Ayollarni yomonlamoqchimasman. Ko'pchilik aytayotgandek, HAYOsi yo'q ayollar ko'paymoqda afsus...
Mutlaqo haqsiz. Lekin ming afsuski bunga ham
ERKAKlar sabab bo'lyapti. Hayosiz hisoblagan qizlarni otalari, yohud aka, amaki, tog'alariga qarasangiz, qizlaridan hafa ham bo'lmay qolasiz. Alhamdulillah, Alloh besh qo'lni baravar yaratmaganidek, hamma ham bir hil emas. Lekin ming afsuslar bo'lsinkim, bugungi kunda qizlarning
HAYOSIZ ligi, ularga mahram bo'lganlarning
Alloh buyurgan vazifalarni bajarmayotganligidandir.
Bir dugonam aytib berdi, 19 yoshdagi (hali oila qilmagan) tanishini uchratib qolibdi. Tanimabdi. Yoshgina qiz (o'zbek qizi
(!)), qoshini butunlay olganimi bilmadim, zamonaviy tilda aytganda "tatuaj" qildiribdi. Va bu ishni qilishi otasi va onasi maslahat berishganini, otani o'zi uni salonga olib borganligini aytibdi. Astag'firulloh!!! Qizlariga shim sotib olib berayotgan "otalar" haqida hayrat bilan gapirardik oldin, bu holatga esa biror narsa deyishga LOL bo'lasan kishi. Bu "taraqqiyot" natijasimi bilmay qolasan. Ming afsuski taraqqiy qilishimiz,
keraksiz bo'lgan ishlarda juda ham kuchli, aslida kerak bo'lganlari haqida esa kam habardormiz, va o'rganishga intilmaymiz...
Alloh taolo barcha Allohdan qo'rqib, o'zlarini va oilalarini Jahannam a'zobidan saqlashga intilgan mahramlarga o'zi madadkor bo'lsin! Allohni buyruqlaridan behabarlarga taviq va ofiyatni ato qilsin! Hammamizni ikki dunyoimizni obod qilsin!