Erkaklarni asrang,ayollar!  ( 31887 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  11 Fevral 2010, 11:46:59

Oila haqida ilk nasihatlarimizni onalarimizdan olamiz barchamiz, ayniqsa O'zbek qizlari bolalikdan bu ta'lim-tarbiya bilan quloqlari to'ldirib boriladi...

Dadamni xarakterlari ancha og'ir, birdan "lovillab" lekin yaxshiyam tezda "so'nadigan" dadalardan biri, Alloh uzoq umr bersin...
Bazan uyda dadam yo'q yerga bizni ozorlaganlarida ayajonimga shikoyat etardik...

Ayam esa: Bolalarim, u kishi sizni dadangiz, men u kishi qanchalik nohaqlik qilsalar ham dadangizni yomonlab, orangizda dushmanlik bo'lishiga sababchi bo'lmayman...Xalqimiz bekorga: Otang jinni bo'lsa, bog'lab boq, demagan, der bu maqolni eslatardilar...

Demoqchimanki, onajonlarimizni nasihatlarini  tez-tez eslab tursak erkaklarga qarshi behuda nafratimiz kuchaymaydi....

Qolaversa bizni o'g'illarimiz ham vaqti soati bilan kimlargadir ota, er bo'ladi inshalloh....

Bularni unutmaylik....

Qayd etilgan


Muslimа  11 Fevral 2010, 12:14:45


Demoqchimanki, onajonlarimizni nasihatlarini  tez-tez eslab tursak erkaklarga qarshi behuda nafratimiz kuchaymaydi....
Qolaversa bizni o'g'illarimiz ham vaqti soati bilan kimlargadir ota, er bo'ladi inshalloh....


 :as:
   InshaAlloh, Alloh o'sha kunlarga salomat holda yetkazsin:amn:
Nafrat hech qachon hech bir ishda yordam bermagan. Nafrat haqida gap ham bo'lmadi nazarimda...
   Hammamizning honadonlarimiz islom nuri ila yoritilgan honadonlardan biri, alhamdulillah. Honadonimizdagilarni albatta ardoqlaymiz, bor mehrimizni ayamaymiz. Lekin bu nurdan nasibador bo'lmaganlar ham ko'p emas. Istardimki, hoh erkak hoh ayol bo'lsin honadonida Alloh taoloni hukumlarini joriy qilsa, ba'zibir hunuk bo'lgan holatlarga duch kelmasdik. Va farzandlarimiz kelajakda qanaqa insonlar orasida yashrkin, atrofidagi buzuqliklar unga ta'sir qilmasmikin degan hayollar balki bo'lmasdi. Lekin bugungi sodir bo'lib turgan ba'zi hodisalarga qarab, Alloh taolodan bizlarni va farzandlarimizni O'zining Haq yo'lidan adashtirmasligini duo qilib so'raymiz!

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 12:20:07

"Qizlarga savollar" mavzusida Erkaklar ablahmi, degan savol berilibdi-yu, shundan aytdim....
Qolaversa bu mavzudagi bazi postlarga yigitlarimiz bu mavzu "Erkaklarni asrang ayollar", deyilgan-u, sizlar ularni yerga urganingiz urgan, deyilgani uchun shunday dedim...

Har jinsni ichida ham har toifada, har xil yaratilishda inson bor, jinslarning bir-biridan ustun-kam joyi yo'q....

Asosiysi doimo aytganimday erkak erkakligini, ayol ayolligini bilsin, vassalom.

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 12:30:59

Yigitlar, yana bir narsani aytib qo'yay:

BU DUNYODA ERKAKLARGA ENG KATTA HURMATNİ O'ZBEK QİZ-AYOLLARİ BERADİ!

Buni ko'rganlarimdan kelib chiqqan holda aytyabman......

Turkiyalik erkaklarni O'zbek qizlariga ko'p uylanishiga sabab ham shu ekan, buni juda ko'pchilikdan eshitganman, ko'pchilik e'tirof etgan...

Yani yotinglar- turinglar, O'zbek qizlarimizga duo qilinglar  : )

Qayd etilgan


Akbarjоn  11 Fevral 2010, 15:24:20

Iqtibos
Bugungi kun haqiqatlari muhimroq har ikkalasidan Kelajak bugundan boshlanadi...

ammo men bugun xaqida gapirdim, bugudan kelajak yaraladi,  kelajak xaqida qayg'urishimiz bugundan boshlanmasa bu kelajak shunchaki kelajakligicha qolib ketadi
men shu sababli xam aynan bugun xaqida gapirgandim, siz ta'kidlab o'tganingizday!


Iqtibos
Y_U_R_I_S_T aytganlaride, kelajak bugundan boshlanadi. Kelajak muvaffaqiyatlari haqida gapirish juda ham yahxi. Lekin, bugunimizni isloh qilmay turib, kelajak muvaffaqiyatlari  haqida gapirish xuddi kemani yasashga intilmay, harakat qilmay, ummondagi olis sayohatga chiqishni o'ylashdek- orzu qilishdek gap.

bu huddi aksiyomadey gapku, uni takrorlash yoki alohida ta'kidlashni o'rinli deb bilmagandim shu sababli xam Kelagak xaqida qayg'urish xaqida gapirganimda bugundan boshlaylik deb aytgandim, bu shundo ko'rinib turgan narsa bolsa, yana qaytadan urg'u bilan takidlashga extiyoj sezmagandik, agarki gapdagi mazmunni tushunmagan bo'lsalariz unda mayli bu bizni ayb bo'lishi mumkin....


undan keyin siz qizilga ajratgan gap men shunchaki misol tariqasida aytib ketdim va xechkimni sen shunday qilyabsan deganimcha  yoq' ammo desam xam to'g'ri bo'lardi, ammo demadim
yoki erkaklar ayollarni kamsitib bo'ynlariga ayb tamg'asini ilmasdan deb turib yana gapni cho'zib yoki  ayollar erkaklarnini kamsitib bo'ynlariga ayb tamg'asini ilmasdan deb o'tirishni o'rinli deb bilmagandim, bor gap shu...

Qayd etilgan


Akbarjоn  11 Fevral 2010, 15:51:25

Bu turishda bora bora Matriarxal tuzimga o'tib ketamizmi deyman g'arbga o'xshab :)

Qayd etilgan


Robiya  11 Fevral 2010, 18:01:51

Bunga yo'l qo'ymanglar, aziz erkaklar!


Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 20:42:28

:as:

Ofarin, Kapalakxon! Siz eringizni baxtli qila olasiz, InshaAlloh...
Shu erda yana bitta erkakklarning sirini ochib bermoqchiman:
Erkaklarning ko'ngliga yo'l, oshqozonlari orqali o'tadi. ;D ;D ;D


Erkaklarni ko'ngliga yo'l oshqozonidan o'tgani yaxshi-yu, shu qorinda yig'ilib qolgani yomon-daaa ;D

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  11 Fevral 2010, 22:02:12

:as:

Ofarin, Kapalakxon! Siz eringizni baxtli qila olasiz, InshaAlloh...
Shu erda yana bitta erkakklarning sirini ochib bermoqchiman:
Erkaklarning ko'ngliga yo'l, oshqozonlari orqali o'tadi. ;D ;D ;D


Erkaklarni ko'ngliga yo'l oshqozonidan o'tgani yaxshi-yu, shu qorinda yig'ilib qolgani yomon-daaa ;D
Deme usha ovqat yaxshi pishmagande, be parvoli qimela ayolla bunaqa payitta.

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 22:06:01

:as:

Ofarin, Kapalakxon! Siz eringizni baxtli qila olasiz, InshaAlloh...
Shu erda yana bitta erkakklarning sirini ochib bermoqchiman:
Erkaklarning ko'ngliga yo'l, oshqozonlari orqali o'tadi. ;D ;D ;D


Erkaklarni ko'ngliga yo'l oshqozonidan o'tgani yaxshi-yu, shu qorinda yig'ilib qolgani yomon-daaa ;D
Deme usha ovqat yaxshi pishmagande, be parvoli qimela ayolla bunaqa payitta.

 : ) Aytmoqchi bo'lganim, ko'ngilni olamiz, deb shirin ovqat qilaverib, semirishlariga sababchi bo'lib qolamiz-daa ;D


Qayd etilgan