Islom Ensiklopediyasi  ( 401001 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 98 99 100 101 102 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:11:25

HURUFIYLAR - 14-15-alarda Eronda vujudga kelgan g‘ulot shia firqalaridan birining tarafdorlari. Firqaga Fazlulloh Astrobodiy (taxm. 1340 y.da tug‘ilgan) asos solgan. 1386-87 ylarda u o‘z ta’limotini targ‘ib qilib chiqqan. U arab harflari sirli mazmunga ega degan ta’limotni ilgari surgani uchun al-Hurufiy (lug‘aviy ma’nosi "harfchi") taxallusini olgan, firqaning nomi shundan kelib chiqqan. Tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha, uni Amir Temur Shirvonga badarg‘a qilgan, shu sababli H. Temur va uning xonadonidan bo‘lgan hukmronlarga nafrat b-n qaragan. Temurning Eron va Ozarbayjon yerlarida hukmron bo‘lgan o‘g‘li Mironshohni ular dajjol deb ta’riflagan. H. tez vaqt ichida Eron, Ozarbayjon, Turkiya va Suriyada tarqalgan. H. olam abadiy, insonda xudoning qiyofasi aks etgan, olam taraqqiyotining har biri bosqichida xudo qiyofasi insonda mujassamlanib namoyon bo‘ladi, ana shunda insonning o‘zi Xudo bo‘ladi, oxirgi payg‘ambar - Muhammad, avliyolarning birinchisi Ali, o‘n birinchi imom Hasan al-Askariy esa, imomlarning oxirgasi, Fazlulloh Astrobodiy - xudo mujassamlashgan birinchi inson, degan ta’limotni ilgari suradi. Tez orada yerga Maxdiy kelib, ilohiy adolat o‘rnatadi, barchani teng qiladi, insonning insonga zulm qilishi tugaydi, deb kutadi. Ular mavjud hokimiyatga qarshi qurolli kurash tarafdori bo‘lgan, 1426-27 y.larda Hirotda temuriylardan bo‘lgan hukmdor Shohruxga kdrshi suiqasd uyushtirib, uni yarador qildi, lekin u tirik qoldi. Qo‘lga olingan H. maxfiy tashkilotining a’zolari beayov jazolandi va jasadlari olovda yondirildi. H. qatgiq ta’qib ostiga olindi va keyinchalik Eronda tugab ketdi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:11:42

HUSAYN ibn Ali (626-680) - Ali ibn Abu Tolib(kv)ning (Fotimadan tug‘ilgan) kichik o‘g‘li, Muhammad (sav)ning nabiralari, uchinchi shia imomi. 669 y.da Hasan vafot etgandan keyin Ali(kv) tarafdorlari uni o‘z rahbari deb e’lon qilgan. 680 y. xalifa Muoviya o‘lgandan keyin Irokda umaviylarga qarshi harakat faollashgan. H. Yazidga bay’at qilishdan bosh tortgan. Kufa shialari H.ni o‘zlarining imomi deb tan olib, Kufaga taklif etgan va xalifa Yazidga qarshi qo‘zg‘olonga bosh bo‘lishni so‘ragan. H. Makkadan Kufaga jo‘naydi. 70 jangchisi b-n Kufaga yaqin Karbalo dashtiga yetib kelganida xalifa Yazidning 4 ming kishilik qo‘shini unga qarshi chiqqan. 680 y. 10 okt. kuni H. jangda shahid bo‘lgan, jasadi o‘sha yerga dafn etilgan. Shu munosabat b-n Karbalo shialarning asosiy muqaddas ziyoratgohiga aylangan. H. halok bo‘lgan sana shialarda motam kuni sifatida nishonlanadi (q. AShuro).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:12:12

HUSAYN VOIZ KOSHIFIY (1440-1505) -ilohiyotchi, shoir va adib. Xuroson viloyati Sabzavor sh. Bayhaq kentida tavallud topgan. Asosan, Hirotda yashab, uzoq yillar bu yerdagi madrasalarda dars bergan. Qur’onga to‘rt jildli sharh bitgan. Shuningdek, din tarixi, riyoziyot, falakiyot, kimyo, fiqh, adabiyot va san’at sohalarini to‘liq o‘zlashtirgan va bu fanlarga oid 200 dan ziyod asar yozgan. H.V.K. voiz, notiq sifatida ham dong taratgan. "Axloqi Muhsiniy", "Javoqirnoma", "Risolai Hotamiya", "Axloqi Karim", "Tafsiri Husayniy", "Futuvvatnomai Sultoniy", "Anvori Suhayliy", "Oinai Iskandariy" kabi kitoblarida din-diyonat, ma’naviyat, davlatni boshqarish, komil insonni tarbiyalash masalalari, gunoh va savob, vijdon, burch singari tushunchalar yoritilgan. Uning fikricha, Alloh yaratgan inson zoti dunyodagi eng yuksak, olijanob mavjudotdir, binobarin unda saxovat, shijoat, sabr-toqat, rostgo‘ylik va kamtarlik kabi fazilatlar mujassam bo‘lishi shart. Kishilar birlashib, jamiyatni hosil qiladi. Jamiyat, davlat esa, adolatli boshqarilsa, shariatga, diyonatga rioya qilinsa, odil siyosat yuritilsa jamiyat, mamlakat rivojlanadi, xalq yaxshi yashaydi. "Rashahot ayni-l-hayot" ("Hayot chashmasidan tomchilar") asarida naqshbandiylik tariqati mashoyixlari haqida hikoya qilinadi. H.V.K. yaratgan asarlar o‘nlab yillar davomida Xuroson madrasalarida darslik sifatida mutolaa qilingan, O’rta Osiyo va Eron tarixi hamda madaniyatini o‘rganishda muhim manba sanalib, arab, eski o‘zbek, tatar, ingliz, frantsuz va b. tillarga tarjima etilgan, Sharku G’arb mamlakatlaridagi kutubxonalardan o‘rin olgan. H.V.K.ning "Futuvvatnomai Sultoniy" asari nashr etilgan (Toshkent, 1993).

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 08:12:58

Asosiy mualliflar ro‘yxati
 
Abdulhay Abdullaev
Abdulhay Abdurahmonov
Abduqayum Azimov
Marfua Alaviya
Mahfuza Alimova
Mansurali Arabboev
Muhammad Ahmad
Sirojiddin Ahmedov
Shamsuddinxon Boboxonov
Abdulhakim Juzjoniy
Zohidjon Islomov
Hamidulla Karomatov
Abdulaziz Mansurov
Mahkam Mahmudov
Ahmad Mubashshir
Zohidillo Munavvarov
Soat Musaev
Ismoil Muhammad Yusuf
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Salohiddin Muhitdinov
Ashirbek Mo‘minov
Bahodir Nurmuhammad
Sultonmurod Olimov
Qahramon Rajabov
Nodir Ramazonov
Durbek Rahimjonov
Ilhom Sultonov
Abdulhamid Tursunov
Alisher Tursunov
Ahmad Tursunov
Ubaydulla O’vatov
Davron Shorahmedov
Abdurahmon Rofurov
A’zam Qambarov
Zohidxon Qodirov
Muhammadjon Qodirov
Suyun Qoraev
Muhammad Ayub Hamidov
Ahadjon Hasanov
Faxriddin Hasanov
Zuhriddin Husniddinov

Qayd etilgan


Shahina  19 Oktyabr 2006, 07:48:02

HARFLAR KO’RSATKICHI

A B V G D Y J Z I K L M N O P R S T U F X Ch Sh E Yu Ya O’ Q G’ H

Qayd etilgan