Erkaklarni asrang,ayollar!  ( 31886 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


ikbaljohn  17 May 2007, 12:49:37

Shu bo'limda ayollarga va qizlarga atalgan mavzular ko'p ekan!Erkaklargachi?Erkaklarni asrang,ayollar!(Yulduz Usmonova repertuaridan) :13

Qayd etilgan


AbdurRohman  17 May 2007, 12:53:11

kottakon rahmate, okajon :D

Qayd etilgan


AbdurRohman  17 May 2007, 18:20:08

balki etarsiz qanaqa "yuksak baho" berishlarini?!

Qayd etilgan



Robiya  02 Iyun 2008, 23:37:52

Assalomu alaykum!
Ba'zan yon-atrofingda bo'layotgan voqealar, ba'zi oilalardagi holatlarni ko'rib "Qadring qani esiz "ERKAK""? deb yuborging keladi,..

...O‘tirgan jo­yimning orqa tomonida esa yonboshlab yotgan ayollarning gap-so‘zlari aniq-tiniq eshitila boshladi.
— Shohiy, kecha ering nima ovqat pishirib qo‘yibdi?
Ikkinchisi, Shohiysi bo‘lsa kerak, yotgan kuyi javob qaytardi:
— Oh-oh, achchiqqina shavla ekan. Guruchi sal xomroq ekan-u, lekin qorin o‘lgur och edi, paqqos tushirdim. Seniki-chi?
— E, sho‘rva pishiribdi. Bizniki ham ovqat qilishga uquvi yo‘q, gap bo‘lsa bo‘ldi unga. Tuzi ko‘p ekan, sho‘ri chiqib ketibdi. U bilan urishib ham qoldim. Ertalab kechirim so‘radi. Ataylab hech narsa yemadim...


PS: "Guruch kurmaksiz emas!.."

Assalamu alaykum! Ayollarning bozorda savd qilishlari, oilada ularning gaplari bilan ish qilinishi ham qiyomatning kichik alomatlaridan deb aytilgan" "Mukoshafat ul-qulub"da. Haqiqatda hozir ko'pchilik oilalarda ayollar ro'zg'or tebratuvchisi rolida va tabiiyki erkaklar ularga bo'ysunishga majbur. Bu esa ularning ERKAKlik sha'nlariga to'g'ri kelmaydi. "Qadring qani essiz,erkak?" - chindanam bunaqa savollar ayniqsa hozirda ko'p jaranglamoqda....

Qayd etilgan


Muslimа  03 Iyun 2008, 15:22:42

Assalamu alaykum!
Robiya fikrlarizda jon bor!
Aslida erkaklar ayollarni asrashga himoya qilishga ma'sul!
Erkaklar Alloh kimni ZAIFA qilib yaratgani haqida ko'proq fikr yuritsalar yaxshi bo'lardi! Chunki borgan sari erkaklarni ZAIFLASHIB ayollardan battar holga kelib qolayotganini ko'ryapmiz, pul topish, oilani boqish ayol zimmasida! Nahot shu ZAIFAni ishi bo'lsa???

Qayd etilgan


Muzayyana  19 Iyun 2008, 11:52:44

V alekum assalom!
Man Muslima opajonni gaplariga to'liq qo'shilaman.
"Zaifa, ojiza" deyishadi, lekin uy- ro'zg'or ishlarida, pul topish masalasida ko'pincha bu narsa yodlaridan ko'tarilib qoladimi diyman.
Ayollariga beparvo erkakalar sabab, bazi ayollar xokimyat tepasiga xam chiqib olishyapti.
Bu xollarda ular xam bir  zaifa ekanliklarini unutib qo'yishyapti.
Xo'sh bu axvolga kelishga kim sabab? Albatta biz "asrab avaylashimiz" kerak bo'lgan erkaklar emasmi?
Bazi erkaklarga qoyil qomiyman, qizlari, ayolllari, uyni ichida o'zlariga qaramasdan, ivirsib yurishadi, xop mayli turmushga chiqmagan qizlarni tushunishga xarakat xam qilib ko;raylik..........
Lekin erli, boshida jufti xaloli bor "muslimalar"chi? Ularga nima sabab kerak ko'chaga pardoz qilib chiqish?
Mana shunga o'xshash xollarda erni xaqqi borku, ayoliga to'g'ri yo'l ko'rsatishga, kerak bo'lsa urushishga. Ayolga uylandimi, ayol erning xasmi, u boshlagan yo'lga yurishi kerak, albatta u yo'l xaq yo'l bo'lsa.Allox o'zi adashtirmasin.....
MAn sizlarga bir oila xaqida, aniqrog'i yosh oila xaqida gapirib bermoqchiman......
MAni bir dugonam bo'lardi, u juda yoshturmushga chiqdi, xatto maktabni xam oxirigacha o'qimadi.
Ota ona ro'yiga qarab ular aytgan bir "dindor", "namozxon", "Islomiy xayot kechiradigan" bir yigitga turmushga chiqdi.
Qo'shtirnoq ichida yozganimni sababi, man kiyinchalik u yigit xaqida eshitib, bu tariflar umuman noto'g'riligini chunib yetdim.
U yigit to'ydan kiyin ayolini xijobga majburan kirgazdi, man bu ishini yomon dimiyman, xop mayli. Ayoli uyda o'tiradi. Lekin o'zi xam shunga yarasha bo'lsekan, qayoda, xotinim bilmiydi deb o'yledida. Kiyinchalik ayoli bilib qolgan erini ko'chada qay axvolda yurishlarini. Ayoli uyda o'tiradi, lekin o'zi ko'chada qayodegi qizlar bilan kayfini surib yuraveradi. O'zlarin o'ylab ko'rilar shu ish bir bandayi mo'min qiladigan ishmi? Ayol kishi ojiza, zaifa, xop mayli, ayolni uyga o'tazib qo'yib o'zi o'z xolicha urishi erkak kishiga to'g'ri keladimi, axir?
Man bu yozganlarim bilan erkaklar xaqida yomon gapirmoqchimasman, man shunchaki, o'z kundalik xayotimizdan misol keltirim xolos..........
Shaxsan mani xaqiqiy musulmon va mo'min, erkaklarga xurmatim baland, bor bo'lishsin diyman.........
Allox barchamizniyam o'zi adashtirmasin!

Qayd etilgan


Sobira  20 Iyun 2008, 14:52:44

Oilada er va ayol huquqi haqida gapirish uchun avval oila qurib yashab ko'rish kerakmikan,yana bilmadim...

Qayd etilgan


Zuxurov  08 Fevral 2010, 11:22:04

Ayollar erkaklar bilan teng huquqli bo'lgan, lekin hech qachon teng majburiyatli bo'lolmaydilar.

Qayd etilgan


Akbarjоn  08 Fevral 2010, 15:21:19

Iqtibos: Muzayyana
Ayollariga beparvo erkakalar sabab, bazi ayollar xokimyat tepasiga xam chiqib olishyapti.
Bu xollarda ular xam bir  zaifa ekanliklarini unutib qo'yishyapti.

Ozodlikka chiqan sharq ayollari endi hokimyat tepasiga hiqishmoqchi

Kelinlar qo'zg'alonida

Qayd etilgan