Erkaklarni asrang,ayollar!  ( 31869 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Chustiy  08 Fevral 2010, 19:01:04

Yaxshi mavzu ekan, garchi ancha eski bo'lsada, ba'zi bir userkala o'qib hayotiga tadbiq qivolishsa yaxshi bo'larkan... A to bu ketishda bo'lajak kuyop bolani infark qip qo'yishlari hech gap emas...  ;D hazilmas

Qayd etilgan


Shokir63  08 Fevral 2010, 20:40:43

Daraxt qurigach, o'tin bo'ladi, dengiz qurisa-cho'l boladi. Vazifasini bajarmagan har qanday narsa yo'qlik sari odimlaydi.

Lekin yana bir jihat bor, shaharda musulmon qolmasa Masjid omborxonaga aylanadi.

Erkak erkaklik vazifalarini qilmagandan keyin, qanday qilib hurmat ko'rsin, bu suvi qurigan dengizda nega baliq yo'q deb bosh qotirishga o'xshaydi. Ayni qoida ayollar uchun ham tegishli.

Javob yozar ekanman, bu mavzuning ildizining qayerlargacha borishini ko'rdim, dilim xufton bo'ldi.

Islomimizni, iymoninmiz asraylik, hurmatli erkaklar va ayollar, shunda hammasi joy-joyiga tushadi.

Iymonning har bir haqiqati, islomning har bir rukni naqadar buyuk, buni tasavvur qilish naqadar qiyin.

Allohim buyukligingning va Hakiymligingning buyukligi miqdorida senga hamdu sanolar bo'lsin.

Qayd etilgan


Muslima.bgm  09 Fevral 2010, 10:11:37

Oilaning bahtli yoki bahtsizlikka qarab ketishi ko'p tomonlama ERKAK kishiga bog'liq.
HAyotiy misol:
Qo'shnimizni ayoli bir firmada ishlaydi. Eri yarim yildan beri ba'zi sabablarga ko'ra ishlamaydi. Lekin juda g'ururli, diyonatli kishi. Ayolini qanday kiyinib ko'chaga chiqishi, ishchilari bilan munosabatiga aslo befarq emas. Ayoli xam aqlli lekin erini fe'lini bilgani uchun yanada ehtiyot bo'lib yuradi.Ishlab topayotgan oyligini xech qachon minnat qilmaydi, aksincha oyligini olib eriga topshiradida biror narsa olmoqchi bo'sa eridan ruhsat sorab shu narsani olsam mayli deydi. Menga ham bu pullarni xuddi erim ishlab kelgandek tutaman o'zimni, uni g'ururiga tegib ketishidan qorqaman deydi. Hullas puldor erkakmi puli yo'qmi eng avvalo G'URURli bo'lsa xar qanday ayolni xam o'z yo'liga solib, totuv oilaning Beki bo'lishi mumkin.

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Fevral 2010, 07:52:06

Erkak oila tashvishini, bola chaqa tashvishini o'ylamaganidan kn ayol mardikor bo'lmoqda...
Shunaqa erkaklar borki ko'cha handon, uy zindon...
Arzimagan pulini topib shuniyam oilasiga sarflamidi.
Shuning uchun ham barokati yo'q oilani.
Erkaklarni yomonlamoqchimasman. Muslima.bgm aytganlaridek G'URURi yo'q erkaklar ko'paymoqda afsus...
Hadislarda aytilgan ehson-sadaqaning eng afzali ham OILAgadir.
Xozirgi kundachi? Sadaqaning eng afzali CHOYXONAda bo'lmoqda...
Erkak kayfu-safosi uchun farzandlarining rizqidan ham kechishga tayyor...

ONA esa ko'p xollarda oilam didi nima bo'lsa ham.
Shaxsan o'zimni atrofimdagi oilalarga nazar solsam ko'proq otasi tashlab ketgan..., ichib ketgan..., "boshi aylanib" ketgan...
ONAlar esa bolasi bn, bolasi uchun joniniyam berishga tayyor.


Shunda oylab qolaman Alloh taologa shukrlar bo'lsin, ONAlik mehri bo'lmaganida biror bolakay bu dunyoda qolmasdi... biror bolakay birinchi qoqilishdayoq "yiqilardi"...
Alloh ota-onalarimizi sog'-salomat va hidoyatda qilsin.

Qayd etilgan


Abu Muso  10 Fevral 2010, 09:45:57

Choyxonaga til tekkizmang, desama... ;D
Bu mavzu erkaklarni asrash haqidayu, sizlar
po'stak qoqish bilan ovora.  :D Ha, ayollar
erkaklarni asranglar! Bejizga aytilmagan-ku,

Erga e'tibor, elga e'tibor, deb...  ;D ;D ;D

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  10 Fevral 2010, 10:17:18


Erkaklarni yomonlamoqchimasman. Muslima.bgm aytganlaridek G'URURi yo'q erkaklar ko'paymoqda afsus...


Ayollarni yomonlamoqchimasman. Ko'pchilik aytayotgandek, HAYOsi yo'q ayollar ko'paymoqda afsus...

Qayd etilgan


Ansora  10 Fevral 2010, 11:39:19

Erkak kishi aslida hech qachon katta bo'lmagan yosh boladay, faqat uni ko'nglidagini topsangiz bo'ldi....

Vaqti kelganda ayolidan ona mehrini, vaqti kelganda yor sevgisini, vaqti kelganda esa sodiq do'st bo'lishini kutadi...

Shularni bera oldingizmi, sizdan baxtli oila bo'lmaydi....

Qayd etilgan


Akbarjоn  10 Fevral 2010, 14:00:03

Erkak kishi aslida hech qachon katta bo'lmagan yosh boladay, faqat uni ko'nglidagini topsangiz bo'ldi....

Vaqti kelganda ayolidan ona mehrini, vaqti kelganda yor sevgisini, vaqti kelganda esa sodiq do'st bo'lishini kutadi...

Shularni bera oldingizmi, sizdan baxtli oila bo'lmaydi....

Otangizga rahmat :)
juda to'g'ri gapiribsiz.

Qayd etilgan


Abu Muso  10 Fevral 2010, 14:11:35

 :as:

Ofarin, Kapalakxon! Siz eringizni baxtli qila olasiz, InshaAlloh...
Shu erda yana bitta erkakklarning sirini ochib bermoqchiman:
Erkaklarning ko'ngliga yo'l, oshqozonlari orqali o'tadi. ;D ;D ;D

Qayd etilgan


braupov  10 Fevral 2010, 16:21:47

Erkak kishi aslida hech qachon katta bo'lmagan yosh boladay, faqat uni ko'nglidagini topsangiz bo'ldi....

Vaqti kelganda ayolidan ona mehrini, vaqti kelganda yor sevgisini, vaqti kelganda esa sodiq do'st bo'lishini kutadi...

Shularni bera oldingizmi, sizdan baxtli oila bo'lmaydi....

Qanoti bo'sa huddi farishta bo'lardi qolardi....... :7 ;D

Qayd etilgan