Ana shu dushmanlar insonni yo`ldan urishga, unga shaxvatlarni chiroyli qilib ko`rsatishga va uni toat-ibodatlardan uzoqlashtirishga urinadilar. Ular ko`zlagan maqsadlariga erishish uchun beto`xtov xuruj qilib turishadi. Shu bois, inson nafsini jilovlab olish, xavoi xoxishini shariat izmiga yurgizish va xaqiqiy dushmanni-shaytonni mag`lub etish yo`lida jiddu jaxd ko`rsatmog`i lozim. ?Sizga vaxiy qilib yuborilayotgan narsaga ergashing va to Allox o`z xukmini tushirgunicha sabr qiling. U Zot xukm qilguvchilarning eng yaxshisidir?. (Yunus surasi, 109-oyat). ?U osmonlar, yer va ularning orasidagi bor narsalarning xojasidir. Bas, siz Unga ibodat qiling va bu ibodatda sabr-toqatli bo`ling!? (Maryam surasi, 65-oyat). Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: ?Allox yo`lida nafsiga qarshi jixod qilgan kishi mujoxiddir!? (Termiziy va Ibn xibbon rivoyatlari).
Nafsini jilovlab, faqat toat-ibodatlar sari oshiqadigan va ma'siyat-gunox ishlardan yiroq
yuradigan mo`min o`zining maxfiy dushmani ustidan albatta g`alaba qozonadi. Nafs, shayton va xavoi-xoxish izmiga yurmaydi. Aslida xech xaysi g`alaba mazkur g`oliblik kabi ulug`
sanalmaydi. Nafsini mag`lub etib, xavoi-xoxish asirligiyu shayton vasvasalaridan ozod bo`lgan inson qalbida xaq nuri porlaydi. Endi u Allox azza va jalla yo`lidan og`ishmay qadam tashlaydi. ?Bizning yo`limizda jixod qilgan-kurashgan zotlarni, albatta, o`z yo`llarimizga xidoyat qilurmiz?. (Ankabut surasi, 69-oyat). Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: ?Sabr ziyo demakdir?. (Muslim rivoyatlari).
b) Musibatlarga sabr qilish
xayot davomida insonning joni, moli, axli-oilasi va tinchligi ko`p xatarlarga duch keladi. Albatta xar bitta musibat qarshisida sabot bilan turish oson ish emas. Bunday xolatlarda kishini umidsizlik chulg`ab oladi va u qo`rxuv-sarosima iskanjasida qoladi. ?qachon unga biron yomonlik yetsa, noumid bo`lur?. (Isro surasi, 83-oyat). ?Darxaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir. xachonki unga yomonlik etib qolsa, u o`ta besabrlik qilguvchidir?. (Maorij surasi, 19-20-oyatlar).
Musibatlar xarshisida esankirab o`zini yo`qotib qo`yuvchilar xayotda mag`lub bo`ladilar. Ular g`alaba sari yo`l ochishga urinmaydilar. Allox taolo mo`minlarni musibat chog`ida sabr-bardoshli bo`lishga undagan. Chunki xayot musibat-kulfatsiz o`tmaydi. Shu bois, najot kaliti bo`lmish sabr bilan qurollanib muzaffariyat sari odimlamoq, zaiflik va umidsizlik changaliga tushib qolmaslik maqsadga muvofix ishdir. ?Albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va ekin-tikinga nuxson yetkazish kabi narsalar bilan imtixon qilamiz. Biron musibat kelganda ?Albatta, biz Alloxnikimiz va albatta, biz U Zotga xaytguvchilarmiz?, deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o`shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot-mag`firat va raxmat bordir. Ana o`shalar xaq yo`lni topguvchilardir?. (Baqara surasi, 155-157-oyatlar).
Darxaqiqat, ana o`shalar izzat va sharaf yo`lini tutgan insonlardir. Ayniqsa musibatning ilk lax
zasida o`zlarini mardona tutuvchi zotlar amali taxsinga loyiqdir. Rasulullox sollalloxu alayxi va
sallam dedilar: ?(xaqiqiy) sabr musibatning dastlabki zarbasi paytida bo`ladi?. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Sobir bandalar og`ir xolatlardan matonat bilan chiqib ketadilar. Ular boshlariga tushgan kulfatni
xam dunyoyu Oxiratlari uchun xayrli natijaga aylantirishga urinadilar. Shu bois, ularning kulfat xolati bilan saodat onlari bir-biridan u qadar keskin farqlanmaydi. Rasulullox sollalloxu alayxi
va sallam dedilar: ?Mo`minning ishi qiziq! Uning xamma ishi o`zi uchun xayrli. Bu narsa faxat mo`minda mavjud. Agar mo`minga bir xursandchilik yetsa, shukr qiladi va bu uning uchun xayrli. Agar uning boshiga g`am-kulfat tushsa, sabr qiladi va bu xam uning uchun xayrli bo`ladi?. (Muslim rivoyatlari).
quyidagi ajib misolga diqqat qiling. ?Rasulullox sollalloxu alayxi va sallamning qizlari odam
jo`natdilar:
- o`g`lim o`lim to`shagida yotibdi. Biznikiga yetib keling!
Nabiy sollalloxu alayxi va sallam qizlariga salom aytib, shunday deb yubordilar:
- Olgani xam, bergani xam Alloxnikidir. xar bir narsaga Uning xuzurida ma'lum muxlat
belgilangandir. Bas, sabr qilib Alloxdan ajr-savob umid et!? (Buxoriy rivoyatlari).