TARIXIMIZ BIZNING FAXRIMIZ.  ( 18249 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  11 May 2007, 16:38:44

Tariximizga bir nazar.

      Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uning turli voqealarga  boy bo’lganligini ko’ramiz. O’zbekiston tarixi juda qadimdan shakillanib kelgan. Tariximiz voqealarga boy b’lishi bilan bir qatorda juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Bu  qiyinchiliklarni sanayversak uning cheki yo’q. Ahamoniylar bosqiniyu, Iskandar Zulqarnayin hujumlari, Arablaru, Mo’g’illar va keyinchalik Chor Possiyasining zulmlari. Shu bosqinlarga qaramasdan o’zbek xalqi o’zining borlig’i, urf-odatlari, an’analarini, hamma- hammasini saqlab qola oldi. Har bir bosqinga qarshi ajdodlarimiz shunday janglar olib bordiki ta’riflashga til ojizlik qiladi. Bu bosqinlarga qarshi ko’plab jasur va mard ajdodlarimiz mardonavar jang olib borishgan. Massagetlarning jasur malikasi To’maris, sak qabilasidan bo’lgan mard yigiti Shiroqning jasorati, Iskandarga qarshi so’g’d o’g’loni Spitamenning ko’rsatgan ajoyib jasorati, Arablarga qarshi Muqanna, Mahmud Tarobiy, Mo’g’illarga qarshi Xorazim o’g’lonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik jasoratlarini aytib o’tish mumkin.
        Bular ichida buyuk Sohibqiron Amir Temurning qilgan ishlarini alohida aytib o’tish mumkin. U o’zbeklarning elat bo’lib shakillanishida katta yo’llarni ochib berdi. Birinchi navbatda u vatanimizni mo’g’illardan tozaladi va Movaraunnahr  va Xurosonda buyuk davlatga asos soldi. Bulardan tashqari vatanimiz hududidan ko’plab buyuk davlat arboblari, buyuk mutaffakkirlar, olimlar, shoirlar etishib chiqqan. Ular jahon sivilizatsiyasining rivojiga katta hissa qo’shgan. Bular ichida Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy Alisher Navoiy  Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ijodini alohida aytib o’tish mumkin. Xorazmiy o’zining "œAl-jabr Val Muqobala" asari bilan algebra faniga asos soldi. Beruniy esa dunyoda birinchi bo’lib erning dumaloq ekanligini isbotlab berdi va globusni yaratdi. Ibn Sino esa o’zining "œTib qonunlari" kitobi bilan dunyoga mashxurdir. Alisher Navoiy qilgan ishlarni vatanimiz balki jahonda ham ko’plab odamlar biladi deb aytsak ham xato qilmagan bo’lamiz. U o’zbek tilini yaratdi va o’zbeklarning hech kimdan kam emasligini isbotladi. Bularni sanayversak cheki yo’q.
       Biz ajdodlarimizning qilgan ishlaridan faxrlansak arziydi. Biz ulardan  o’rnak olishimiz va ularday vatanparvar, erksevar va vatan uchun hamma narsaga tayyor bo’lishimiz kerak va avlodlarga o’rnak bo’lishimiz zarur. Biz tariximizni ko’z qorchig’day asrashimiz va ularni to’laligicha kelgusi avlodlarga etkazib berishimiz shart va zarurdir.
     Vatanimizda yashayotgan har bir inson millatidan, dinidan qat’iy nazar tariximizni bilishi kerak. Tarixni bilmagan insonning kelajagi ham bo’lmaydi. Tarixni bilmaslik bu o’zligini bimaslik degani. Tarixni bilgan insonning kelajagi porloq va sokin bo’ladi. Shunday ekan har-birimiz tariximizni o’rganaylik va uning ochilmagan qirralarini topib xalqimizga havola qilaylik va ajdodlarimizni ham tarixni bilishga undaylik.   

Qayd etilgan


Muhammad Amin  11 May 2007, 16:44:02

JALOLIDDIN MANGUBERDI.
    O’z dovyurakligi, ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchen XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’illarning ko’p sonli urug’-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelganko’plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaritlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar, Qorluqlar va boshqalarni ham birin ketin bo’ysindirib kuchli davlatga asos soldi.Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajiralib turadi.  Temuchin oliy hokimiyat muryvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’layxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari bo’lganlar. Shunday qilib Chingizxon xoriliy ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yarata bordi. Shu tariqa, XIII asr boshlariga kelib Chingizxon etakchiligida kuchli davlat vyjydga keldi. Endilikda Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni bosib olish uchunistelochilik yurishlarini boshlaydi. 1215 yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg’ol etildi. 1217 yilda Xuanxe daryosining simolidagi barcha erlar mo’g’illar tasarrufiga o’tadi.1218 yilga kelib Ettisuv hududining qolgan qismi ham mo’g’ilarga tobe bo’ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi uning jahonga hukumron bo’lishiga katta to’g’noq bo’lib turgan buyuk Xorazimshohlar qo’shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi. Bu davrda Xorazimshohlar saltanatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g’oyatda murakkabm, ziddiyatli kechayotgan edi. U tashqaridan ulug’vor keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat bo’lib ko’rinsada va uning hukumdori Muhammad Xorazimshoh o’zini  "œIskandariy soniy", "œXudoning erdagi soyasi" deb bilsada, haqiqatdaesa Xorazimshohlar sulolasi ichdan emirilishga, tanazzullikka yuz tutgan edi. Buning ustiga  Xorazimshohning  xalifalik hududlarini qo’lga kiritish da`vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortish ham xalifalikdagi hukumdorlarni qahru g’zabga keltirgandi. Shunday qilib Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi jang yaqin edi. Chingizxon jang uchun qulay vaziyatni kutayotgan edi. Xuddi shunday qulay vaziyat 1218 yilda sodir b’ldi. Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazim davlatiga 500 tuyada sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuborildi. Biroq karvon O’trorga kelishi bilanoq, Xorazimshohning maxsus topshirig’ bilan O’tror hokimi uni yo’q qilishga buyruq berdi. Chingizxon uchn endi Movaraunnahrgabostirib kirish fursati etgan edi. Chingizxon qo’shini hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganini Xorazimshoh va uning arkoni davlatiham yaxshi bilardi. Shoh mo’yan harbiy tayyorgarliklar ko’rish harakatida bo’ldi, biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o’ta no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qildi. U o’zining sarkarda o’g’li Jaloliddin, Xo’jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarini asisiy nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’risidagi, to’g’ri, dono maslahatlarning ahamiyatini tushunmadi, ularga quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishdan iborat xato taktikani qo’lladi.Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga boatirib kira boshlagach Xorazimshoh o’z tinchini, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi ham xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xaqning cog’lom, vatanparvar kuchlari yurt ulug’larining bunday ikkilanishiga, xiyonatiga qaramay , muqaddas ona zaminni ko’krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar. 

Qayd etilgan


Voris Usmonli  03 Avgust 2007, 07:02:00

Agar Amir Temur haqida yozar ekansiz, uning faoliyatiga xolis baho bering. Yaxshi ishlar qatorida qilgan zolimliklarini ham yoddan chiqarmang. Biz uni milliy qahramon deb atar ekanmiz, Amir Temur tomonidan zabt etilgan mamlakatlar aholisi uni bosqinchi deb bilishadi

Qayd etilgan



Foniy  20 Noyabr 2007, 14:02:11


Qayd etilgan


djepotai  21 Yanvar 2008, 13:36:48

Мавзу юзасидан ақлини таниб олган инсон, сспирин ёки қиз бола, умуман тарих юзасидан авваламбор сзининг ссиб улғайган Азим шаҳрининг тарихини билиши керак, деб сйлайман.

Qayd etilgan


Mas'ud  23 Yanvar 2008, 12:42:59

Mavzuni yahshi boshlabsizla... Tarix - albatta bilishimiz kerak va zarur bo'lgan ilm...
Masalaning ikkinchi tomoni - aynan Siz o'tayotgan kuningizda, kelgusidagi avlod tilga olsa arzigulik darajada, oz'ingizdan nima (qanday amal, yoki ish) qoldirayapsiz? Shu masalaga ko'proq e'tibor qaratsakkina, faqat tariximizgina buyuk emas, kelajagimiz ham buyuk bo'lishi mumkinligini aytib o'tayotgan bo'lamiz...



Qayd etilgan


djepotai  23 Yanvar 2008, 13:49:02

Охирги постдан олдин иккита пост мавжуд сди, демак счириб ташланган. Муҳтарам модераторлар, постни счириб ташлашга шошмасликларингизни ссрардим. Бундай пайтда сз хатосини тушуниб етиши мумкин бслганлар бслиши мумкин.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Fevral 2008, 18:10:15

Yusuf Hamadoniyning vafoti va qabri qayerda joylashganligi xususida

 

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan «O‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasining yuksak e’tirofi» mavzuidagi intervyusida ta’kidlaganlaridek, «O‘z-o‘zidan ravshanki, Toshkent shahriga Islom madaniyati poytaxti degan  yuksak nom berilishi bizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Ayniqsa, necha yuz yillar mobaynida yurtimiz hududida yaratilgan buyuk madaniy va ma’naviy merosning tub mohiyatini, uning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qirralarini nafaqat musulmon olami, balki butun jahon ahliga keng targ‘ib qilish, shu tariqa islom dini tinchlik, ma’rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi ekanini yana bir bor namoyon etish borasida hali ko‘p ish qilishimiz zarurligini biz yaxshi anglaymiz».

Darhaqiqat, Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha nufuzli islom tashkiloti bo‘lmish AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda «Islom madaniyati poytaxti» degan nom berilishi yurtimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotida ulkan voqea bo‘lish bilan birgalikda, xalqimizning diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, ulug‘ ajdodlarimizning merosini ardoqlash sohasida amalga oshirayotgan ezgu ishlariga berilgan yuksak baho hamdir.

Mustaqillik yillarida tarixiy qadriyatlarni tiklash, nafaqat yurtimiz, balki jahon tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk bobolarning muborak ismlarini ozod elimizning chinakam milliy ma’noda tiklangan tarixi sahifalariga zarhal harflar bilan bitish, xotiralarini ulug‘lash, necha yuz yillar osha ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatning o‘lmas yog‘dularini sochib, insoniyat yo‘lini yoritib turgan asarlarini o‘rganish borasida ko‘pgina xayrli tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Zero, Olloh ardoqlagan bu zaminda tarixning turli davrlarida poytaxt bo‘lmagan shahar, dunyoviy va diniy ilm sohasida  yulduzdek nur taratgan olimu ulamolarni, shohu shoirlarni bermagan hududni topish qiyin.

Bu yurtning sehri, jozibasi shundaki, o‘zining ham ilmda, ham din, ham madaniyat va san’atda nom taratgan farzandlarini dunyo quchog‘iga sochish bilan birga, ulug‘ insonlarni o‘z bag‘riga ham ohanrabodek tortib kelgan, ularning aziz Vataniga aylangan.

Ana shunday  ulug‘ zotlardan biri tasavvuf ilmining ustunlaridan bo‘lmish Xoja Yusuf Hamadoniy hazratlaridir...


Qayd etilgan


Muhammad Amin  15 Fevral 2008, 18:10:51

Davomi.

Prezidentimizning tashabbuslari bilan 1993 yilda el orasida «Bahouddin Balogardon» (ya’ni baloyu ofatlarning oldini oluvchi) nomi bilan mashhur bo‘lgan Xoja Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yillik, oradan o‘n yil o‘tgach esa, ya’ni 2003 yilda ul zotning ustozlari, diyorimizda tasavvuf ilmining ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan donishmand, minglab shogirdlarning piri komili Abdulxoliq G‘ijduvoniy hazratlari tug‘ilganining  900 yilligi marosimlari keng  nishonlandi. Shu singari ulug‘ anjumanlar  munosabati bilan mamlakatimiz dunyodagi islom diniga e’tiqod qiluvchi insonlarning tabarruk ziyoratgohiga aylandi.

O‘sha qutlug‘ kunlarda bu muhtaram zotlarning ustozlari Yusuf Hamadoniy hazratlarining ham muborak nomlari bot-bot tilga olindi. Sababi shundaki, Xojagon, keyinchalik Naqshbandiya deb atalgan tariqatning asoschisi, Xojai Jahon nomi bilan mashhur bo‘lgan Abdulxoliq G‘ijduvoniy Shayx Yusuf Hamadoniyning to‘rtinchi shogirdi, Bahouddin Naqshband hazratlari esa Abdulxoliq G‘ijduvoniy tariqatining eng zabardast davomchisi edi.

Xojagon tariqatining o‘n bitta asosiy qoidasi bo‘lib, shundan to‘rttasini, ya’ni «Xush dar dam», «Nazar bar qadam», «Safar dar Vatan», «Xilvat dar anjuman» qoidalari aslida Yusuf Hamadoniy hazratlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, «Yodkard», «Bozgasht», «Nigohdosht», «Yoddosht» kabi qoidalar Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan qo‘shilgan. Naqshband hazratlari esa  pirlari yo‘lini davom ettirib, ular yaratgan tasavvuf yo‘lining tarkibiga  «Vuqufi adadiy», «Vuqufi zamoniy», «Vuqufi qalbiy» qoidalarini kiritib,  mukammal holatga keltirdilar.

Bu maqoladan maqsadimiz ushbu qoidalarning mazmun-mohiyati, insonning imon-e’tiqodini mustahkamlash, to‘g‘ri yo‘lga boshlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritish emas. Katta diniy hamda tasavvufiy bilim, mulohaza va mushohada talab etadigan bunday mashaqqatli va sharafli vazifani sohaning mutaxassislariga havola  qilamiz.

Gap shundaki, Naqshbandiya tariqati haqida gap ketganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, so‘zning avvali Yusuf Hamadoniydan boshlanadi. Biroq bu  u kishining qayerda tavallud topgani, qanday ilmiy meros qoldirgani,  qayerda vafot etgani haqida xalqimizga chuqurroq ma’lumot beradigan tadqiqot yaratilmagani yoki xorijda chop etilgan ishonarli risolalarning chop etilmagani ajablanarli holdir.

To‘g‘ri, 2003 yilda «Fan» nashriyoti tomonidan professor Orif Usmonning «G‘ijduvoniy ta’limoti» nomli ixchamgina risolasi nashr qilingan. Bu kitobchada Yusuf Hamadoniy hazratlari haqida ham birmuncha ma’lumotlar qalamga olingan bo‘lib, jumladan «Bul ulkan mutasavvif donishmand zot aslan Eronning Hamadon shahri yonidagi Buzonjird qishlog‘ida 1048 yilda dunyoga kelgan. O‘n sakkiz yoshida Bag‘dodga borib fiqh ilmini o‘rgangan. Isfahon, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Hirot shaharlarida bo‘lgan. Umrining yarmini A’rob, Xuroson yurtlarida o‘tkazgandan so‘ng Turkistonni yoqtirib qolib, Buxoroga kelgan va shu yerda xonaqoh, masjid ochib, shogirdlarni tarbiyalashga kirishgan, tasavvufiy ta’limot ishlarini boshlagan. Uning Barraqiy, Andoqiy, Yassaviy va G‘ijduvoniy kabi eng yirik to‘rt nafar mumtoz shogirdlari bo‘lgan. Boshqa shogirdlari ham ko‘p bo‘lib, sanog‘i hech kimga ma’lum emas» deyiladi.

Yana shu kitobchada «Xojai Jahon — Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy risolasida Shayx Yusuf Hamadoniyning tug‘ilgan joyi Eronning Hamadon shahri yonidagi «G‘animiyo» degan mahalla ekani ta’kidlanadi», deb yozilgan.

Muhtaram olimimizning ta’kidlashlaricha, «G‘ijduvoniy yozuvlarida Yusuf Hamadoniy Samarqandda vafot etib, o‘sha yerda dafn etilganliklari haqida ishoratan aytiladi. Ul mo‘’tabar zotning vafotlari haqida boshqa ma’lumotlar ham bor. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Shayx Yusuf Hamadoniy 1140 yilda Hirotga boradi. U yerdan qaytib kelayotib, 90 dan oshib, keksayib qolgan Yusuf Hamadoniy  baland va sovuq Shibor dovonidan oshib o‘tayotib, shamollab qoladi. Natijada Bomiyon (Afg‘oniston) shahriga yetib kelib, qattiq betob bo‘lib qoladi va o‘sha yerda olamdan o‘tadi. Shayxning vasiyatlariga ko‘ra, u Marvga dafn etiladi. Hozir ham Shayxush-shuyux Yusuf Hamadoniyning qabrlari Marv shahrida saqlanadi. Ul mo‘’tabar zotning sharofatlari bilan (u kishi dafn etilgandan so‘ng) Marv «Xuroson Ka’basi» deb atala boshlagan ekan.

Har holda buzrukvor zotlarning dafn etilgan joylari bitta emas, bir nechta joyda bo‘ladi. Shuning uchun hazrati G‘ijduvoniy yozib qoldirgan ma’lumot bilan birga so‘nggi ma’lumotlarni ham keltirib o‘tdik. Keyinchalik olimlarimizning izlanishlari bu bahsli masalaga ham aniqlik kiritsa kerak, deb o‘ylaymiz».

Ammo, asarda ushbu so‘nggi ma’lumotlarning qaysi manbadan olingani aytilmaydi. Muammo ochiqligicha qoldiriladi.

Shu yil gazetalardan birida e’lon qilingan jurnalist Sotim Avazning «Xoja Yusuf Hamadoniy» maqolasida esa ushbu masalaga sal chuqurroq yondashiladi. Muallif Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarlaridagi Xoja Yusuf Hamadoniyning vafoti munosabati bilan aytilgan «...Marv azimatiga murojaat qilganda, yo‘lda besh yuz o‘ttiz beshda favt bo‘ldi va andaki favt bo‘ldi dafn qildilar va necha vaqtdan so‘ngra Marvga naql qildilar va mozori Marvdadir,» degan fikrni keltiradi.

Maqola muallifi ayni paytda Yusuf Hamadoniyning «Rutbat ul hayot» («Hayot mezoni») asari haqida so‘z boshi yozgan tarjimonlar Sayfiddin Sayfulloh hamda Nodirxon Hasanlarning hazratning 535 hijriy (1141 milodiy) yilda Afg‘onistonning Bomiyon shahrida vafot etganligini va dafn qilinganligini, vasiyatiga ko‘ra jasadi muridlar tomonidan Marvga ko‘chirib ketilganligini va dafn qilinganligini aytganlarini ta’kidlab, «Albatta, tarjimon olimlar ishonchli bir dalilga ega bo‘lsalar kerakki, hatto eng mo‘’tabar manbaga ham aniqlik kiritmoqchi bo‘lishgan,» degan xulosaga keladi, biroq, «mo‘’tabar manba» deganda nimani nazarda tutayotganini bayon etmaydi.

Shu o‘rinda professor Orif Usmonning ham, jurnalist Sotim Avazning ham mulohazasini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, deyishdan yiroqmiz.

Aksincha, Sotim Avazning ushbu masalani chuqurroq o‘rganishga harakat qilgani, qiziqarli dalillarni keltirgani maqtovga sazovordir. U Hazratning qabri Marv shahridagi mo‘’tabar ziyoratgoh ekani bugungi kunda haqiqatga zid ekanini qayd etib, «Turkmanistonning hozirgi Bayramoldi shahri hududida qadimiy Marvning vayronalari joylashgan va u yerda haqiqatan ham Yusuf Hamadoniyning qabri bor. Uning atrofida salobatli maqbara yoki ziyoratgoh majmua emas, odam bo‘yidan xiyla baland ko‘shksimon minora o‘rnatilgan. Ajabki, bundan bir necha yil oldin xorazmlik bir guruh  ilmu ijod namoyandalari tashrif buyurgan paytimizda u yerda juda kam odamni uchratdik», deydi.

Qizig‘i shundaki, Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi uch gumbazli ulkan maqbara ichida Yusuf Hamadoniy bilan birga G‘avsul A’zam pir hamda Saidiy Hamadoniy hazratlarining qabrlari bor. Muallifning ta’kidlashicha, «Nafaqat Xorazm, balki yaqinu yiroqdan, shu jumladan Turkmanistonning katta qismidan ham mahalliy aholi Yusuf Hamadoniyning qabri shu yerda degan ishonchda. Har kuni kamida yuzdan ziyod, chorshanba kunlari va hayit bayramlarida esa mingga yaqin ziyoratchilar bu maskanga tashrif buyurishadi.»


Qayd etilgan