Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 122667 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 23 B


Abdulhafiz  19 Yanvar 2009, 22:47:09

Rosululloh to'lin oydek nur sochib.
Chiqib keldi Saniyyatul-vadodan.
Shukr aytmoq lozim bizga har lahza.
Biror kimsa qo'l uzmasin duodan.
Musulmonning shamchirog'i bu dinni.
Olib keldi rosul bizga Xudodan.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  23 Yanvar 2009, 07:53:11

Sizga ham bizga ham islom muborak!
Qalbimiz bahori qur'on muborak!
Allohdan ajr kutib duo qilguvchi kun,
Sayyidul ayyom jum'a muborak!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  24 Yanvar 2009, 22:50:08

Ajal shunday ko'prikki, undan hamma o'tadi.
Kafan shunday to'nki, uni hamma kiyadi.
Tobut shunday to'nkaki, uni hamma minadi.
Qabr shunday uyki, unga hamma kiradi.
Ushbu smslarni yuborgan birodarlarimdan Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  30 Yanvar 2009, 09:48:33

Umr daryodek oqar.
Yaqindir qaytmas safar.
Ruh ko'kka parvoz etar.
Kelar ketar bu dunyo.
Dilim, bo'lma besabr.
Jonimga qilma jabr.
Borar joyim tor qabr.
Kelar ketar bu dunyo.
Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  07 Fevral 2009, 10:33:05

Dunyoda biz doim qadr izlaymiz.
Dardimiz bilganni qadrlamaymiz.
Qadrimizga yetganni boshiga urib.
Gulni senlaymizu toshni sizlaymiz.
Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Abdulhafiz  13 Fevral 2009, 10:02:45

Birodar yaqinlarni qiling ziyorat.
Qilgan duoingiz bo'lsin ijobat.
Men xursand bo'larman qiling ibodat.
Jum'a ayyomingiz bo'lsin muborak.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  17 Fevral 2009, 09:55:50

Xullas nomerim sizga ayon.
Yo'l oling paynet tomon.

Iltimos, mavzu nomiga e'tibor bering. Eng ibratlim, go'zal SMSlar deyilgan. Siz esa o'zingizni SMSingizni bir o'ylab ko'ring.

Qayd etilgan


Fatima  17 Fevral 2009, 15:08:35

O`lim to`shagida do`stingni ko`rsang,
Ko`nglini ko`tarib, ruhini shod et.
Sen ham bu dunyoda mehmon erursan
Unutma doimo eslagin, yod et!

Qayd etilgan


Fatima  17 Fevral 2009, 15:15:33

Agar hayot aldasa seni
Sen noumid bo`lma hech qachon.
G`amli kunga qilgin itoat,
Baxtli kunlar keladi ishon!

Qayd etilgan


Fatima  17 Fevral 2009, 15:29:31

Shodligim qadrini anglatdi g`amlar,
Umrimning qadrini anglatdi damlar.
Insonlik QADRIMNI, BURCHIM, O`RNIMNI
Sizlardan angladim aziz, odamlar!

Qayd etilgan