SABR-TOQAT HAQIDA  ( 29192 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


IXLOS  30 Iyul 2009, 19:16:54

"Biror kishiga sabrdan ko'ra yaxshiroq va ulkanroq ne'mat
berilmagan"                        (Muttafaqun alayh)

Qayd etilgan


IXLOS  30 Iyul 2009, 19:31:39

Anas roziyallohu anhu aytadilar:"Payg'ambar sollallohu alayhi vasalam
qabr tepasida yig'lab o'tirgan ayolning yonidan o'taturib: "Allohdan qo'rqqin,sabr qilgin" dedilar.
Ayol u zotni tanimay "Yo'lingdan qolma, O'zingning boshingga
tushmaganda", dedi. Ayolga bu kishi Payg'ambar sollallohu alayhi vasalam bo'ladilar deyishdi.
U Rasululloh sollallohu alayhi vasalamning eshigiga keldi. U yerda eshikog'alarini ko'rmadi.
"Uzr, sizni tanimapman", degan edi: "Ilk zarba chog'idagi sabr sabrdir", dedilar Nabiy(s.a.v.)                 
 (Muttafaqun alayh)

Qayd etilgan


Foniy  14 Oktyabr 2009, 20:08:21

 :as:
Rasululloh (s.a.v.) dedilar:
- Imonning afzali — sabr va keng qalbli bo`lishdir.

- Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalarida bilinadi.

- Baxtli odam fitna-fasodlardan chetlab yuruvchi va musibatga sabr qiluvchi kishidir.

- Sabr va bardosh Ollohdan, shoshqaloqlik esa shaytondandir.

- Uch xil narsaga qasamyod qilaman:
1. Sadaqa qilgan bilan bandaning moli kamayib qolmaydi.
2. Qaysi bir bandaning moliga zulm bilan xiyonat qilinsa-yu, u unga sabr aylasa, albatta Olloh uning izzat va sharafini ziyoda etadi.
3. Qaysi bir banda tilamchilik eshigini ochib qo`ysa, Olloh unga faqirlik eshigini ochib qo`yadi.

- Musibat yetganda sabr qiluvchi, berilgan ne'matlarga shukr qiluvchi, birovlarning qilmishlarini kechiruvchi, o`zi birovga zulm yetkazsa, tavba qiluvchi kishilarga xotirjamlik va hidoyat ado etilur.

- Kimki shoshilmay, sabru qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi to`g`ri chiqadi yoki shunga yaqin bo`ladi. Shoshilgan odamning ishi xato chiqadi yoki shunga yaqin bo`ladi.

- Namoz nurdir, sadaqa hujjatdir, sabr ziyodir. Biror kishiga sabrdan ko`ra ulug` va yaxshi narsa berilmaydi.

Qayd etilgan


ossiyobinti  14 Oktyabr 2009, 21:17:01

Abu Abbos Abdullox ibn Abbos raziyalloxu anxudan rivoyat: Bir kuni Nabiy sollalloxu alayxiva
sallamning orqalaridan ulovlariga mingashib ketardim. ?Ey bola!? - dedilar Payg`ambar sollalloxu alayxi va sallam. ?Men senga bir necha kalimalarni o`rgataman: Alloxning xaqlarini saqlagin - U Zot seni saqlaydi. Alloxning xaqlarini saqla - Uni qarshingda topasan. Agar so`rasang, Alloxdan so`ra. Agar ko`mak tilasang, Alloxdan tila. Bilginki, butun ummat senga bir manfaat yetkazmoq uchun jamlansalar xam, faqat Allox taolo sen uchun yozib qo`ygan manfaatni yetkaza oladilar. Agar ular senga bir zarar bermoq qasdida to`plansalar xam, faqat Allox senga yozib qo`ygan zararnigina bera oladilar. qalamlar ko`tarilgan, saxifalar qurib bo`lgan?. (Termiziy rivoyatlari. xasan-saxix xadis).

Yana bir rivoyatda shunday deyilgan: ?Alloxning xaqlarini saqla - Uni qarshingda topasan. Yoruq kunlaringda Alloxni tanigin ? og`ir kunlaringda U Zot seni taniydi. Bilginki, nima seni chetlab o`tgan bo`lsa, uning senga tegishi (taxdirda) yo`q edi. Senga yetgan narsaning (taqdiri azalda) seni chetlab o`tishi yo`q edi. Bilginki, albatta g`alaba sabr bilan, yorug`lik-echim mashaqqat bilan qo`lga kiritiladi, shubxasiz, og`irlik bilan birga yengillik xam kelur?.
xadisning axamiyati xaqida
Ibn Rajab xanbaliy yozadilar: ?Mazkur xadis Islomning eng muxim umumiy qoidalarini va ulug`
nasixatlarini o`zida jamlagan. xatto ulamolardan biri bunday degan edilar: ?Ushbu xadis ustida
fikr yuritib, xangu mang bo`lib qoldim. O`zimni yo`qotib qo`yishimga bir baxya qoldi. Evoxkim, mazkur xadis ma'nolarini biz xali xam to`la-to`kis anglab yetmaganmiz yoxud undan mutlaqo g`ofilmiz!?


Qayd etilgan


ossiyobinti  14 Oktyabr 2009, 21:19:34

Inson xayoti kurashlardan iborat. Bu dunyoda biz bexisob va turli-tuman dushmanlarga ro`baro` kelamiz. Ushbu kurashlarda kishining zafar quchishi uning sabr-matonatiga bog`lix. Sabr bu turli-tuman pinxonu oshkor dushmanlarni yer bilan yakson etuvchi qudratli quroldir. Allox taolo uni bandalarini sinashning asosiy jabxasi qildi. Aynan sabr orqali sodiq mo`min kazzob munofiqdan ajraladi. ?Albatta Biz, to sizlarning orangizdagi jixod qiluvchi va sabr qiluvchi zotlarni bilgunimizcha xamda sizlarning xoli-xabarlaringizni tekshirib-yuzaga chiqargunimizcha, sizlarni imtixon qilurmiz?. (Muxammad surasi, 31-oyat). ?Albatta mol-mulklaringiz va jonlaringiz musibati bilan sinalursizlar va albatta sizlardan ilgari Kitob berilganlar va mushriklar tomonidan ko`p aziyat-malomatlar eshitasizlar. Agar sabr-toqat qilsalaringiz va Alloxdan qo`rxsalaringiz, albatta, bu ishlarning puxtaligidandir?. (Oli Imron surasi, 186-oyat).

Qayd etilgan


ossiyobinti  14 Oktyabr 2009, 21:22:59

Ana shu dushmanlar insonni yo`ldan urishga, unga shaxvatlarni chiroyli qilib ko`rsatishga va uni toat-ibodatlardan uzoqlashtirishga urinadilar. Ular ko`zlagan maqsadlariga erishish uchun beto`xtov xuruj qilib turishadi. Shu bois, inson nafsini jilovlab olish, xavoi xoxishini shariat izmiga yurgizish va xaqiqiy dushmanni-shaytonni mag`lub etish yo`lida jiddu jaxd ko`rsatmog`i lozim. ?Sizga vaxiy qilib yuborilayotgan narsaga ergashing va to Allox o`z xukmini tushirgunicha sabr qiling. U Zot xukm qilguvchilarning eng yaxshisidir?. (Yunus surasi, 109-oyat). ?U osmonlar, yer va ularning orasidagi bor narsalarning xojasidir. Bas, siz Unga ibodat qiling va bu ibodatda sabr-toqatli bo`ling!? (Maryam surasi, 65-oyat). Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: ?Allox yo`lida nafsiga qarshi jixod qilgan kishi mujoxiddir!? (Termiziy va Ibn xibbon rivoyatlari).

Nafsini jilovlab, faqat toat-ibodatlar sari oshiqadigan va ma'siyat-gunox ishlardan yiroq
yuradigan mo`min o`zining maxfiy dushmani ustidan albatta g`alaba qozonadi. Nafs, shayton va xavoi-xoxish izmiga yurmaydi. Aslida xech xaysi g`alaba mazkur g`oliblik kabi ulug`
sanalmaydi. Nafsini mag`lub etib, xavoi-xoxish asirligiyu shayton vasvasalaridan ozod bo`lgan inson qalbida xaq nuri porlaydi. Endi u Allox azza va jalla yo`lidan og`ishmay qadam tashlaydi. ?Bizning yo`limizda jixod qilgan-kurashgan zotlarni, albatta, o`z yo`llarimizga xidoyat qilurmiz?. (Ankabut surasi, 69-oyat). Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: ?Sabr ziyo demakdir?. (Muslim rivoyatlari).

b) Musibatlarga sabr qilish

xayot davomida insonning joni, moli, axli-oilasi va tinchligi ko`p xatarlarga duch keladi. Albatta xar bitta musibat qarshisida sabot bilan turish oson ish emas. Bunday xolatlarda kishini umidsizlik chulg`ab oladi va u qo`rxuv-sarosima iskanjasida qoladi. ?qachon unga biron yomonlik yetsa, noumid bo`lur?. (Isro surasi, 83-oyat). ?Darxaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir. xachonki unga yomonlik etib qolsa, u o`ta besabrlik qilguvchidir?. (Maorij surasi, 19-20-oyatlar).

Musibatlar xarshisida esankirab o`zini yo`qotib qo`yuvchilar xayotda mag`lub bo`ladilar. Ular g`alaba sari yo`l ochishga urinmaydilar. Allox taolo mo`minlarni musibat chog`ida sabr-bardoshli bo`lishga undagan. Chunki xayot musibat-kulfatsiz o`tmaydi. Shu bois, najot kaliti bo`lmish sabr bilan qurollanib muzaffariyat sari odimlamoq, zaiflik va umidsizlik changaliga tushib qolmaslik maqsadga muvofix ishdir. ?Albatta sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va ekin-tikinga nuxson yetkazish kabi narsalar bilan imtixon qilamiz. Biron musibat kelganda ?Albatta, biz Alloxnikimiz va albatta, biz U Zotga xaytguvchilarmiz?, deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o`shalarga Parvardigorlari tomonidan salavot-mag`firat va raxmat bordir. Ana o`shalar xaq yo`lni topguvchilardir?. (Baqara surasi, 155-157-oyatlar).

Darxaqiqat, ana o`shalar izzat va sharaf yo`lini tutgan insonlardir. Ayniqsa musibatning ilk lax
zasida o`zlarini mardona tutuvchi zotlar amali taxsinga loyiqdir. Rasulullox sollalloxu alayxi va
sallam dedilar: ?(xaqiqiy) sabr musibatning dastlabki zarbasi paytida bo`ladi?. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Sobir bandalar og`ir xolatlardan matonat bilan chiqib ketadilar. Ular boshlariga tushgan kulfatni
xam dunyoyu Oxiratlari uchun xayrli natijaga aylantirishga urinadilar. Shu bois, ularning kulfat xolati bilan saodat onlari bir-biridan u qadar keskin farqlanmaydi. Rasulullox sollalloxu alayxi
va sallam dedilar: ?Mo`minning ishi qiziq! Uning xamma ishi o`zi uchun xayrli. Bu narsa faxat mo`minda mavjud. Agar mo`minga bir xursandchilik yetsa, shukr qiladi va bu uning uchun xayrli. Agar uning boshiga g`am-kulfat tushsa, sabr qiladi va bu xam uning uchun xayrli bo`ladi?. (Muslim rivoyatlari).

quyidagi ajib misolga diqqat qiling. ?Rasulullox sollalloxu alayxi va sallamning qizlari odam
jo`natdilar:

- o`g`lim o`lim to`shagida yotibdi. Biznikiga yetib keling!

Nabiy sollalloxu alayxi va sallam qizlariga salom aytib, shunday deb yubordilar:

- Olgani xam, bergani xam Alloxnikidir. xar bir narsaga Uning xuzurida ma'lum muxlat
belgilangandir. Bas, sabr qilib Alloxdan ajr-savob umid et!? (Buxoriy rivoyatlari).


Qayd etilgan


ossiyobinti  14 Oktyabr 2009, 21:24:11

Xotirjamlik, qoniqish-rozilik, saodat xissini tuyish, azizu mukarramlik, Allox nusrati xamda mux
abbatiga sazovor bo`lmoq sabrning samaralaridir. xammasidan oliysi ? Oxiratda qo`lga
kiritiladigan bexisob ajru mukofotlar. ?Shak-shubxa yo`qki, sabr-toqat qiluvchilarning ajr-
mukofotlari to`la-to`kis va xisobsiz qilib berilur?. (Zumar surasi, 10-oyat).

Farishtalar salomi ila yanada ko`rkamroq bo`lib turgan jannatlar: ?...(u diyor) abadiy turiladigan
jannatlar bo`lib, ular u joylarga ota-bobolari, jufti xalollari va zurriyotlaridan iborat bo`lgan
solix bandalar bilan birga kirurlar. So`ng ularning xuzurlariga xar eshikdan farishtalar kirib
derlar: ?Sabr-toqat qilib o`tganlaringiz sababli endi (bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-
osoyishtalik bo`lgay. Bu Oxirat diyori naqadar yaxshi!? (Ra'd surasi, 23-24 oyatlar).

Allox taolo sobir bandalariga mag`firat va rozilik ila boqadi: ?Men bugun ularni sabr-toqat qilganlari sababli mukofotladim - xaqiqiy yutuqqa erishganlar ana o`shalardir?. (Mo`minun surasi, 111-oyat). ?Biror musibat kelganda: ?Albatta, biz Alloxnikimiz va albatta, biz U Zotga q
aytguvchilardirmiz?, deydigan sobirlarga xushxabar bering. Ana o`shalarga Parvardigorlari
tomonidan salavot-mag`firat va raxmat bordir?. (Baqara surasi, 156-157-oyatlar).

xali bir kun keladi. U kunda na molu davlat va na farzandlar foyda beradi. Faqat Allox xuzuriga
toza qalb bilan kelgan sobir bandalargina Allox taolo marxamatiga loyiq ko`rilurlar. Sabrning
nechog`lik ulug` ne'mat ekanligini balki endi aniqroq xis qilarmiz. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam dedilar: ?xech kimga sabrdan yaxshiroq va ulkanroq ne'mat berilmagan?. (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).


Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Fevral 2010, 06:25:07

SABR

Ali ibn Husayn Zaynul Obidin hazratlari aytadilar: "œAlloh qiyomatda barchani jamlagach, bir munodiy: "œJannatga hisob-kitobsiz kiradigan sobirlar qani?" deb nido qiladi. Bir toifa odamlar o’rnidan turishadi. Ularga farishtalar duch kelishib: "œey Odam bolalari, qayoqqa?" deb so’rashadi. "œJannatga" deydilar. "œHisob kitobdan oldinmi?" "œHa". "œSizlar kimsizlar?" "œBizlar sabr qilgan bandalarmiz". "œNimaga sabr qiluvdinglar?" "œAllohga itoat qilishda va Unga osiy bo’lmaslikda sabr etdik, so’ngra Alloh bizni shu holimizda vafot ettirdi’, deb aytishadi sobirlar. Shunda farishtalar: "œSizlar haqiqatda shundaysizlar, jannatga kiringlar. Amal qilganlarning ajri qanday go’zal!" deyishadi".

Mufassir ibn Kasir Zaynul Obidinning bu so’ziga Alloh taoloning "œShak-shubha yo’qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to’la-to’kis qilib berilur" (Zumar, 10-oyat), degan oyatni dalil qilganlar.

Musulmonlar taqvim kitobchasi 2002 (1423) yil, II-chorak

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Mart 2010, 22:56:30

Sabr haqida eshitgan eng sevimli gaplarimdan biri shu

Sabr og’riqlarni to’xtatuvchi achchiq malhamga o’xshaydi, ham azob beradi, ham davolaydi.

Qayd etilgan


ibnUyayna  08 Mart 2011, 05:52:58

 Sabr haqida gapirish oson.Inson haqiqiy sabr qilsh kee bo`gan paytda buni naqadar qiyinligini anglaydi.
 Sabr ham har-hil bo`ladi.Alloh toatidagi sabr.Allohga masiyat bo`ladigan sabr.
 Hayot albatta qiyinchilik va mashaqqatlardan iborat.Inson hohlasayam,hohlamasayam sabr qilib yashashga majbur.
 Musibatni ilk pallasida sabr qilish ko`proq savob sabab bo`ladi.
 

Qayd etilgan