Erkaklarni asrang,ayollar!  ( 21015 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Abdumuhaymin  11 Fevral 2010, 22:09:01

O'zi hozirgi zamon erkelari qiltiru bo'sa, semirtirgan yahshimasmi  ;D

Qayd etilgan


Ansora  13 Fevral 2010, 21:27:09

O'zi hozirgi zamon erkelari qiltiru bo'sa, semirtirgan yahshimasmi  ;D

Erkak kishi halolidan topib kelsa bo'lgani, shirin-shirin pishirib semirtimagan O'zbek ayoli yo'q bo'lsa kerak ;D

Qayd etilgan


Abu Muso  11 Avgust 2010, 13:08:31

 :as:

Yaqin kunlarda xasta bo'lib, operatsiya bo'ldim...

Bir necha kun birovning yordamiga muhtoj bo'lib qoldim. Shunda menga

yaqindan yordam berib, yonimdan jilmagan inson - ayolim bo'ldi. O'zim bir

alfozda yotibmanu, o'ylayman: agar aksi bo'lganqa qandoq bo'lardi? Uzoq

o'ylab ko'rgach bildimki, men ayolimning onasini, yoki singlisini, yoki opasinimi

chaqirtirib, xullas nima qilib bo'lsa ham unga sharoit yaratib berar ekanman...

Nega biz erkaklar shunaqa ekanmiz-a? Ayollarimiz buncha mehrni qaerdan

topisharkin? Ayollarimiz Allohning bizga bergan inoyati ekaniga qayta iqror bo'ldim.

Biz unchalik qadrlayolmasakda, erlariga mehribon ayollarimizdan Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  11 Avgust 2010, 15:15:26

:as:

...Ayollarimiz Allohning bizga bergan inoyati ekaniga qayta iqror bo'ldim.

Biz unchalik qadrlayolmasakda, erlariga mehribon ayollarimizdan Alloh rozi bo'lsin!


Nabiy s.a.v: "Dunyo ne'matlarini ichida eng yaxshisi soliha ayol" dedilar.
 
ALLOHim sizga shifo bersin!

Qayd etilgan


Robiya  11 Avgust 2010, 21:18:52

Assalamu alaykum!

Abu Muso aka, aytganlarizdan ilhomlanib, bir she'r yozdim:

Javobsiz mehr..

Erkaklarni asrab jonida,
Har ishiga qiladi sabr.
Go'zalliklar to'la umrida,
Mulki erur javobsiz mehr..

Tunni ulab oppoq tonglarga,
Uyqusiga qiladi qahr.
Umrin berib yor, farzandiga,
Topganlari javobsiz mehr..

Ne sir erur, qanday sinoat,
O'taverar yillar-u davr.
Ayol xursand, kuladi faqat,
Dilda esa javobsiz mehr..

Yer-u osmon ta'zimda mudom,
Til boliga hamd aytar shakar.
So'lsa hamki qalbida bir on,
To'xtamaydi javobsiz mehr..

O'zni emas, o'zgani o'ylab,
Yutaverar bo'lsa ham zahar.
E'tiborga intizor turib,
Tortiq qilar javobsiz mehr..

Taqsim qilib hayot soatin,
Ota-ona, yor, farzandiga.
Shunda ko'rib o'zining baxtin,
Cho'maverar hayrat mehriga...

11/08/2010

Qayd etilgan


Ansora  14 Avgust 2010, 13:23:32

Baxtli oila qurish uchun ayollarga 25 maslahat

Юлдуз Алиева


Onalar uchun, Otalar uchun...
Iyul 16, 2008
Aksariyat hollarda oiladagi katta janjallar kichik muammolardan boshlanadi. Agar ayollar turmush o`rtoqlariga qanday munosabatda bo`lish kerakligini bilsalar, yoxud o`zlari uchun ahamiyatsiz ko`ringan narsalar ular uchun juda muhim ekanligiga e’tibor qaratsalar, bir qancha muammolarga yechim topgan bo`lardilar.
Muhtarama ayollar, quyida eslatmoqchi bo`lgan tavsiyalarimiz oilangizni yanada baxtli qilishga yordam berishiga ishonib qolamiz.

1. Turmush o`rtog`ingiz uyga kelganida "œXush kelibsiz" deb, tabassum ila qarshi oling.

2. Ishdan kelganida unga ko`proq e’tibor bering, kuni qanday o`tganligi haqida so`rang.

3. Muvaffaqiyatga erishganida yoki ishi o`ngidan kelmaganda "œmen" va "œsen" so`zlari o`rniga "œbiz" ni qo`llang. Turmushda "œmenlik"ning "œbizlik"ka aylanishi bir-biringiz uchun yashayotganingizning belgisidir.

4. Qanchalik haq bo`lsangiz ham, tortishishga urinmang. Tortishish er-xotin o`rtasidagi muhabbatni so`ndiradi. Bunday holatda sukut saqlang. Bir oz vaqt o`tgach, xotirjamlik bilan to`g`ri tushuntirsangiz, u sizni albatta tushunadi.

5. Turmush o`rtog`ingizni boshqalar oldida, ayniqsa, yaqinlari oldida pastga urmang. Aksincha, ular oldida unga ko`proq hurmat ko`rsating.

6. Turmush o`rtog`ingizga boshqa erkaklarning yutug`ini gapirib o`tirmang. Bilingki, har kimning o`z yutug`i va kamchiliklari bo`ladi.

7. Yaqinlaringiz turmush o`rtog`ingizga qandaydir yordam ko`rsatgan bo`lsalar, buni aslo uning yuziga solmang, minnat qilmang.

8. Uning ota-onasini, qarindoshlarini hurmat qiling, ularning kamchiliklarini aytib yurmang. Uyingizga taklif qilib, mehmon qiling va duolarini oling.

9. Do`stlari, yaqinlari bilan ko`rishib turishiga to`sqinlik qilmang, hadeb qistovga olib uni siqmang.

10. Turmush o`rtog`ingiz va uning oila a’zolariga qilgan xizmatingizni aytib, minnat qilmang.

11. O`zingiz ishlab topgan pulni faqat o`zingizga sarflamang. Turmushni ham moddiy, ham ma’naviy birdamlik go`zallashtiradi.

12. Istaklaringiz inobatga olinishi uchun unga buyruq bermang. Yaxshisi, iltimos qiling.

13. Oilangizda moddiy tanqislik sezilayotgan bo`lsa, buni aytib uni ranjitmang. Bu kabi muammolarni birgalikda hal qilishga harakat qiling.

14. Turmush o`rtog`ingizga chiroyli ko`rinish uchun o`zingizga oro bering. Ishdan kelishidan avval yoki uyda ekanligida chiroyli va orasta kiyining.

15. Kayfiyatsiz, jahldor yoki xo`mrayib yurmang. Doim tabassum ila yurishga va go`zal xulqli bo`lishga harakat qiling.

16. Turmush o`rtog`ingiz uyga kelganida barcha ishlaringizni bir ozga chetga surib, u bilan o`tirib suhbat quring.

17. U uyda bo`lmaganida uni sog`inganingizni, kelganidan quvonganingizni va kelishini sabrsizlik bilan kutganingizni ayting.

18. Nimalarni yoqtirib-yoqtirmasligini bilib, ko`ngliga yoqadigan ishlarni ko`p-ko`p qilib turing.

19. Biror bir xato ish qilganida, "œSizga aytgandim-ku" deb aql o`rgatmang. Uning ham vaziyatini tushunishga harakat qiling.

20. Sizni bexosdan ranjitib qo`ysa, undan xafa bo`lib uzoq vaqt arazlab yurmang.

21. Biron bir iltimosingizni o`z vaqtida bajarmasa, "œMayli, hechqisi yo`q. Bu safar bo`lmasa, keyingi safar", deb qo`ying. Keyingi gal ham unutsa, sabr va xotirjamlik bilan yana bir bor eslatib qo`ying.

22. Turmush o`rtog`ingizni xafa qilgan yoki ko`nglini og`ritgan bo`lsangiz, uzr so`rang va ko`proq mehr ko`rsating.

23. Xato qilib uzr so`raganida darhol qabul qiling.

24. Uydan chiqayotganida tabassum ila xayrlashing.

25. Ayol turmush o`rtog`idan muhabbat kutgani kabi o`zi ham unga muhabbat ko`rsatishi va doim buni bildirib turishni unutmasligi darkor.

Qayd etilgan