Muallif Mavzu: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?  ( 38281 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Fatima

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 498
  • -oldi: 149
  • Xabarlar: 790
  • Jins: Ayol
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #15 : 16 Aprel 2008, 19:22:34 »
Assalomu alaykum
Hamma joyda to`rtta fan bo`ldi degan gap anchagina oldin chiqqandi. Lekin kecha bizni o`qituvchimiz yana uchta fan joyiga qaytganini aytib qoldila. Qaysi gapga ishonishga ham bilmay qoldik...?!

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #16 : 17 May 2008, 14:41:43 »
Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Y_U_R_I_S_T

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1285
  • -oldi: 1505
  • Xabarlar: 3162
  • Jins: Erkak
  • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
    • ZAKOVAT INTELLEKTUAL KLUBI
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #17 : 21 May 2008, 18:19:03 »
Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.

Bu gaplarga ishonish uchun faqat Robiyaning gaplari kamlik qilsa, unda men ham ularga qo'shilaman.

Ya'ni abiturientlar o'ziga ishonsa va bilimlarni puxta egallasa har qanday, yana aytaman har qanday o'qishga kira oladi.
Xushnudbek taqdim etadi:
Hamma mavzu haqida blog - asosan huquqshunoslik haqida
http://xushnudbek.blogspot.com/

saraton07

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 175
  • Jins: Erkak
  • Ollohim,hech kimni ayirma muhabbatingdan!
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #18 : 26 May 2008, 23:42:27 »
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
O'qishga avvalambor  chin dildan Ollohdan tilab,faqat o'qish, kuchli tayyorgarlik, ishonch bilan,bismillahir rohmanir rohiym deb kirish kerak, azizlar.
 Ko'chadagi kirolmagan  yoki  pul bilan kirgan,kontraktda o'qiydigan ayrim talabalarning gaplariga ishonmangiz.
Qaytaraman,faqat Ollohdan tilab, qattiq tayyorlaninglar, uyquni kamroq qilib.
Sport bilan har kuni shug'ullanib turish, 2 mahaldan, ertalab kechqurun, esizdan chiqmasin. Bu  miyani yaxshi  dam olib, qon  bilan miyani ta'minlab turishga eng oliy usul.
Erinmang,bo'lmasa  yomon bo'ladi o'zizga.
Ana shunaqa, ukalar, singillar.
Qalbingiz  Ollohga  itoat  etsin.
Ollohnig  sevgisi barchaga   yetsin.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #19 : 03 Iyun 2008, 03:23:55 »
Assalamu alaykum!

Rasulullohning hadisi shariflarida:

“Har kim saharda yetti bora va oqshomda yetti bora bu duoni o’qisa, dunyo va oxiratiga bog’liq barcha ishlarida Alloh unga madad beradi”, deb aytganlar.

“Hasbiyallohu la ilaha illa huva alayhi tavakkaltu va huva Robbul arshil-aziym”


 Men o'qishga kirmasimdan oldin mana shu duoni o'qigandim. ALLOH inoyati ila "byudjet"ga o'qishga kirishga muvaffaq bo'ldim. Boshqa barcha abituriyentlar, sizlr ham ixlos bilan ushbu duoni o'qisangiz, olgan bilimlaringiz samarali bo'lib, natijada universitet, institut, oliy o'quv yurti talabasi bo'lish sharafiga musharraf bo'lasizlar, InshoALLOH!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

saraton07

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 10
  • Xabarlar: 175
  • Jins: Erkak
  • Ollohim,hech kimni ayirma muhabbatingdan!
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #20 : 03 Iyun 2008, 23:23:40 »
Vallohu Olam, haq gap.Faqat chin dildan, shun chaki emas, chin dildan bo'lishi lozim bu  tilovat.Yo'qsa, amal qilmaydi.Olloh bandasini hech qachon aldamaydi,aldamagan.
Qalbingiz  Ollohga  itoat  etsin.
Ollohnig  sevgisi barchaga   yetsin.

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #21 : 04 Iyun 2008, 08:10:06 »
Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.

Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi? Bu hozir ayniqsa avj olgan savollardan, bilasizlarmi, men ham abituriyent bo'lgan paytlarimda qattiq o'qiganman. Faqatgina qattiq o'qish, tayyorgarliklar orqali o'qishga kirish mumkin deb bilganman. Boshqalar fikri umuman qiziqtirmas edi (o'qish hammasi "pul deganga o'xshagan gaplar. Abituriyentlarga maslahatim, faqat o'zingizga va olgan bilimingizga ishoning.

Bu gaplarga ishonish uchun faqat Robiyaning gaplari kamlik qilsa, unda men ham ularga qo'shilaman.

Ya'ni abiturientlar o'ziga ishonsa va bilimlarni puxta egallasa har qanday, yana aytaman har qanday o'qishga kira oladi.

Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu Xonimlar va Janoblar.
O'qishga avvalambor  chin dildan Ollohdan tilab,faqat o'qish, kuchli tayyorgarlik, ishonch bilan,bismillahir rohmanir rohiym deb kirish kerak, azizlar.
 Ko'chadagi kirolmagan  yoki  pul bilan kirgan,kontraktda o'qiydigan ayrim talabalarning gaplariga ishonmangiz.
Qaytaraman,faqat Ollohdan tilab, qattiq tayyorlaninglar, uyquni kamroq qilib.
Sport bilan har kuni shug'ullanib turish, 2 mahaldan, ertalab kechqurun, esizdan chiqmasin. Bu  miyani yaxshi  dam olib, qon  bilan miyani ta'minlab turishga eng oliy usul.
Erinmang,bo'lmasa  yomon bo'ladi o'zizga.
Ana shunaqa, ukalar, singillar.

Yuqoridagi fikrlarga qo'shilaman. Juda tirishib tayyorlanmaganman-u, lekin o'z bilimim bilan o'qishga kirganman. Allohdan so'rab, yaxshi harakar qilinsa, albatta maqsadga erishish mumkin.
"3. ... Ким Аллоҳга таваккул қилса, бас, (Аллоҳнинг) Ўзи унга етарлидир. Албатта Аллоҳ Ўзи (хоҳлаган) ишига етгувчидир. (Унинг хоҳишига қарши тургувчи кимса йўқдир)". "Taloq" surasi, 3-oyat. Tarjima muallifi Alouddin Mansur.   
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

zuzu

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 7
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 48
  • Jins: Ayol
  • Insonning yagona do'sti Alloh!!!!!
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #22 : 05 Iyun 2008, 21:33:05 »
Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar!"Qanday qilib o'qishga kirsa bo'ladi?" bu ayniqsa hozirgi kunning yoshlari orasidagi eng dolzarb muammo va savol desak ham bo'ladi.Bu savolga oddiy qilib javob berish mumkin.Har kim o'z iste'dod darajasidagi yani o'zining kuchi yetadigan(tishi o'tadigan) biror bir bilim dargohini tanlab shunga chin dildan Allohdan tilab tayyorgarlik ko'rsa albatta u o'qishga kiradi.Alloh har bir mo'min bandasiga so'raganini berguvchidir.
Rabbimiz Alloh,
Dinimiz Islom,
Qiblamiz Ka'ba,
Kitobimiz Qur'on,
Qarzimiz Namoz,
Farzimiz Zakot,
Oorzumiz Haj bo'lsin.

Odila

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 33
  • Jins: Ayol
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #23 : 06 Iyun 2008, 13:51:26 »
Assalomu aleykum!
Allohning o'zi to'g'ri yo'lda yurgan insonlarga madad bo'ladi. Shu sabab faqat va faqat ilm orqali o'qishga kirishga harakat qilinglar. Shundagina, ilmning, talaba bo'lishning qadri bilinadi. Inson bir mushkulini qing'ir yo'l bilan yengil qilsa,   shunga o'rganib qoladi. 

Imron

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 23
  • -oldi: 69
  • Xabarlar: 99
  • Jins: Erkak
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #24 : 06 Iyun 2008, 14:42:37 »
Мен 3 йил давомида имтиҳонлардан йиқилганман. Охирги муваффақиятсизликдан кейин тайёрланишни ҳам йиғиштириб қўйганман. Учинчи йили ниҳоят, олийгоҳга грант асосида кирганман. Тайёргарлигим яхши эмас эди, бунинг устига 3 йил давомида олинган бор билимлар ҳам, унутилиб тарқоқ ҳолга келиб қолган эди. Лекин, Аллоҳга таваккул қилдим! Кирдим ҳам. Ўшандан бери Ñžқишга порасиз, ўз кучи билан кириб бўлмайди, дейдиганлар билан тортишиб юраман. Бизнинг гуруҳда ҳеч ким Ñžқишга қандай қилиб кирганини бировдан яшириб ўтирмас эди. Мақтаниш бўлмасинку, лекин мен университетга ўз кучим билан кирганимдан фахрланиб юрар эдим. Чунки, бюджет асосида Ñžқишга ўз кучи билан кирганлар саноқли эди.

Одам ёши улғайган сари ҳаётий орзулари ҳам "улғайиб" борар экан. Бир вақтлар ўша олийгоҳга кириш орзуим эди. Мана кирдик, Ñžқидик, битирдик ҳам.. Магистратурага яхши таклифлар бўлди, унамадим.. Бизнинг институтларда кўп Ñžқишдан фойда йўқ. Чунки, 4 йил давомида домлалардан олинадиган билимни олиб бўласиз. Қўшимча икки йиллик Ñžқиш давомида камдан-кам ўсиш бўлади..

Олийгоҳларга Ñžқишга кирмоқчи бўлган укаларим, сингилларимга маслаҳатим, ҳар қанча билимларингиз мустаҳкам бўлса-да, асло уларга ишониб қолманг. Ҳаммаси Аллоҳдан эканлигини ҳар дақиқада ҳис қилиб туринг. Бу гап билими кучсизларга ҳам тегишли. Ота-онангиз қийинчиликлар туфайли Ñžқишга ёрдам қила олмаётганларидан асло кўнглингиз ўксимасин. Сиздан давлатманд оилаларнинг фарзандлари, ёки билими кучли тенгдошларингиз шаштингизни чўктириб қўймасин! Албатта, Аллоҳ ўзи ҳоҳлаган кишига ёрдам беради. Дуоларингизни-да холис қилинг. "Эй, Аллоҳим, Ñžқишга кирсам, беш вақÑ‚ намоз Ñžқишни бошлайман, қабул қилинсам, албатта ҳижобга кираман" деган ваъдаларни берманг. Аввало, Аллоҳ бу амалларимизга муҳтож эмас, нима қилсак ўзимиз учундир. Қолаверса, бу амалларни бажариш учун Аллоҳга "шарт" қўйишдан қўрқинг. Аллоҳнинг фарзларини адо этишни бошлаш учун бирор воқеа юз бериши талаб қилинмайди. 5 вақÑ‚ намоз, сатри аврат ва бошқалар ўзини мусулмонман деган ҳар қандай инсон учун бурчдир.

Энг асосийси, қалбларингизда Тавҳидни маҳкам тутинглар!
Ассаламу алайкум

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #25 : 21 Iyun 2008, 05:23:22 »
ABITURIYENT LO‘TTIBOZGA ALDANDIMI?



  Bekatda avtobus kutib o‘tirgan edim. Yonimdagi ikki yigitning suhbati beixtiyor qulog‘imga chalindi:
— Mana shu “shpargalka”larni deb, — dedi ulardan biri bekatning bir chetiga yopishtirib qo‘yilgan e’longa ishora qilib, — o‘tgan yili o‘qishdan yiqildim. Birortasi ham to‘g‘ri chiqmadi. Menga ularni sotgan kishiga qaytib telefon qilsam, raqami o‘zgaribdi. Nailoj, o‘qishga ham, pulimga ham kuyib qolaverdim...
Ayni kunlarda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari oldidan hujjat qabul qilish jarayoni boshlangan. Shu bois, qalbaki “shpora”larni tayyorlab, mo‘maygina pul orttirayotgan “ishbilarmonlar” ham taraddudga tushib qolishdi. Aslida, ularning qilmishlarini qancha qoralasak, shuncha kam. Noqonuniy faoliyat ortidan harom luqma topish, buning ustiga, navnihol yoshlarni yo‘ldan urishning jazosi ham, gunohi ham katta, albatta. Biroq bunday lo‘ttibozlar “bozorini chaqqon qilayotganlar” kimlar? Ishonuvchan, o‘z bilimi mustahkamligiga ko‘zi yetmagan abiturientlar emasmi? Boz ustiga, “shpargalka”lar uchun mablag‘ berayotgan ota-onalar bu holdan bexabarmi? Vaholanki, har yili biror yaqin kishimiz yoki tanishimizning “shpora”ga ishonib chuv tushib qolgani yoxud uning hech qanday naf bermagani, aksincha, behuda vaqt, ortiqcha pul sarflaganini aytib afsuslanganiga guvoh bo‘lganmiz yoxud bu haqda eshitganmiz. Xo‘sh, bu “shpora”larni sotib olishga bizni kim yoki nima majbur qilyapti?
Albatta, oliy o‘quv dargohlariga kirish imtihonlari yoshlarning kelgusi hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu imtihonlardan o‘ta olmay, boshi egik holda uyiga qaytib ketishni esa hech kim xohlamaydi. Shunday ekan, o‘zimizga bog‘liq bo‘lgan oddiy qoidalar (balki ehtiyot choralari)ga rioya qilaylik. Ikki-uch yil test sinovlaridan yiqilib, “suyagi qotgan” abiturientlar bu sohada ma’lum darajada sergakroq bo‘lishadi. Demak, birinchi yil hujjat topshirayotgan yoshlarga bu borada berilayotgan tushuncha va ko‘nikmalar yetarli bo‘lmayapti, nazarimda.
Ayrimlar bir dasta “shpargalka”ni qandaydir yo‘llar bilan imtihonga olib kirib (undagi javoblarni yuz foizga to‘g‘ri va ishonchli, deb faraz qilgan taqdirimizda ham), mayda yozuvlar ichidan o‘ziga keraklisini topib olgunicha ancha vaqtini yo‘qotadi. Bundan tashqari, hadeganda to‘g‘ri javobni topavermagach, asabiylashib, shu paytga qadar o‘zlashtirgan bilimi ham yodidan ko‘tarilishi mumkin.
“Shpargalka”larni pullayotgan qalloblar esa abiturientga qay payt murojaat qilish kerakligini yaxshi bilishadi. Test sinovlariga kirib ketayotgan yigit-qizning xayolida qanday bo‘lmasin, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish va o‘qishga kirish istagi bo‘lishi tabiiy. Shunday paytda uning yo‘lini to‘sib: “Eng oxirgi variant — bugun tongda chiqqan. “Garantiyasi” bor... Atigi yuz dollar!” deya pichirlabgina aytilgan so‘zlar ba’zi abiturientlarni chalg‘itishi tabiiy.
Ha, qalbaki javoblarni pullab, yana kimlarnidir talaba bo‘lish baxtidan mosuvo qilayotganlar ham yo‘q emas. Afsuski, ular ham oramizdagi odamlar. Yaqinda bir teleko‘rsatuvdagi bahs-munozaraga ko‘zim tushib qoldi. Munozara ishtirokchilarining fikricha, aldagan emas, aldanib qolganning aybi ko‘proq bo‘lar ekan. Shu nuqtai nazardan aytadigan gapimiz shunday: talaba bo‘lish uchun nafaqat o‘qish-o‘rganish, balki biroz sergakroq, mulohazaliroq bo‘lish ham lozim. Aks holda... so‘nggi pushaymon o‘zimizga dushman bo‘ladi.  Hamza  Abdullayev  Manba
 
« So'nggi tahrir: 21 Iyun 2008, 05:28:52 muallifi Robiya »
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #26 : 30 Iyul 2008, 17:18:57 »
Assalomu alaykum!

InshoALLOH, Alloh madadi ila abituriyentlar uchun o'tilayotgan barcha darslarimizni tugatdik. Bu darslar Sizlarga oz bo'lsa-da yordam bergan bo'lsa, boshimiz tog' qadar yetadi.

  Barcha abituriyentlarga yaqinlashib kelayotgan kirish imtihonlarida omad tilaymiz. Alloh barchangizga madadkor bo'lsin.

PS.: shu o'rinda ikki ajoyib singillarim Fatima hamda NafisaBonularga alohida omad tilayman.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #27 : 30 Iyul 2008, 23:24:43 »
Yana roppa-rosa 32 soatdan keyin boshlanadigan test sinovlarida barcha abituriyentlarga Allohning madadini, xotirjamligini tilayman. Barchalari dinga, millatga xizmat qilajak shaxslar bo'lib yetishishsin.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #28 : 03 Mart 2009, 20:49:21 »
"УНИВЕРСИТЕТГА КИРМАЙ ОЛИМ БЎЛИШ МУМКИНМИ?"

Аввало шуни эслатиб ўтиш ўринлики, биз бу саволни ўртага ташлаш билан қадимдан етук олимларни етишиб чиқишига сабаб бўлган, ҳозирда ҳам таҳсинга лойиқ иш-фаолият олиб бораётган, дин ва дунё равнақи йўлида катта ҳисса қўшаётган, улуғ илмий даргоҳлар – университет, дорилфунун, жомеъалар қадрига тил теккизмоқчи эмасмиз. Улар олиб бораётган юксак, оламшумул ишларга шубҳа билдирмаймиз. Бу каби Ñžқув муассасаларининг инсониятга хизмати инкор қилиб бўлмас даражада улкан. Маорифга, илм-фанга жиддий эътибор қаратаётган давлатларнинг тараққиёт шоҳсупасини эгаллаб, қўлдан бермаётганлари ҳаммага маълум. (Маънавият, ахлоқ-одоб, қадрият, ҳидоят, соғлом эътиқод борасида таназзулга учраганларини ҳам алоҳида таъкидлаш ўринли). Лекин ҳаммамизга шу ҳам маълумки, бу илмий даргоҳлар (хоҳ диний ва хоҳ дунёвий бўлсин) Ñžқиш талабгорларининг барчасини ўз бағрига сиғдира олмайди. Талабгор кўп, жой кам. Иймон ҳукмронлиги сиқиб чиқарилган давлатларда поранинг ривожланиши ва кўп жойларда илдиз отиб, оммавийлашаётган "таниш-билиш" системасининг қўлланилиши иқтидорли талабалар орзуси йўлида Ñ‚Ñžғаноқ бўлмоқда. ÐŽқишга лаёқатли йигитлар илм даргоҳларидан четлатилиб, Ñžқишга ҳуши йўқ, мансаб ва обрў талабгорларига кенг қулоч очилмоқда. Илм масканининг саноқли ўринлари чинакам эгаларидан башқаларга берилмоқда.
Хўш, бирон сабабга кўра Ñžқишга қабул бўлмаган йигит нима қилиши керак? Иқтидорини тириклайин дафн этсинми? Илм таҳсили учун энг қулай давр – йигитликни ўйин-кулги ёки қора меҳнат ичида хароб қилсинми?
Яна ўша савол "университетга кирмай олим бўлиш мумкинми?" "Ҳа, мумкин", десак бу жўн жавобга ҳамма ҳам дарҳол қаноат ҳосил қилмайди. "Мумкин, жуда ҳам мумкин, мумкин бўлганда қандоқ" десак олам гулистон, лекин биз тарихга ва воқе ҳаётга таяниб айтган бу жавобимиз ҳаммани ҳам бирдай қониқтирмайди. Шунинг учун "диплом" "университет" деган тушунчалар пайдо бўлмасдан олдинги замонга қисқа назар ташлайлик.

ЙИҒЛАТАДИГАН ЎТМИШ...

Ўша даврларда жамиятдаги барча қатламлар ва барча ёшдагилар учун илм йўли очиқ бўлган. Мамлакат раҳбари ва давлат арбобларидан тортиб оддий фуқарогача илм олиш, илмни ўстириш ҳуқуқига эга бўлган. Сармоядорлар, чорвадорлар, деҳқонлар, боғбонлар, заминдорлар, косиб-ҳунармандлар, ҳатто қуллар ва чўри қизлар учун илм йўли кенг очиқ бўлган. Киши бир вақтнинг ўзида ҳам давлат арбоби, ҳам олим бўлган. Умар ибн Абдулазиз бир вақтнинг ўзида халифа ва етук олим бўлган. Маъмун муҳаддислар даврасида ўтириб толибларнинг "устоз Аллоҳ рози бўлсин, қайта айтинг, ёзолмай қолдим" дейишларини энг лаззати онлар деб билган. Шунингдек, киши бир вақтнинг ўзида катта сармоядор ва катта олим бўлиши мумкин. Бунга яққол мисол мазҳаб боши, куфалик Абу Ҳанифа раҳматуллоҳи алайҳдир. Имом Аъзам таълим ва тарбия билан шуғулланиш баробарида катта тижоратни ҳам ÑŽÑ€ғизганлар. Ўзларининг ҳисобларидан иқтидорли, муҳтож талабаларга маош тайинлаганлар.
Лайс ибн Саъд мисрлик фақиҳ ва муҳаддис олимлардан. Имом Шофиий имом Молик қўлида (Мадинада) таълим олиб бўлганларидан кейин Мисрга Лайс ёнига шошадилар. Мисрга етганларида одамлар эндигина Лайсни дафн қилиб қайтаётган эканлар. Муҳаммад ибн Идрис аш-Шофиий Лайс қабри пойида туриб: "гувоҳлик бераманки, албатта сен Молик ибн Анасдан фақиҳроқсан" деган эканлар.
Худди ана шу олим катта тижорат соҳиби бўлган. Ҳикоя қилишларича Миср қишлоқларининг бирида бир камбағал аёлнинг Ñžғли касал бўлиб қолади. Табиб асал ичишни тавсия қилади. "Асалга қайга борсам экан?" деб ўйланиб турган аёлга қўшниси йўл кўрсатиб "Лайс ибн Саъдга боринг" дейди. Аёл кичик идишни кўтариб Лайсдан асал сўрайди. Лайс ходимларига қарата:
– Фалон, фалон ратл (кўп миқдорни айтади) асал беринглар,-дейди.
– У аёл ўзига яраша сўраяпти,- дейди ходимлар.
– Биз ўзимизга яраша берамиз,- дейди олим.

ЎЗИМИЗНИНГ ТОМОНЛАРДА...

Навбатдаги мисол ўз диёрларимиздан. Мисолларни турли маконлардан танлашимизнинг сабаби, Ислом ҳамма ерда бир хил мева беришини зийрак Ñžқигувчига эслатишдир. Сўзламоқчи бўлганимиз улуғ муҳаддис олим ва катта сармоядор тожир Абдуллоҳ ибн Муборакдир. Фойдадан холи бўлмагани учун ҳамюртимиз Абдуллоҳ ибн Муборакнинг ибратомуз ҳаётларидан қисқа лавҳаларни бир оз кўпроқ келтирмоқчимиз. Диёримиздан чиққан бу улуғ олим, саховат билан донг таратган, тарихда яхши ном қолдирган, қўли очиқ катта сармоядор инсон ҳаётида толиб илмлар, олимлар ва барча мусулмонлар учун катта ибратлар бор.
Абдуллоҳ ибн Муборак етук муҳаддис олим ва катта сармоядор бўлганлар. Зоҳид олимлардан Фузайл ибн Иёз Абдуллоҳ ибн Муборак олиб келган, кети кўринмайдиган тижорий карвонни кўриб "Абдуллоҳ, ўзингиз зуҳду тақво ҳақида китоб битасизу, карвонингизнинг кети кўринмайди-я?" дебдилар.
"Йўқчиликдан бировга қўл чўзиш оридан сақланиш учун, юзимнинг сувини, ор-номусимни сақлаш учун, Роббимнинг ибодатини тўлиқ адо этишга кўмаги тегади, деб тижорат қиламан"- деган эканлар.
"Абдуллоҳ ибн Муборак Марв шаҳридан. Оналари Хоразмдан, оталари турклардан," деб таништирадилар имом Заҳабий.
Аҳмад ибн Ҳанбал дейдилар: "Ибн Муборак бир юз ўн саккизинчи йилда туғулган."
Абдуллоҳ ибн Муборак дейди: "Абу Ҳанифа дадамга қарата "болангнинг онаси омонатни қандай олган бўлса, шундай топширибди," дедилар. Мен дадамга жуда ўхшаб кетар эканман."
Заҳабий дейди: "Ибн Муборак илм талабида Ҳарамайн – Макка ва Мадинага, Шомга, (Сурия, Урдун, Фаластин диёрлари Шом дейилган) Мисрга, Ироққа ва Жазирага сафар қилган. Кўп шаҳарларда ҳадис айтган. Ривоят қилган ҳадислари ҳужжатлигига иттифоқ қилинган."
Аббос ибн Мусъаб дейди: "Ибн Муборак ҳадис илмини, фиқҳни, араб тили ва адабиётини, тарихни, шунингдек шижоат, тижорат ва саховатни жамлаган олимдир. У бу каби олийжаноб хислатлари билан кўпларнинг муҳаббатини қозонди."
Абу Усома дейди: "Ибн Муборак муҳаддислар орасида гўё одамлар орасидаги амирдек эди."
Ашъас ибн Шўъба ҳикоя қилади: "Ҳорун ар-Рашид Раққа шаҳрига келди. Айни шу куни Абдуллоҳ ибн Муборак ҳам Раққага келган эдилар. Ибн Муборак келганидан дарак топган халоиқ кўчаларга чиқишади. Олим кетидан эргашишади. Кўчалар одамга тўлиб кетади. Чанг-тўзон кўтарилади. Кўчадаги шов-шув қаср тинчини бузади. Халифанинг хотини қаср деразасидан ташқарига боқиб:
– Тинчликми, бу не ғавғо, оламон қаёққа кетур? – дейди.
– Тинчлик, Хуросондан бир олим келибди, одамлар унинг истиқболига шошмоқда.
– Ҳаа, Ҳорун ар-Рашиднинг мулки эмас, мана бунинг мулки ҳақиқий мулк экан. Халифа Ҳорун бу қадар халоиқни жамлаш учун озмунча миршабни ишга солгайми?!"
Хатиб Бағдодий дейди: "Ибн Муборак Бағдоддан Миссийса томонга чиқди. Йўлда унга бир неча киши ҳамроҳ бўлди. Абдуллоҳ уларга ёрдам бермоқчи бўлдилар,лекин ҳамроҳлар жуда тортинчоқ, уятчан кишилар экан. Олим буни пайқаб: "Йўл харажатларини ўртада қилсак?" дедилар. Фикр ҳаммага маъқул келди. Ҳамёнлар бир жойга жамланди. Кимдир 20 дирҳам (кумуш танга), кимдир 20 динор ( тилло танга) қўйди. Сафар давомида Абдуллоҳ сарф харажатларни қилиб бордилар. Шаҳарга етиб келингач: "ҳар ким ўз ҳамёнини олсин" дедилар. Ҳамроҳлар ҳамёнларини олиб ҳайратда қолдилар.
– Мен 20 дирҳам қўйиб эдим, буниси ортиқча.
– Мен 20 динор қўйиб эдим, буниси ортиқча.
– Ажабо, Аллоҳнинг барака беришини инкор этасизларми? – дедилар олим.
Заҳабий дейдилар: "Абдуллоҳ ибн Муборак марвликлар билан ҳажга келаётиб, "ҳаммаларинг ҳамёнингизга исмингизни ёзиб мана бу сандиққа солинглар," дедилар. Ҳамёнлар йиғилиб сандиққа солинди. Марвдан чиқиб Бағдодга етиб келишди. Йўл давомида Абдуллоҳ уларга мазали, тансиқ таомлар, болдан тотли ширинликлар, хилма хил мевалар ҳарид қилиб бордилар. Шу зайлда Мадинага етиб келишди. Мадинада Росулуллоҳ r масжидларида намоз Ñžқиб, зиёратни адо қилишгач "аҳли аёлларингиз Мадинадан нималар олишни тайинлаган бўлса барини олинглар," дедилар. Ҳожилар керакли совғаларни ҳарид қилиб Маккага йўл олишди. Маккага етиб келишганда ҳам айни шу ҳол такрорланди. "Аҳли аёлларинг Маккадан олишни тайинлаган матоларни олинглар. "Ҳаж ҳам ниҳоясига етди. Марвлик ҳожилар қандай иззат-икромда келган бўлсалар, шундай иззат-икром ва ҳурматда ўз уйларига қайтдилар. Уч кундан сўнг Абдуллоҳ ибн Муборак ҳожиларни уйларига меҳмонга таклиф қилдилар. Бир оздан кейин меҳмонхонага ҳожиларга таниш сандиқ олиб кирилди. Мезбон сандиқни очиб "марҳамат қилиб ҳамёнларигизни олсаларинг" дедилар. Ҳамёнлар ҳаждан олдин қандай қўйилган бўлса шундоғича турарди."
Қадимда ҳожиларга хизмат кўрсатиш олий шараф ҳисобланган. Ҳатто жоҳилиятда ҳам ҳожиларга хизмат қилишга шошилишарди. Ислом келгач бу иҳтиром янада ортди. Салафи солиҳлар ҳажга эҳром боғлашдан олдин шошилганча ҳамроҳларининг қўлидан тутиб "қасам Аллоҳгаким, ҳаж тугагунча озуқ-овқат мендан," дердилар. Яна бирлари "қасам Аллоҳгаким, турар жой мендан" деса, учинчиси "барака топкурлар, йўл кироси мендан", деб эзгу ишларда мусобақа қилар эдилар. Фақатгина ҳаж савоби билан эмас, балки Аллоҳнинг меҳмонларига хизмат кўрсатиш савобига ҳам ноил бўлиб кетардилар. Ҳозир эса... Аллоҳнинг ўзи кечирсин... Ҳожини талаш, ҳожини алдаш, Байтуллоҳ деб йўлга чиққан Раҳмон меҳмонини ранжитиш, қинғир йўллар билан уни тунаш, нарх-навони кўтариш, гоҳ бегонадан, гоҳ ўзникидан келажак фирибгарлик, моддий ёки маънавий ёрдамга мухтож ҳожининиг аҳволини кўра била туриб беёрдам ташлаб кетиш, хийла найранглар оддий ҳолга айланган. Билмадим, Буюк Султонимиз ўз меҳмонларига ҳийла ишлатганларга қандай жазо ҳозирлаган экан?!
Фузайл ибн Иёз дейди: "Ибн Муборак ҳар йили фақирларга юз минг дирҳам инфоқ қилар эди.( Икки юз дирҳамга эга бўлган кишига закот вожиб бўлади.)
Ҳиббон ибн Мусо дейди: "Абдуллоҳ ибн Муборакнинг ҳаддан ортиқ садақа қилишини қоралашди. Айниқса ўзининг шаҳридан бошқа шаҳарлардаги аҳли илмларга моддий ёрдам беришини танқид остига олишди. "Мен шундайин садоқатли, фазилатли аҳли илмларни биламанки, улар ҳаётларини илмга бағишлашган. Биз уларни ўз ҳолларига қўйсак илм (бозорларда) зое бўлади. Агар уларга кўмаклашсак Муҳаммад алайҳиссалом уммати ичида илм тарқалади. Пайғамбарликдан кейин энг афзал иш илм тарқатишдир", дедилар.
Муҳаммад ибн Исо дейди: "Ибн Муборк Тарсусга кўп келиб турардилар, йўлда Раққага тушиб ўтардилар. Раққада ёшроқ бир йигит ибн Муборак ҳузурларига келиб ҳадис эшитарди, олим хизматларини қиларди. Бу гал келганларида йигитни кўрмадилар. У ҳақида сўраб суриштирдилар. (Росулуллоҳ r одати шарифаларидан бири бир неча кун кўрмай қолган асҳобларини суриштириб қолар эдилар.) Абдуллоҳга йигитнинг маҳбуслигини айтишди.
– Нега ҳибсга олишди?
– Ўн минг дирҳам қарзини тўлай олмаганлиги учун.
– Қарзни кимдан олган экан?
– Фалончидан.
– У кишининг уйини кўрсата оласизми?
– Бажонидил.
Абдуллоҳ ибн Муборак барча муҳим ишларини ташлаб, йигитга қарз берган кишининг уйига шошиб бордилар. Ўн минг дирҳамни унинг қўлига бериб "йигит шу бугун ҳибсдан бўшатилмоғи даркор, уқдингми?" дедилар. Пул берганларини сир тутмоғини қаттиқ талаб қилиб "қарзни мен тўлаганимни ҳеч кимга айтмаслигингга қасам ич. Мен вафот этганимдан сўнг айтсанг айтавер, " дедилар.
Йигит ўша куниёқ ҳибсдан озод қилинди. Буни эшитиб Абдуллоҳ қувониб кетдилар. Бир неча кундан кейин йигит билан кўришиб қолдилар.
– Омонмисиз, дарагингиз йўқ?
– Ҳазрат, қарз боис ҳибсда эдим
– Ҳибсдан қандай озод бўлдинигиз?
– Кимдир қарзимни тўлаб, мени қамоқдан чиқариб олди.
– Кимлигини билдингизми ?
– Билолмадим тақсир, ўзини махфий тутур
– Алҳамду лиллоҳ.
Абдуллоҳ ибн Муборак йигитнинг кечаги гапдан бехабарлигидан мамнун бўлдилар. Ибн Муборак оламдан ўтганларидан кейин йигит қарзни ким узганлигини билиб, ҳақларига узоқ дуо қилди.
Шу инсон бошқа кўплаб бойлар қатори топган бойлигига айш-ишрат сурса бўлмасмиди? Кўкка туташ баланд бинолар қуриб, нақшинкор уйлар ичида роҳатланса бўлмасмиди? Замонавий, энг охирги типдаги фавворалардан (фонтан) қурдириб, фаввора салқинида сурункасиз кайфу сафо сурса бўлмасмиди? Бу каби саволлар замондошимиз фикрини чўлғайди. Ҳа, бўлар эди, деб жавоб берилади ҳаётнинг ҳаммасини айшгоҳга айлантиришни истовчи замондошимизга. Топган мол мулкини тупроққа чаплаб Фиръавн ва Ҳомонникидан қолишмайдиган ҳашаматли бинолар, керагидан ортиқ ичкарима-ичкари хоналар, ўйноқи, раққоса фавворалар қурдиришга имконияти бор эди. Лекин у кишига мол топиш учун берилган заковат, молни ишлата билишга ҳам берилган эканким, пешона териси билан топган молларини фақатгина фойдали ўринга сарфладилар. Топган моли билан ҳам дунёсини, ҳам охиратини обод қилишга уриндилар. Бугун қаср деб қуражак биноси, эртага эскириб товуқкатакка айланишини англаб етдилар.
Моддий тизимдан таъсирланиб "закотини чиқариб қўйса бўлдида, қолгани ўзининг ихтиёрида, нима қилса ўз хоҳиши , уй қурадими, қаср қурадими, у кишининг шахсий иши", деб хом ўйлаб дабдабали ҳаётга берилган замондош мўминни ибн Муборак тутими унчалик қониқтирмайди, начора. Ҳақиқатни қулоғингизгача етказиш бизнинг вазифа, қулоғингизга етган ҳақиқатни ақлингизга ва иймонингизга етказиш сизнинг вазифангиз, эшитиб, билганларингизга амал қилиш эса иймонингиз вазифаси. Иймон бут, соғлом бўлса, эгасини яхшилкка ундайди, иймон ночор, хаста бўлса турли баҳоналарни истайди.
Пул топишнинг йўлини билган олимимиз, пулни қайга сарфлашни ҳам билиб ўткинчи роҳатларга алданмадилар. Мол дунёларини мол дунё бергувчининг йўлида инфоқ этдилар. Оқибатда дунёда яхши ном қолдирдилар, охиратларини обод қилдилар. Абдуллоҳ ибн Муборак холис нияти, оқилона тадбири билан яхши ном қолдирган бўлса, айшу ишратга берилган, топганини еб ичиб кайфу сафо қилган ўша давр бойларидан ном нишон қолмади. Баъзилар "ишнинг кўзини" билиб пулни яхши топишади, лекин ўша пулни яхши ўринларга ишлатишни билишмайди. (Бу хусусда "Молингни қандай кўпайтиришинг мумкин?" деган сарлавҳа остидаги рисоламизда батафсилроқ баҳс юритамиз, инша Аллоҳ.)
Абдуллоҳ ибн Муборак ҳақида янада кўпроқ маълумот олиш учун Заҳабийнинг سيرأعلام النبلاء номли китобларнинг 8-жилдига ва Хатиб Бағдодийнингتاريخ بغداد номли китобларнинг 10-жилдига мурожаат қилишингиз мумкин.

Демак, киши бир вақтнинг ўзида толиби илм, обид, ишчи, ҳунарманд, давлат арбоби, катта сармоядор ва шунинг билан бирга олим ҳам бўлиши мумкин экан. Шуни қайта такидлаш ўринлики, Ислом дини илмга ундайди. Бу ҳаммага маълум, ойдек равшан, исбот талаб қилинмайдиган ҳақиқатдир. "Дин илмга қарши" дейилган уйдирма гап эса асоссиздир. Беҳаё ва беиймонларнинг одамларни диндан бездириш учун ўйлаб топган бўҳтонидир. У гапга лаққа тушиб ишониш эса, поезд билан кема бир бирига қарама-қарши келиб Ñ‚Ñžқнашиб кетибди, дейилган хабарга лаққа тушишдек гап. Поезд билан поезд Ñ‚Ñžқнашиши мумкин. Кенг осмонда парвоз қилаётган икки учқич бир бири билан Ñ‚Ñžқнашиши мумкин. Аммо поезд билан кеманинг бир бирига қарши келиб Ñ‚Ñžқнашиши асло мумкин эмас. Шунингдек Ислом билан илмнинг бир бирига қарши бўлиши асло мумкин эмас. Ислом манфаатсиз – инсониятга фойдаси тегмайдиган илмга қаршидир.
Бир университетга киролмай Ñžқишни йиғиштириб қўйиш оқилона тадбир эмаслигини англаётганингиз чоғида, сизни шонли тарихимизга саёҳат қилишга чорлаймиз. Шукуҳли тарихимизнинг мавзуимизга оид порлоқ саҳифасини очиб Ñžқишга таклиф қиламиз.

Хайрулла Хамидов
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Qanaqa qilib o`qishga kirsa bo`ladi?
« Javob #29 : 15 Iyul 2009, 14:30:58 »
 :as:

Abituriyentlar orziqib kutgan onlar ham yaqinlashmoqda. Forumdoshlar orasida ham abituriyentlar bormi? Bo'lsa, ovoz beringlar azizlar, tayyorgarliklar qalay ketyapti?
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Skype adresga qanday qilib pul tuwirsa böladi.

Muallif Sayyod91Bo'lim Internet

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 4198
So'nggi javob 24 Iyul 2010, 23:14:43
muallifi hakima
MUSILMON KISHI HAR DOIM SHUKUR QILIB YASHASHI KERAK!!!

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 9865
So'nggi javob 15 May 2007, 15:31:06
muallifi Muhammad Amin
Tasavur qilib ko'ring!

Muallif zuhrahonBo'lim Umumiy

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3169
So'nggi javob 22 Iyul 2011, 07:42:00
muallifi Lu`lu`
Qanaqa muloqot dasturlarini bilasiz?

Muallif irodabduBo'lim Darsxona

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 13500
So'nggi javob 19 Iyun 2010, 07:10:41
muallifi Nоdirbek
Kompyuterni qanday qilib tozalashni maslahat berasizlar?

Muallif AnsoraBo'lim Operatsion tizimlar va komputer qurilmalari

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 4119
So'nggi javob 22 Sentyabr 2011, 13:39:19
muallifi Akbarjоn