida keng dashtu-cho’llarga singib ketadi, faqatgina Amudaryo va Sirdaryo Orol dengiziga borib quyiladi. Respublikada yil davomida suv bilan ta’min etib turuvchi Chordaryo kabi bir necha sun’iy ko’llar mavjud.

Tuproq va o’simliklari: Pasttekisliklar cho’l o’simliklari, tog’lari esa dasht, o’rmon va tog’ oldi yaylovlari o’simliklaridan iborat.

Hayvonot dunyosi: Mamlakat faunasi juda turli-tumandir. Cho’llarda juda kamyob hisoblanagan sayg’oq va uzunligi 1,5 metrga teng echkiemar, baland tog’larda esa qor barsi va tog’ echkisining noyob turlari uchraydi.

Tog’ tizimi: Respublika territoriyasining 1/5 qismini tog’ va tog’ oldi hududi tashkil etadi. Sharqiy hududi o’rta va baland tog’li relefdan iborat: respublika hududi G’arbiy Tyan-Shan (Ugom, Pskem, Chotqol va Qurama tog’ tizmasi) va Pomir-Oloy (Zarafshon, Turkiston, Hisor, Qo’hitangtog’ va Boysuntog’ tog’ tizmasi) tog’ tizmalari yonbag’rini o’z ichiga oladi. Janubdan g’arbga tomon ular qiyalab boradi va pasttekislikka qo’shilib ketadi. Ushbu tog’lar orasida ulkan Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Samarqand vohalari yastanib yotadi. Bularning eng kattasi hisoblangan Farg’ona vodiysi -370 kilometr, kengligi 190 kilometrga yetadi. U uch tomondan baland tog’ bilan o’ralgan va faqat g’arb tomoni tekislikdir. Afg’oniston bilan chegara hududda Amudaryo deltasi yoyilib yotadi.

Tabiiy zahiralari: O’zbekiston Respublikasi ulkan sanoat va mineral-xom ashyo, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, qayta ishlash jarayonida olinadigan katta miqdordagi yarim tayyor mahsulotlar, tabiiy boylik zahiralari va rivojlangan infratuzilma imkoniyatlariga ega.

Er osti zahiralarini zamonaviy ravishda izlab topish ishlari qimmatbaho, rangli va noyob metallar zahiralari, turli organik yo?il?i mahsulotlari, neft, tabiiy gaz va gaz kondensanti, qo’ng’ir va yarim koksga oid ko’mir, slanes yoqilg’isi, uran va ko’pgina qurilish uchun zarur xom ashyo turlariga boy konlarni o’zlashtirish bilan bog’liqdir.

O’zbekiston hududida taxminan yuzdan ortiq mineral xom ashyoni o’z ichiga olgan, binobarin bulardan oltmish turi xalq xo’jaligida allaqachon foydalanilayotgan ko’pgina foydali qazilmalar kompleksi aniqlangan.

O’zbekiston oltin, uran, mis, tabiiy gaz, volfram, kaliy tuzi, fosforitlar, kaolin kabi foydali qazilmalar zahirasi bo’yicha nafaqat MDH davlatlari o’rtasida, balki butun dunyoda yetakchi o’rin egallashi tasdiqlangan. Jumladan oltin zahirasi bo’yicha dunyoda to’rtinchi, uni qazib olish bo’yicha yettinchi, mis zahirasi bo’yicha o’ninchi-o’n birinchi o’rinlarni, uran zahirasi bo’yicha yettinchi-sakkizinchi, qazib olishda o’n birinchi-o’n ikkinchi o’rinlarni egallashi qayd etilgan.

Quyida zikr etilgan mineral xom ashyo zahiralari nafaqat mavjud tog’-kon komplekslarida kelajakda qazib olish faoliyati muddatini uzaytiradi, balki ularning oltin, uran, mis, qo’rg’oshin, kumush, litiy, fosfor, kaliy tuzlari, qalay shpati, vollastonit, qishloq xo’jaligi ximiyaviy rudalari va boshqa bir qator foydali qazilmalarning yana qaytadan qazib olishni tashkil qilish va ularning quvvatini oshirishni ta’minlashga xizmat qiladi.



 

O'ZBEKISTON UNVERSTITET VA INSTITUTLARI HAQIDA

Muallif Muhammad AminBo'lim Darsxona

Javoblar: 49
Ko'rilgan: 165864
So'nggi javob 22 Mart 2013, 10:56:33
muallifi Muxsiya
Futbol Andijon Futbol klubi haqida qisqacha

Muallif Dlimdagi murodimBo'lim Futbol

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 4488
So'nggi javob 02 Dekabr 2009, 12:59:53
muallifi Dlimdagi murodim
Toshkent haqida "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi"da

Muallif muxbirBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 20414
So'nggi javob 21 Yanvar 2010, 16:42:21
muallifi muxbir
O'zbekiston haqida savol bor!

Muallif AnsoraBo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 137
Ko'rilgan: 55205
So'nggi javob 22 May 2012, 14:01:43
muallifi ibnUyayna
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12652
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin