Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 99855 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 23 B


Munavvara  05 Avgust 2008, 10:28:29

Sog'inganda tunlari bedor,
Yulduzlarga uzoq qarayman
Musaffodir mening tilagim,
Sizga shirin tushlar tilayman.

Qayd etilgan


Munavvara  05 Avgust 2008, 10:33:26

Hayot hayotligin qilsa nogahon,
Sizdan yuz o'girsa jumlai jahon,
Do'stlarizdan qolsa bir nafar inson,
Bilinki shu do'stiz o'zimman har on.

Qayd etilgan


Munavvara  05 Avgust 2008, 10:36:35

Allohdan din so'radim ISLOMni berdi,
Ilmni so'radim QUR'ONni berdi,
Iymonni so'radim RASULni berdi,
Bir mehribon so'radim sizni berdi.

Qayd etilgan


Munavvara  05 Avgust 2008, 10:38:27

Kimningdur yo'liga termulaman zor,
Kimningdur qalbiga berganman ozor,
Kimningdur esidan chiqaman balki,
Kimningdur qalbida yashayman hamon.

Qayd etilgan


Munavvara  05 Avgust 2008, 10:40:30

Alloh bo'lsin Robbingiz,
Jannat bo'lsin uyingiz,
Islom bo'lsin diningiz,
Baxtli o'tsin umringiz,
Bu o'tkinchi dunyoda,
O'zim bo'lay do'stingiz.

Qayd etilgan


Munavvara  05 Avgust 2008, 10:42:12

Atirgul bor o'zingiz,
Barglari do'stlaringiz,
Tikoni dushmaningiz,
G'unchasi sevganingiz,
Atirgul o'saversin,
Barglari ko'payaversin,
Tikonlari kamayib,
G'unchasi bitta bo'lsin.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:16:37

Bugun gul do’konida bir gul ko’rdim, u gul dunyodagi eng GO’ZALman deb maqtanar edi. Men uni SIZ uchun oldim, go’zalligi uchun emas, SIZni ko’rib uyalsin deb

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:18:21

Kunlarning shoxidir JUM’A ayyomi
Shu sabab ulug’dir bu kunning nomi.
Sizga bu kun tilayman oltindan bir taxt,
Alloh nasib etsin ilohiy bir baxt.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:19:53

Oyning yog’dulari bir Sizga bo’lsin,
Umringiz saodat nuriga to’lsin.
Bugun bir kunning ham adog’i yetdi,
Ushbu tuningiz ham xayrli o’tsin.

Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:21:13

Do’stlikdir OLLOHdan shirin inoyat,
Uni xor qilmoqlik og’ir jinoyat.
Men Sizga, Siz menga aziz omonat,
O’zingizni men uchun asrangiz do’stim.

Qayd etilgan