Erkaklarni asrang,ayollar!  ( 31896 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Akbarjоn  10 Fevral 2010, 18:59:52

Iqtibos
FAqat erkelani emas Ayollarni ham asrash kere!

Bu uchun esa alohida post ochamiz :)

Qayd etilgan


Robiya  10 Fevral 2010, 19:07:13

Assalamu alaykum!

Akbarjon birodar, post emas, mavzu deng :)

Lekin,alohida mavzu shartmas,menimcha. Shu bo'limda Siz aytgan mavzuga oid mavzular bor, bo'lishi kerak. Shularni jonlantirsak ham bo'ladi. Agar nomini o'zgartirish kerak bo'lsa, uni ham amalga oshiramiz.

OFF: Titan-UZ, Sizga ham Allohdan xayrlisini so'raymiz..

Qayd etilgan


Chustiy  10 Fevral 2010, 21:42:17

Shu oila, bola chaqa va h.k va h.k mavzulara oilaviy tajribasi borlar gapirsa yarasharkan, ato oila tashvishi va achchiqlarini tatib ko'rmagan, alifni kaltak diydiganlar oila haqida qilgan mav'izalari, huddi birinchi sinf bola o'ninchi sinf o'quvchilariga fizikadan dars berayotgandek go'yo....  :)

Qayd etilgan


Abu Muso  10 Fevral 2010, 21:54:48

Shu oila, bola chaqa va h.k va h.k mavzulara
oilaviy tajribasi borlar gapirsa yarasharkan...


 :as:
Xizmatlar bo'lsa, biz shu erdamiz... ;)

Qayd etilgan


Chustiy  10 Fevral 2010, 22:04:50

Shu oila, bola chaqa va h.k va h.k mavzulara
oilaviy tajribasi borlar gapirsa yarasharkan...


 :as:
Xizmatlar bo'lsa, biz shu erdamiz... ;)
:vslm:
Oka, hizmatga yaqin, bitta daftar ruchkani ko'tarib, maslahat so'rashga huzurizga boramiz inshaAlloh...  ;)

Qayd etilgan


Muslimа  11 Fevral 2010, 00:37:11


Ayollarni yomonlamoqchimasman. Ko'pchilik aytayotgandek, HAYOsi yo'q ayollar ko'paymoqda afsus...

 :as:
Mutlaqo haqsiz. Lekin ming afsuski bunga ham ERKAKlar sabab bo'lyapti. Hayosiz hisoblagan qizlarni otalari, yohud aka, amaki, tog'alariga qarasangiz, qizlaridan hafa ham bo'lmay qolasiz. Alhamdulillah, Alloh besh qo'lni baravar yaratmaganidek, hamma ham bir hil emas. Lekin ming afsuslar bo'lsinkim, bugungi kunda qizlarning HAYOSIZ ligi, ularga mahram bo'lganlarning Alloh buyurgan vazifalarni bajarmayotganligidandir.
     Bir dugonam aytib berdi, 19 yoshdagi (hali oila qilmagan) tanishini uchratib qolibdi. Tanimabdi. Yoshgina qiz (o'zbek qizi (!)), qoshini butunlay olganimi bilmadim, zamonaviy tilda aytganda "tatuaj" qildiribdi. Va bu ishni qilishi otasi va onasi maslahat berishganini, otani o'zi uni salonga olib borganligini aytibdi. Astag'firulloh!!! Qizlariga shim sotib olib berayotgan "otalar" haqida hayrat bilan gapirardik oldin, bu holatga esa biror narsa deyishga LOL bo'lasan kishi. Bu "taraqqiyot" natijasimi bilmay qolasan. Ming afsuski taraqqiy qilishimiz, keraksiz bo'lgan ishlarda juda ham kuchli, aslida kerak bo'lganlari haqida esa kam habardormiz, va o'rganishga intilmaymiz...
     Alloh taolo barcha Allohdan qo'rqib, o'zlarini va oilalarini Jahannam a'zobidan saqlashga intilgan mahramlarga o'zi madadkor bo'lsin! Allohni buyruqlaridan behabarlarga taviq va ofiyatni ato qilsin! Hammamizni ikki dunyoimizni obod qilsin!  :amn:

Qayd etilgan


Akbarjоn  11 Fevral 2010, 10:16:26

Tangani xar ikki tomoni bor
aybni faqat bir tomonga ag'darish mutlaqo noo'rin
agar xoxlasalaringiz ayolarda xam erkaklarda xam yetarlicha xatto ortiqroq ayblarni topib berish mumkin, buni xech kim inkor qilmasa kerak
shu sababli xam yomon tomonini emas yaxshi tomoninni fazilatlarini o'rnak bo'lish uchun ko'rsatib borishga xamda kamchiliklarini bartaraf etishda amaliy harakat qilishda bardavom bo'lish kerak

o'sha yomonlanayotgan erkaklarning shunday tarbiya olishiga kim aybdor, onalari tarbiya berishganmi ularga, tarbiya msalasi ko'proq onalar zimmasiga tushadi, masalan tarbiya bermagan otagnga la'nat dyishmiydi xech, lekin yana bir tomoni borki otalarning qatiqqol emasliklari ayollarni farzandlariga yetarli tarbiya bermasliklariga olib kelgani ko'rinib qoladi

Mana ko'rdiz, xar iki tomoni ayblash osson, eng asosiy sabab esa Sobiq Sovet tuzumi tarbiyasi, ammo o'tmishdan yetarli xulosa chiqarib kelajakni qurish vaqti yetib kelgan, shu sababli xam tarixni muhokamasi bilan cheklanib vaqtni sarflamasdan, yoki erkaklar ayollarni kamsitib bo'ynlariga ayb tamg'asini ilmasdan endi xayotni endigi tarbiyani qayg'urish kerak. O'tmish o'tdi, u bizning xoxishimiz, irodamizdan tashqarida, Alloh nasib qilsa kelajak bizning xayot bo'lgan kishilarning qo'lida, O'tmish kamchiliklarini o'rniga kelajak muvaffaqiyatlari xaqida bosh qotiraylik aziz birodarlar
Assalomu alaykum

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Fevral 2010, 10:29:08

O'tmish kamchiliklarini o'rniga kelajak muvaffaqiyatlari xaqida bosh qotiraylik aziz birodarlar

Bugungi kun haqiqatlari muhimroq har ikkalasidan :7 Kelajak bugundan boshlanadi...

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 11:33:14

Erkak kishi aslida hech qachon katta bo'lmagan yosh boladay, faqat uni ko'nglidagini topsangiz bo'ldi....

Vaqti kelganda ayolidan ona mehrini, vaqti kelganda yor sevgisini, vaqti kelganda esa sodiq do'st bo'lishini kutadi...

Shularni bera oldingizmi, sizdan baxtli oila bo'lmaydi....

Men bu gaplari onajonimni eslab aytgandim, o'zim shundayman yuzda yuz, demadim....Shunday bo'la olishga harakat inshalloh : )

Alloh erkaklarga ham, ayollarga ham tavfiq bersin....

Qayd etilgan


Muslimа  11 Fevral 2010, 11:40:07

Tangani xar ikki tomoni bor
aybni faqat bir tomonga ag'darish mutlaqo noo'rin
agar xoxlasalaringiz ayolarda xam erkaklarda xam yetarlicha xatto ortiqroq ayblarni topib berish mumkin, buni xech kim inkor qilmasa kerak
shu sababli xam yomon tomonini emas yaxshi tomoninni fazilatlarini o'rnak bo'lish uchun ko'rsatib borishga xamda kamchiliklarini bartaraf etishda amaliy harakat qilishda bardavom bo'lish kerak

o'sha yomonlanayotgan erkaklarning shunday tarbiya olishiga kim aybdor, onalari tarbiya berishganmi ularga, tarbiya msalasi ko'proq onalar zimmasiga tushadi, masalan tarbiya bermagan otagnga la'nat dyishmiydi xech, lekin yana bir tomoni borki otalarning qatiqqol emasliklari ayollarni farzandlariga yetarli tarbiya bermasliklariga olib kelgani ko'rinib qoladi

Mana ko'rdiz, xar iki tomoni ayblash osson, eng asosiy sabab esa Sobiq Sovet tuzumi tarbiyasi, ammo o'tmishdan yetarli xulosa chiqarib kelajakni qurish vaqti yetib kelgan, shu sababli xam tarixni muhokamasi bilan cheklanib vaqtni sarflamasdan, yoki erkaklar ayollarni kamsitib bo'ynlariga ayb tamg'asini ilmasdan endi xayotni endigi tarbiyani qayg'urish kerak. O'tmish o'tdi, u bizning xoxishimiz, irodamizdan tashqarida, Alloh nasib qilsa kelajak bizning xayot bo'lgan kishilarning qo'lida, O'tmish kamchiliklarini o'rniga kelajak muvaffaqiyatlari xaqida bosh qotiraylik aziz birodarlar
Assalomu alaykum

 :vslm:
  Hech kim hech kimni kamsitib, ayb tamg'asini qo'ygani YO'Q! Albatta ayollarda ham erkaklarda ham bir talay kamchiliklarni topish mumkin. Hamma xato qiladi. "Inson zoti borki xato qiladi, xato qilguvchilarning eng yaxshisi TAVBA qilguvchilardir!" deyilgan. Demak, yashar ekanmiz, kamchiliklardan holi emasmiz. Kamchiliklarga ham ahamiyat berish kerak. Bir olim insondan "Bunday go'zal ahloqni, oqillikni kimdan o'rgangansiz?" deb so'rashganida. "Ahmoqdan" deb javob qilgan ekan, ya'niki ahmoqni kamchiliklaridan hulosa qilib, undagi kamchiliklarni qilmaslikka intilgan inson oqillikka erishar ekan. Bugungi kamchiliklarni to'g'irlashga harakat qilsak, InshaAlloh kelajakda muvaffaqiyatga erishganlardan bo'lamiz. Y_U_R_I_S_T aytganlaride, kelajak bugundan boshlanadi. Kelajak muvaffaqiyatlari haqida gapirish juda ham yahxi. Lekin, bugunimizni isloh qilmay turib, kelajak muvaffaqiyatlari  haqida gapirish xuddi kemani yasashga intilmay, harakat qilmay, ummondagi olis sayohatga chiqishni o'ylashdek- orzu qilishdek gap.

 :as:

Qayd etilgan