HIKOYAT.To’tini qarg’a bilan bir qafasga qamadilar. To’ti qarg’aning yoqimsiz basharasini k’rishdan dodga kelib, o’z-o’ziga dedi: "œBu qanday jirkanch qiyofa, qanday badnamo bashara, naqadar yoqimsiz shaklu shamoil va naqadar beso’naqay jasad? Koshki edi ikkalamizning oramizda mag’rib bilan mashriqcha masofa bo’lsayu,sening tasqara basharangni ko’rib bunchalik azob chekmasam!
Kim erta turiboq boqsa yuzingga
Uning yorug’ kuni bo’lur misli shom
Senga rafiq lozim o’zingdek rasvo
Ammo topilurmi sebdekni ayyom?"
Qizig’i shundaki qarg’a ham to’ti bilan birga yashashdan qattiq azoblanb, afsus-nadomadlar chekib, taqdiridan shikvayu shikoyatlar qilib derdi: "œNaqadar baxt qarolik bu, toleim past, falak bevafo ekan! Menga munosib ulki bashqa bir qar’a bilan bog’ning devorida savlat to’kib yursam!
Rind bilan porso o’tirgan makon
Posoga bo’ur misoli zindon
Ne gunohim bor ekanki taqdir meni ja’zolab, o’ziga bino qo’ygan shuday ahmoq va be’mani, ablah va nojins bilan birga bandi-baloga giriftor qilib qo’ydi?
Bo’lsa devorda uning surati
U devor uoniga hech kim kelmagay
Agar uning joyi jannatda bo’lsa
U jannatni hech kim orzu qilmagay".
Bu misol shuning uchun keltirildiki, bilib qo’ygaysiz: olim jahldan qanday nafratlansa, johil olimdan ham yuz chandon ortiqroq hafrat qiladi.