Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 122577 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 23 B


Robiya  22 Avgust 2008, 14:22:16

Har bir ishda olim bo’lgan birodarim,
Ramazonda soim bo’lgan birodarim.
Har namozda qoim bo’lgan birodarim,
Qalbda toza iymon bo’lgan birodarim
Jum’a Muborak!


Qayd etilgan


Robiya  22 Avgust 2008, 14:23:15

Vo ajab yuz marta urganda yurak,
Yuz marta o’zgarar dildagi tilak.
Ko’ngilda Jannatning g’amidan bo’lak,
G’ami yo’q bandasi bo’ling ilohim.

Boshdan oyoqqacha rahmatga cho’mgan,
Yuzlaridan iymon nurlari tomgan.
Yuragi islomning g’amida yongan,
Qalbi chog’ bandasi bo’ling ilohim!

Ushbu SMSlarni yuborgan birodarlarimdan Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:45:37

Do’st do’stga hamisha tayanch bo’larmish,
Yiqilgan chog’ida suyanch bo’larmish.
Yig’lasa-yig’larmish,kulsa-kularmish,
Duoga qo’l ochib baxtin tilarmish.

Duoda unutmang..!

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:49:42

Assalomu alaykum!

Yaxshi,yomon bari taqdir,
Jannat,do’zax bari haqdir.
Kutmoqdadir bizni qabr,
Mahshar tomon ketmoqdamiz,
Asl madad Allohdandir.

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:51:32

Assalomu alaykum!

Erta uyg’onganga otashin salom,
Namoz o’qiganga buyuk ehtirom,
Shunday aziz baxtni yaratgan Egam,
Sizni panohida asrasin har dam.

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:56:01

To’xtab qolgan daryo oqar baribir,
Qaytgusidir sherlar ham bir kun iziga.
Insofi bor dunyo tinmay hayqirar,
"œKERAK EMAS ISLOMSIZ HAYOT BIZGA!"

Qayd etilgan


Robiya  27 Avgust 2008, 13:57:37

Labingizdan arimasin kulgu hech qachon,
Muhabbat bog’lari bo’lsin bir makon.
Ezgu niyatlarning shoxida bo’ling,
Salomatlik ila ko’p umr ko’ring.

Qayd etilgan


Aisha  28 Avgust 2008, 14:02:01

Oshiq bo'ldim Allohga, go'zal Rosulullohga.
Mavlosini sevganlar qo'l urarmi gunohga.
Qalbimda ohim bor, ortimda ne gunohim bor.
Ne g'am chekarsan ko'ngil, avf etguvchi Alloh bor.
Roziman desa Alloh, kel desa Rosululloh,
Shukur qil shunday bahtga,aytgin Alhamdulillah.

Qayd etilgan


Aisha  28 Avgust 2008, 14:08:14

Uzun orzu qilish aldadi meni,
Halok qildi mol dunyoga havasim.
Shayton adashtirdi haq yoldan meni,
Yomon amallarga buyurdi nafsim.
Gunohlarim ko'pdir,holim yo'q zabun,
Robbim faqat sendan kutaman najot,
O'zingdan umidvor bandalar uchun,
Yo'q aslo Sendan rahmliroq ZOT!

Qayd etilgan


Aisha  28 Avgust 2008, 14:10:58

Endi o'ylamayman, men uchun Robbim
Hamma hammasini o'ylab qo'yibdi.
Hayrdan hayrli lahzalarini
Umrim soatiga joylab qo'yibdi.

Alhamdulillah!

Qayd etilgan