Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 122689 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 23 B


Abdulhafiz  11 Yanvar 2009, 23:02:10

Gul bo'lmasa, chaman ne kerak.
Fahm bo'lmasa, so'z ne kerak.
Ish bo'lmasa, qalb ne kerak.
Sajda bo'lmasa, kafan ne kerak.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  14 Yanvar 2009, 21:52:24

Muborak kunlarda bo'lgani kabi.
Haq yodi bezasin har kunimizni.
Har damda, har qadam, har soniyada.
Alloh panohida asrasin sizni.

Qayd etilgan


G_u_l_i  15 Yanvar 2009, 08:20:03

Ibodatda tiladim bugun saxarda,
Shu insonga baxt berishin qilmagin kanda,
Tolei samolarday bo`lsin ilohim,
Nimaiki tilasa bergin Allohim!

Qayd etilgan


G_u_l_i  15 Yanvar 2009, 08:24:31

Pashshaga axlatni bol kabi sevdirgan,mushukka sichqonni maftun ettirgan bir hikmat bizga ham shu kabi yomon narsalarni sevdira olar edi, biz ham sevaverardik..........

Qayd etilgan


G_u_l_i  15 Yanvar 2009, 08:29:07

Alloh bor desakku zikrin qilmasak,
Ne`matin yesakku  shukrin qilmasak,
Ohirat safarin fikrin qilmasak,
Bu foniy dunyoda adashmoq tayin!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  15 Yanvar 2009, 22:42:26

Xudo bordir, Hozirdir.
Har bir ishga Qodirdir.
Kimki ishonmas ekan.
Har mazhabda kofirdir.
Bandamiz ul Xudoga.
Ummatmiz Mustafoga.
Shukr etaylik hamisha.
Ochib qo'llar duoga.

Qayd etilgan


G_u_l_i  17 Yanvar 2009, 09:21:21

Robbim sizga so`nmas iymon, go`zal axloq, shukr etguvchi qalb, zikr etguvchi til, xayrli umr, dunyo va oxirat go`zalligini nasib etsin,Jum`a ayyomingiz muborak bo`lsin!

Qayd etilgan


G_u_l_i  17 Yanvar 2009, 09:30:11

Umringiz bahordek bo`lsin-u, hech yomg`iri bo`lmasin,Yozdek issiq bo`lsin-u, sarotoni bo`lmasin,Kuzdek to`kin bo`lsin-u, xazoni bo`lmasin,Qishdek oppoq bo`lsin-u, qahratoni bo`lmasin!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  17 Yanvar 2009, 22:26:22

Jahon ko'hna rabot erkan.
Musofirlar kelib o'tgan.
Adam sahrosidan kelgan.
Manam bir lahzalik mehmonman.

Qayd etilgan


AL_laziz87  19 Yanvar 2009, 19:36:24

Goxida yuragim to'lib ketganda
Bevofo dunyodan to'yib ketganda
Do'stlarim begona bo'lib ketganda
Sening borliginga shukurlar qilaman

Qayd etilgan