Eng ibratli, go'zal SMSlar  ( 122681 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 23 B


Naimjon  29 Avgust 2008, 02:21:24

Ibodatim Alloh yo'lida,
Tilovatim Tangrim yo'lida,
Sizga bo'lgan hurmatim ham
faqat bo'lur Alloh yo'lida.
Taqdirim ham Tangrim qo'lida,
Adashmaylik umr yo'lida,
Men ham bo'lay do'stingiz,
Duo qiling Alloh yo'lida

Qayd etilgan


Naimjon  29 Avgust 2008, 02:37:22

The beautiful word is ALLAH,
Most beautiful song is Azan,
Best exercise is Namaz,
World perfect book is Quran,
And u r so lucky if u r a Musliman

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 15:34:35

Gar qalbing yig’lasa sira ham tinmay,
Birov senga ozor bersa-da bilmay.
Yuraging amriga itoat etmay,
Bariga qo’l siltab bir tabassum qil!

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 15:36:29

Nechun, bilasizmi xo’roz har sahar
Turib motamzoda oh-nola qilar.
U bizga deydi-ki tong oynasida
Umringdan tun o’tdi — senchi BEXABAR!..


Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 15:38:37

Bu kun ham o’tadi, o’tmagan kun yo’q,
Bardoshga aylangin,mag’rur bo’l,chida.
O’ksinma ko’ksingga qadasalar o’q,
Qayg’u ham Tangridan ehson aslida

Qayd etilgan


Robiya  29 Avgust 2008, 15:39:40

Allohdan Siz uchun sog’liq so’radim,
Va yana foydali umr tiladim.
Buloqdek top-toza ushbu qalbizga,
Oxirat saodatin, baxtin tiladim.

Ushbu smslarni yuborgan birodarlarimdan Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


ZUBAIR  02 Sentyabr 2008, 00:40:19

Qalbni nurga to'ldirgan, iymon oyi muborak
Jannat yo'lin ko'rsatgan , Qur'on oyi muborak.
Ko'kdan tushgan malaklar, fayzli oylar muborak
Ro'zadorlar uchun, Rayyon oyi muborak.

Hammangizga Ramazon muborak bo'lsin

Qayd etilgan


ZUBAIR  02 Sentyabr 2008, 00:42:49

Allohning suyukli bandasi bo'ling
Buyurgan farzlarin amalda qiling
O'tkinchi dunyoda tavbani qilib,
Abadiy dunyoda jannatiy bo'ling.

Qayd etilgan


ZUBAIR  02 Sentyabr 2008, 00:44:22

Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy "œQur’on" nozil bo‘lgan oy ekan,
Ro‘za tutgan zot Iymonga boy ekan
Mo‘min-musulmonlar, Siyam muborak!
Qabul qilsin Subhon Allah Taborak...

Qayd etilgan


ZUBAIR  02 Sentyabr 2008, 00:46:32

Samo pardalari ochildi bugun,
G’azab koinotdan surgun qilindi,
Iftor dasturxonida uxraviy bir kun,
Ro’zaning sirini kim yecha bildi?

Qayd etilgan