Vo ajab yuz marta urganda yurak,
yuz marta o'zgarar dildagi tilak.
Ko'nglida jannatning g'amidan bo'lak,
g'ami yo'q bandasi bo'ling iloyim.
Boshdan oyoqgacha rahmatga cho'mgan,
yuzlaridan iymon nurlari tomgan.
Yuragi islomning g'amida yongan,
qalbi chog' bandasi bo'ling iloyim