Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 122700 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 23 B


siddiqa  18 Fevral 2009, 15:05:01

--------------------------------------------------------------------------------
Haq talab aytilgan har bitta so’zim,
Haqning visoliga mushtoqman o’zim.
Buyuk visol uchun Haq jamoliga,
Qarab turishga lek chidarmi yuzim.

Qayd etilgan


siddiqa  18 Fevral 2009, 15:05:47

Falakning dastidan oh chekardim oh,
G’oyibdan bir ovoz keldiku nogoh.
-Eshitmaydi yoki ko’rmaydi, dema,
Barchasini bilib turibdi Olloh.

Qayd etilgan


siddiqa  18 Fevral 2009, 15:08:21

--------------------------------------------------------------------------------
Quvonchmas, azobni mayliga yutay,
Yaxshilikni lekin etagin tutay.
Va lekin, do’stginam, so’nggi nafasda,
Kalimamni aytib dunyodan o’tay.

Qayd etilgan


Zamiraxon  18 Fevral 2009, 15:10:14

"Yorim yo'q", deb yig'laydi inson,
Bilmaydimi, Olloh unga yor!
"Do'stim yo'q", deb o'kinar inson,
Bilmaydimi, Joynamozdek vafodori bor!
"Sirdoshim yo'q", deb bo'zlar inson,
Bilmaydimi, Namozku sirdosh!
Gar Iymonla o'tsa dunyodan,
Islom unga bo'ladi quyosh!

Smsni yuborgan insondan Olloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


siddiqa  22 Fevral 2009, 18:49:49

erta tongda ko'zlarim ko'rib
oyoqlarim yerni his qilib
yashab tursam yuragim urib
shukur senga QodirAllohim .

Qayd etilgan


siddiqa  22 Fevral 2009, 18:51:44

Muborak kunlarda bo'lgani kabi
Haq yodi bezasin har kunimizni ,
hardamda,harqadam ,har soniyada
Alloh panohida asrasin SIZNI..

Qayd etilgan


Zamiraxon  22 Fevral 2009, 18:56:14

Ibodatda tiladim bugun saharda,
SHu insonga baxt berishni qilmagin kanda.
Toleyi samolardek bo'lsin ilohim,
Nimaiki tilasa bergin Allohim.

Qayd etilgan


Muhseena  23 Fevral 2009, 15:33:10

Bu dunyoni bir yaproqqa o'xshataman,
Jism-u jonim yer-tuproqqa o'xshataman.
Bir insonning hayotga kelib ketishin
Yonib o'chgan nur-chaqmoqqa o'xshataman.

Qayd etilgan


Muhseena  23 Fevral 2009, 15:35:11

Tuproqdin yaralmish aslida inson
Oxiri tuproqqa qaytar begumon.
Rabbim rizosiga erishmoq uchun
Ixlos va ibodat yagona imkon.

Qayd etilgan


Fiona  27 Fevral 2009, 11:35:25

Allah bolsin robingiz,
Jannat bolsin uyingoz
Islom bolsin diningiz
Bahtli otsin umringiz
Bu otkinchi dunyoda,

Qayd etilgan