Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?  ( 72043 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Robiya  11 Mart 2008, 16:40:14

Assalomu alekum! O'qishga faqat bilim va yana bilim orqali kirsa bo'ladi. Siz shu darajada o'qingki, sizzi bilimizni xech kim inkor qila olmasin. Tanish bilish, pul, bularni xammasi omonat bir narsa. Bu narsalarga ishonib qolish, bu bamisoli qum ustiga imorat qurish bilan teng!

Mashaalah, Muzayyana! juda haq gaplar. Agar hamma sizdek fikr yuritganda, yurtimizda hech qanday muammolar ham bo'lmasdi.

Qayd etilgan


Jiddiyqiz  14 Mart 2008, 11:37:07

Салом хаммага. Мен хам абутуриентман. Албатта укишга кириш учун факат ва факат тинмай укиш ва орга етишиш учун чин дилдан интилиш лозим булади. Лекин хозир айникса Узбекистонда пул билан кириш йулига утиб кетишган. Бу хам  тугридир кайсидир манода, давлатни иктисоди учун снасм билмадим. Лекин билимли кишилар колиб кетспти бир томонда биринчи уринда пул булиб колган. Керак булса тестни жавоблари сотиб олишспти. Хакикат сгилади, букилади лекин синмайди дейишадику. Качондир киради барибир укишга. Лекин уша качондирмас  уз вактида сни кутилган ватида булса схши буларди.

Хамма абутуриентларга факат ва факат ОМАД тилайман!!!

Qayd etilgan


Usmon  14 Mart 2008, 14:18:08

...Узбекистонда пул билан кириш йулига утиб кетишган. Бу хам  тугридир кайсидир манода, давлатни иктисоди учун снасм билмадим. ....
Davlat iqtisodiyotiga berilayotgan poralardan zarracha foyda yo'q. U faqat o'sha porani olayotgan kishilar uchungina "foyda". Biroq bu "foyda" bir kunmas, bir kun kelib qanchalik qimmatga tushishini anglab yetganlarida.....
Faqat, to'lanayotgan shartnoma to'lovlaridangina universitet xo'jaligini yuritishda foyda bor. Biroq buning ham o'ziga yarasha lekini bor. Shartnoma to'lovi hozirgi minimal maosh u yoqda tursin, o'rtacha oylik maosh olib ishlaydigan oilalar uchun ham "real miqdor"da emas. Biroq.... Baribir shu pulni topib to'lashyapti :D Latifadagidek, 100$ oylik olamiz, lekin 500$ xarajat qilamiz....

Qayd etilgan


Chustiy  14 Mart 2008, 15:01:38

VAlloh a'lam yuqorida singlimiz porani emas kontrakni nazarda tutgan blsalar kerak. Birovlarni nomidan "aqilli" talabalar imtihonga kirishiga nima deysizlar?

Qayd etilgan


Chustiy  25 Mart 2008, 18:37:05

Shu "aqilli"larga qarshi choralar kursa bulmasmikan a? Har tomongayam foyda bulardi.

Qayd etilgan


Fatima  16 Aprel 2008, 19:22:34

Assalomu alaykum
Hamma joyda to`rtta fan bo`ldi degan gap anchagina oldin chiqqandi. Lekin kecha bizni o`qituvchimiz yana uchta fan joyiga qaytganini aytib qoldila. Qaysi gapga ishonishga ham bilmay qoldik...?!

Qayd etilgan


Robiya  17 May 2008, 14:41:43

Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  21 May 2008, 18:19:03

Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.

Bu gaplarga ishonish uchun faqat Robiyaning gaplari kamlik qilsa, unda men ham ularga qo'shilaman.

Ya'ni abiturientlar o'ziga ishonsa va bilimlarni puxta egallasa har qanday, yana aytaman har qanday o'qishga kira oladi.

Qayd etilgan


saraton07  26 May 2008, 23:42:27

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
O'qishga avvalambor  chin dildan Ollohdan tilab,faqat o'qish, kuchli tayyorgarlik, ishonch bilan,bismillahir rohmanir rohiym deb kirish kerak, azizlar.
 Ko'chadagi kirolmagan  yoki  pul bilan kirgan,kontraktda o'qiydigan ayrim talabalarning gaplariga ishonmangiz.
Qaytaraman,faqat Ollohdan tilab, qattiq tayyorlaninglar, uyquni kamroq qilib.
Sport bilan har kuni shug'ullanib turish, 2 mahaldan, ertalab kechqurun, esizdan chiqmasin. Bu  miyani yaxshi  dam olib, qon  bilan miyani ta'minlab turishga eng oliy usul.
Erinmang,bo'lmasa  yomon bo'ladi o'zizga.
Ana shunaqa, ukalar, singillar.

Qayd etilgan


Robiya  03 Iyun 2008, 03:23:55

Assalamu alaykum!

Rasulullohning hadisi shariflarida:

"œHar kim saharda yetti bora va oqshomda yetti bora bu duoni o’qisa, dunyo va oxiratiga bog’liq barcha ishlarida Alloh unga madad beradi", deb aytganlar.

"œHasbiyallohu la ilaha illa huva alayhi tavakkaltu va huva Robbul arshil-aziym"


 Men o'qishga kirmasimdan oldin mana shu duoni o'qigandim. ALLOH inoyati ila "byudjet"ga o'qishga kirishga muvaffaq bo'ldim. Boshqa barcha abituriyentlar, sizlr ham ixlos bilan ushbu duoni o'qisangiz, olgan bilimlaringiz samarali bo'lib, natijada universitet, institut, oliy o'quv yurti talabasi bo'lish sharafiga musharraf bo'lasizlar, InshoALLOH!

Qayd etilgan