Топ рейтинг www.uz SABR-TOQAT HAQIDA

SABR-TOQAT HAQIDA  ( 28978 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


ossiyobinti  14 Oktyabr 2009, 21:22:59

Ana shu dushmanlar insonni yo`ldan urishga, unga shaxvatlarni chiroyli qilib ko`rsatishga va uni toat-ibodatlardan uzoqlashtirishga urinadilar. Ular ko`zlagan maqsadlariga erishish uchun beto`xtov xuruj qilib turishadi. Shu bois, inson nafsini jilovlab olish, xavoi xoxishini shariat izmiga yurgizish va xaqiqiy dushmanni-shaytonni mag`lub etish yo`lida jiddu jaxd ko`rsatmog`i lozim. ?Sizga vaxiy qilib yuborilayotgan narsaga ergashing va to Allox o`z xukmini tushirgunicha sabr qiling. U Zot xukm qilguvchilarning eng yaxshisidir?. (Yunus surasi, 109-oyat). ?U osmonlar, yer va ularning orasidagi bor narsalarning xojasidir. Bas, siz Unga ibodat qiling va bu ibodatda sabr-toqatli bo`ling!? (Maryam surasi, 65-oyat). Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: ?Allox yo`lida nafsiga qarshi jixod qilgan kishi mujoxiddir!? (Termiziy va Ibn xibbon rivoyatlari).

Nafsini jilovlab, faqat toat-ibodatlar sari oshiqadigan va ma'siyat-gunox ishlardan yiroq
yuradigan mo`min o`zining maxfiy dushmani ustidan albatta g`alaba qozonadi. Nafs, shayton va xavoi-xoxish izmiga yurmaydi. Aslida xech xaysi g`alaba mazkur g`oliblik kabi ulug`
sanalmaydi. Nafsini mag`lub etib, xavoi-xoxish asirligiyu shayton vasvasalaridan ozod bo`lgan inson qalbida xaq nuri porlaydi. Endi u Allox azza va jalla yo`lidan og`ishmay qadam tashlaydi. ?Bizning yo`limizda jixod qilgan-kurashgan zotlarni, albatta, o`z yo`llarimizga xidoyat qilurmiz?. (Ankabut surasi, 69-oyat). Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: ?Sabr ziyo demakdir?. (Muslim rivoyatlari).

b) Musibatlarga sabr qilish

xayot davomida insonning joni, moli, axli-oilasi va tinchligi ko`p xatarlarga duch keladi. Albatta xar bitta musibat qarshisida sabot bilan turish oson ish emas. Bunday xolatlarda kishini umidsizlik chulg`ab oladi va u qo`rxuv-sarosima iskanjasida qoladi. ?qachon unga biron yomonlik yetsa, noumid bo`lur?. (Isro surasi, 83-oyat). ?Darxaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir. xachonki unga yomonlik etib qolsa, u o`ta besabrlik qilguvchidir?. (Maorij surasi, 19-20-oyatlar).

Musibatlar xarshisida esankirab o`zini yo`qotib qo`yuvchilar xayotda mag`lub bo`ladilar. Ular g`alaba sari yo`l ochishga urinmaydilar. Allox taolo mo`minlarni musibat chog`ida sabr-bardoshli bo`lishga undagan. Chunki xayot musibat-kulfatsiz o`tmaydi. Shu bois, najot kaliti bo`lmish sabr bilan qurollanib muzaffariyat sari odimlamoq, zaiflik va umidsizlik changaliga tushib qolmaslik maqsadga muvofix ishdir. ?Albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va ekin-tikinga nuxson yetkazish kabi narsalar bilan imtixon qilamiz. Biron musibat kelganda ?Albatta, biz Alloxnikimiz va albatta, biz U Zotga xaytguvchilarmiz?, deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o`shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot-mag`firat va raxmat bordir. Ana o`shalar xaq yo`lni topguvchilardir?. (Baqara surasi, 155-157-oyatlar).

Darxaqiqat, ana o`shalar izzat va sharaf yo`lini tutgan insonlardir. Ayniqsa musibatning ilk lax
zasida o`zlarini mardona tutuvchi zotlar amali taxsinga loyiqdir. Rasulullox sollalloxu alayxi va
sallam dedilar: ?(xaqiqiy) sabr musibatning dastlabki zarbasi paytida bo`ladi?. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Sobir bandalar og`ir xolatlardan matonat bilan chiqib ketadilar. Ular boshlariga tushgan kulfatni
xam dunyoyu Oxiratlari uchun xayrli natijaga aylantirishga urinadilar. Shu bois, ularning kulfat xolati bilan saodat onlari bir-biridan u qadar keskin farqlanmaydi. Rasulullox sollalloxu alayxi
va sallam dedilar: ?Mo`minning ishi qiziq! Uning xamma ishi o`zi uchun xayrli. Bu narsa faxat mo`minda mavjud. Agar mo`minga bir xursandchilik yetsa, shukr qiladi va bu uning uchun xayrli. Agar uning boshiga g`am-kulfat tushsa, sabr qiladi va bu xam uning uchun xayrli bo`ladi?. (Muslim rivoyatlari).

quyidagi ajib misolga diqqat qiling. ?Rasulullox sollalloxu alayxi va sallamning qizlari odam
jo`natdilar:

- o`g`lim o`lim to`shagida yotibdi. Biznikiga yetib keling!

Nabiy sollalloxu alayxi va sallam qizlariga salom aytib, shunday deb yubordilar:

- Olgani xam, bergani xam Alloxnikidir. xar bir narsaga Uning xuzurida ma'lum muxlat
belgilangandir. Bas, sabr qilib Alloxdan ajr-savob umid et!? (Buxoriy rivoyatlari).


Qayd etilgan


ossiyobinti  14 Oktyabr 2009, 21:24:11

Xotirjamlik, qoniqish-rozilik, saodat xissini tuyish, azizu mukarramlik, Allox nusrati xamda mux
abbatiga sazovor bo`lmoq sabrning samaralaridir. xammasidan oliysi ? Oxiratda qo`lga
kiritiladigan bexisob ajru mukofotlar. ?Shak-shubxa yo`qki, sabr-toqat qiluvchilarning ajr-
mukofotlari to`la-to`kis va xisobsiz qilib berilur?. (Zumar surasi, 10-oyat).

Farishtalar salomi ila yanada ko`rkamroq bo`lib turgan jannatlar: ?...(u diyor) abadiy turiladigan
jannatlar bo`lib, ular u joylarga ota-bobolari, jufti xalollari va zurriyotlaridan iborat bo`lgan
solix bandalar bilan birga kirurlar. So`ng ularning xuzurlariga xar eshikdan farishtalar kirib
derlar: ?Sabr-toqat qilib o`tganlaringiz sababli endi (bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-
osoyishtalik bo`lgay. Bu Oxirat diyori naqadar yaxshi!? (Ra'd surasi, 23-24 oyatlar).

Allox taolo sobir bandalariga mag`firat va rozilik ila boqadi: ?Men bugun ularni sabr-toqat qilganlari sababli mukofotladim - xaqiqiy yutuqqa erishganlar ana o`shalardir?. (Mo`minun surasi, 111-oyat). ?Biror musibat kelganda: ?Albatta, biz Alloxnikimiz va albatta, biz U Zotga q
aytguvchilardirmiz?, deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o`shalarga Parvardigorlari
tomonidan salavot-mag`firat va raxmat bordir?. (Baqara surasi, 156-157-oyatlar).

xali bir kun keladi. U kunda na molu davlat va na farzandlar foyda beradi. Faqat Allox xuzuriga
toza qalb bilan kelgan sobir bandalargina Allox taolo marxamatiga loyiq ko`rilurlar. Sabrning
nechog`lik ulug` ne'mat ekanligini balki endi aniqroq xis qilarmiz. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: ?xech kimga sabrdan yaxshiroq va ulkanroq ne'mat berilmagan?. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).


Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Fevral 2010, 06:25:07

SABR

Ali ibn Husayn Zaynul Obidin hazratlari aytadilar: "œAlloh qiyomatda barchani jamlagach, bir munodiy: "œJannatga hisob-kitobsiz kiradigan sobirlar qani?" deb nido qiladi. Bir toifa odamlar o’rnidan turishadi. Ularga farishtalar duch kelishib: "œey Odam bolalari, qayoqqa?" deb so’rashadi. "œJannatga" deydilar. "œHisob kitobdan oldinmi?" "œHa". "œSizlar kimsizlar?" "œBizlar sabr qilgan bandalarmiz". "œNimaga sabr qiluvdinglar?" "œAllohga itoat qilishda va Unga osiy bo’lmaslikda sabr etdik, so’ngra Alloh bizni shu holimizda vafot ettirdi’, deb aytishadi sobirlar. Shunda farishtalar: "œSizlar haqiqatda shundaysizlar, jannatga kiringlar. Amal qilganlarning ajri qanday go’zal!" deyishadi".

Mufassir ibn Kasir Zaynul Obidinning bu so’ziga Alloh taoloning "œShak-shubha yo’qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to’la-to’kis qilib berilur" (Zumar, 10-oyat), degan oyatni dalil qilganlar.

Musulmonlar taqvim kitobchasi 2002 (1423) yil, II-chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2010, 22:56:30

Sabr haqida eshitgan eng sevimli gaplarimdan biri shu

Sabr og’riqlarni to’xtatuvchi achchiq malhamga o’xshaydi, ham azob beradi, ham davolaydi.

Qayd etilgan


ibnUyayna  08 Mart 2011, 05:52:58

 Sabr haqida gapirish oson.Inson haqiqiy sabr qilsh kee bo`gan paytda buni naqadar qiyinligini anglaydi.
 Sabr ham har-hil bo`ladi.Alloh toatidagi sabr.Allohga masiyat bo`ladigan sabr.
 Hayot albatta qiyinchilik va mashaqqatlardan iborat.Inson hohlasayam,hohlamasayam sabr qilib yashashga majbur.
 Musibatni ilk pallasida sabr qilish ko`proq savob sabab bo`ladi.
 

Qayd etilgan


Hadija  14 May 2016, 23:01:02

Sabr haqida eshitgan eng sevimli gaplarimdan biri shu

Sabr og’riqlarni to’xtatuvchi achchiq malhamga o’xshaydi, ham azob beradi, ham davolaydi.


Sabr kerakli joyda sukut qilishni, tinglashni, hayotga kengroq qarashni urgatib kelyapti... Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas!!!

Qayd etilgan