Qaysi holatda vafot etasiz?  ( 4881 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


lolo  15 May 2007, 14:16:09

"Qaysi holatda vafot etasiz?"

Alloh taolo aytadiki: "Ey, imon keltirganlar! Allohdan chinakam qo'rquv bilan qo'rqingiz va musulmon bo'lmay dunyodan o'tmangiz!" (3. Al-'Imran surasi 102-oyat). Har bir musulmon mana shu oyatni o'qib tafakkur qilishi lozim; "Men qanday holatimda olamdan o'taman?!", deb.

O'lim bu qochib bolmaydigan narsa va har bir bandaga keladi. Alloh taolo aytadiki: "Qayerda bo'lsangiz ham o'lim sizlarni topadi, hatto mustahkam qal'alar ichida bo'lsangiz ham" (4. An-Nisa' surasi 78-oyat).

Yana Alloh taolo aytadiki: "Har bir jon o'lim (achchig'i)ni totuvchidir! So'ngra Bizga qaytarilursizlar" (29. Al-'Ankabut surasi 57-oyat).

Yana aytadiki: "Darhaqiqat, Allohning huzuridagina qiyomat (qachon bo'lishi to'g'risida) bilim bordir. U (xohlagancha) yomg'ir yog'dirur va bachadonlardagi narsa (homila)ni bilur. Biror jon ertaga nima ish qilishini bilmas. Biror jon qayerda o'lishini bilmas. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir" (31. Luqman surasi 34-oyat). Biror jon ertaga nima ish qilishini bilmas. Biror jon qayerda o'lishini bilmas. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir.

Kofirlar bu dunyoni shunaqa yaxshi ko'rishadiki hattoki ular kelajakda qayta tirilmaslik umidida o'lganlaridan keyin badanlarini muzlatib qo'yishni ham xohlashadi. Ba'zilar esa ming yillab umr ko'rishni istashadi, ya'ni ular o'limdan qochishni istashadi, ammo haqiqatda esa o'lim har bir insonga keladi.

Qayd etilgan


lolo  15 May 2007, 14:18:48

O'lim haqligini bilamiz, ammo biz qaysi holatimizda olamdan o'tamiz?

Biz masalan:

1. Hech qanday yaxshi amal qilmasdan, hattoki hech qanday yaxshi amal qilishlikka niyat qilmasdan olamdan o'tamizi? O'lim kelganida esa "Ey Robbim, meni dunyoga qaytar, men qilmagan yaxshi ishlarni qilay" deymizmi? Yo'q, haqiqatda esa, o'lim keldimi bu dunyoga qaytish yo'q!!!

2. Biz juda ko'plar boylik, mol, unvon to'plab... Alloh aytadi: "(Holbuki,) ular (bir-birlariga) ko'rsatilurlar. Jinoyatchi (kofir) u Kunning azobidan (qutulish uchun) o'g'illarini, xotini va birodarini, uni o'z panohiga oladigan qarindoshini va Yerdagi barcha kishilarni to'lov qilib berib, unga najot berishni istar. Yo'q! Axir, u do'zaxdir" (70. Al-Ma'arij surasi 11-15-oyatlar). Shu mol, unvon, boylik to'plab vafot etib, Alloh taolo shu oyatda tasvirlagandek bo'lishni xohlaymizmi?

Alloh taolo yana aytadiki: "Endi, kitobi chap tomonidan berilgan kimsa esa der: "Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa, va hisob-kitobim qanday bo'lishini bilmasam! Eh, qaniydi, o'sha (birinchi o'limim hamma ishni) tugatuvchi bo'lsa! Menga mol-mulk ham asqotmadi. Saltanatim ham halok bo'lib ketdi". "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar! So'ngra uni olovda toblanglar! So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!" Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi. Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi. Bas, bugun bu yerda unga biror do'st yo'qdir" (69. Al-Haqqah surasi 25-35-oyatlar).

Qayd etilgan


lolo  15 May 2007, 14:24:45

3. Yoki biz Alloh taolo buyurgan narsalarni qilishda e'tiborsizlik qilganimiz holatida vafot etamizmi? Shu bilan birga o'zimiz amal qilmasakda boshqa musulmonlarni g'iybat qilgan holatimizda vafot etamizmi? U musulmonlarni Alloh buyruqlarini bajarganliklari uchun, sunnatlarga amal qilganliklari uchun ustilaridan kulib, masxara qilgan holatda olamdan o'tamizmi? Alloh aytadi: "Biror jon: "Alloh haqida (Unga ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga afsus! Rostdan ham men masxara qiluvchilardan bo'lgan edim", - deb qolmasligi uchun" (39. Az-Zumar surasi 56-oyat).

4. Yoki biz yarim kofir holatda olamdan o'tamizmi?, yani kofirlarni odatlariga ergashib, ularning harakatlari qilib, farzanlarimizni ham ularning yo'lida tarbiyalab olamdan o'tamizmi? Alloh aytadi: "Sizlar o'zlariga zulm qilganlarning maskanlariga (o'lganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq bo'lgan edi. Biz sizlar uchun misollar ham keltirgan edik." (14. Ibrahim surasi 45-oyat).

5. Yoki biz kofirlik, shubhaga ega holatimizda olamdan o'tamizmi? Alloh taolo aytadiki: "Darhaqiqat, imon keltirib, so'ngra kufrga ketgan, keyin yana imon keltirib, so'ngra yana kofir bo'lgan, so'ngra kufrlari ortib borganlarga (nisbatan) Alloh sira mag'firat etadigan va to'g'ri yo'lga soladigan emasdir" (4. An-Nisa' surasi 137-oyat).

Va yana: "Kufrda bo'lib, kofirlik holida o'lib ketganlarga barchaning - Allohning, farishtalar va odamlarning la'natlari bo'lgay" (2. Al-Baqarah surasi 161-oyat).

6. Yoki biz dinga, Allohning oyatlariga e'tiborsizlik qilgan holatdan olamdan utamizmi? Bazi odamlarga Alloh haqida, oxirat haqida aytsak "Iltimos bizni tinch qo'ying, o'zimiz Allohga javob beramiz" degan javoblarni olamiz. Nasihat, eslatma ba'zilar uchun yoqmaydi. Alloh aytadiki: "Parvardigorining oyatlari bilan nasihat qilinganidan so'ng, ulardan yuz o'girgan kimsadan kim ham zolimroqdir?! Albatta, Biz (unday) jinoyatchilardan intiqom oluvchidirmiz" (32. As-Sajdah surasi 22-oyat).


Manba: http://uzmuslim.com/viewtopic.php?t=679

Qayd etilgan


sita  28 Iyul 2007, 12:24:34

rahmat opajon
Alloh rozi bo'lsin

Qayd etilgan