Jamshid Ne'matov. Ota-onaga oq bo'lish  ( 36809 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Munira xonim  31 Avgust 2007, 21:13:55

4.Nafsni yahshilik qilishga o'rgatish.
inson o'zini ota-onasiga yahshilik qilishga tayorlashi kerak, shunga harakat qilishi, intilishi shart. Ana shunda bu odatiy narsaga yalanadi.
5.Ajrashgandan so'ng (taloq holatida) Allohga taqvo qilish.
Ya'ni, ota-ona bir-birlari bilan kelisha olmasalar, ajrashsalar, farzandlarni bir-birlariga qarshi qayramasdan, yahshilik qilishga buyurishlari lozim. Chunki, farzandlar oq bo'lsa, ota-ona qurbon bo'ladi. Qarabsizki, o'zlari ham badbaxt bo'ladilar, farzandlarini ham badbaxt qiladilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Avgust 2007, 21:19:33

6.Solih ota bo'lish.
Ota solih bo'lsa, farzand ham solih bo'ladi va ota-onaga yahshi muomalada bo'ladi.

7.Yahshilikka buyurish.
ya'ni, farzandlarni yahshilikka undab, ruhlantirib, ularga yahshilik qilish fazilatlari, oq bo'lish oqibatlari haqida nasihat berish lozim.

8.farzandlarga yordam ko'rsatish.
Ya'ni, ota-onalar farzandlarini yahshilik qilishga har taraflama qiziqtirib, g'oyibona duolari bilan ko'maklashishlari lozim.
Shunday ota-onalarimiz borki, farzandlari, nabiralarini bir daqiqa ko'rishmasa turolmaydilar. farzandlar ham ota-onalariga chin dildan, rohatlanib xizmat qilishadi. Ularning shunchalik mehribon bo'lishlariga asosiy sabab ota-oanning shirin so'zligi, ularni suyishi, xaqlariga ko'p duoda bo'lishlari, ularga tashakkur aytishi, qalblariga surur bag'ishlovchi chiroyli ismlar bilan chaqirishidir.

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Avgust 2007, 21:24:28

9.O'zini ota-onasining o'rniga qo'yib ko'rish.

Ey farzand! Erta-indin qarib, kuchdan qolganingda, soching oqarib, qimirlashga ham xoling qolmaganida, farzandlaringdan yomon muomala, qo'pollik va surbatlik ko'rsang, qanday ahvolga tushasan?!

10.Yahshilar va oq bo'lganlar haqida hikoyalar o'qib turish.

yahshilik qiluvchilarning siyrati himmatimizni oshiradi. Yahshi qirralarimizni ochib, ezgulikka boshlaydi. Oq bo'lganlar haqidagi hikoyalar, ularning qanday balolarga yo'liqqanlarini bilish bizni oq bo'lishdan qaytaradi va yahshilik qilishga chorlaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Sentyabr 2007, 17:17:40

Ahli ayol va ota-ona.

Ota-onamizga yahshilik qilishga boshlaydigan amallar zanjirining bir qismi bo'lgan mazkur masala haqida yuqorida so'z ochib o'tgan edik. Bu mavzuga alohida to'htalishimizning sababi uning nihoyatda ahamiyatli va dolzarbligidir. Chunki ota-ona bilan xotin o'rtasida kelishmovchilik paydo bo'lsa, ularni murosaga keltirish aynan erning vazifasidir. Bunday hollarda esa, ko'pincha kel;in eriga ta'sir o'tkazishga harakat qiladi. Ota-ona yoki ulardan biri esa, odatda jahldor bo'ladi va ko'pincha o'g'ildan xotinini qo'yib yuborishni talab qiladi. garchi bunga loyiq ish qilmagan bo'lsa ham. Yana shunday hollar bo'ladiki, ota-ona "xotiningga ko'p erk berib yuboryapsan"m deb o'g'illarini ishontirishadi. O'g'il unga kam e'tiborli bo'lsa ota-onasining gaplariga qo'shiladi.
Xo'sh, bunday holatlarda nima qilish kerak? Nahotki, er-o'g'il qo'l qovushtirib o'tirsa! Nahotki, ota-onasiga oq bo'lsa, ularga yomonlik qilsa, ularning ra'ylarini qytarsa yoki xotinini rozi qilish uchun ularga qattiqqo'llik bilan qarshi chiqsa.
Yoki ota-onasi noxaq bo'lishsada, ularning gaplariga qo'shilib, xotinini aybdor xisoblasa?
Yo'q aslo unday emas. Bunday hollarda erkak kishi muammoni yechish, ularni murosaga keltirish va oralarini islox qilish uchun bor kuchini sarf qilishi lozim.
Insonning irodasi va shaxsiy kuchi ba'zi odamlarning oldidagi xuquq va burchlarini muvozanatga keltirishda ko'rinadi. Oqil odam bunday xollarda ikkala tarafga ham jabr qilmagan holda, har ikkala tarfani xuquqlarini ado etib, o'z xikmatini namoyish etadi.
Shariatning buyukligi shundaki, unda sanab o'tilgan holatlar orasida muvozanat o'rnatadigan,  ixtiloflarni daf qiladiganxukmlar bayon qilingan. Oqil odam Allohning yordami bilan har bir haq egasiga haqqini berishi kerak.
Ijtimoiy kelishmovchiliklar va oilaviy muammolarning aksari mana shu muvozanatning buzilishidan kelib chiqadi. Har ikkala tarafning o'z haqlariga rioay qilishlari, ya'ni, o'z vazifalarini to'liq ado etishlari, shu muammolarning oldini oladi.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Sentyabr 2007, 17:23:36

Quyida mavzuga oid ba'zi xususlarni ko'rib chiqamiz. Ushbu aytilayotganlar er kishiga, uning zavjasiga va ota-onasiga, xususan onasiga qaratilgan.

Erning ota-onasi va ahli ayoli orasida rioya qilishi lozim bo'lgan vazifalari.

1.Ota-onaga e'tibor va ularning tabiatlarini tushunishga harakat qilish.
Ya'ni, uylanganidan keyin ham yahshilik qilishni to'xtatmaslik, ularning xuzurida zavjasiga muhabbat ko'rsatmaslik lozim, ayniqsa, jahllari tez bo'lsa. Agar shunday qilsa, ota-onasining qalbida dushmanlik (raqobat) hissini uyg'otib, g'ayurlikni uyg'otishi mumkin. Aksincha, ota-onasining ko'nglini ovlab, ularni rozi qilishga intilishi lozim.

2.Zavjasiga insof qilish. Ya'ni, uning xaqqini bilib, ota-onasidan zavjasi haqida eshitgan har qanday gaplarni qabul qilavermay, gumonga bormasdan yahshilab o'ylab ko'rishi kerak.

Qayd etilgan


Munira xonim  01 Sentyabr 2007, 17:28:27

3.Oralarida muhabbat paydo qilish. Er kishi ahli ayolini ota-onasiga hadyalar qilishga buyurishi yoki o'zi hadya olib kelib ayoli orqali ularga, ayniqsa onasiga berish turishi lozim. Chunki bu ish qalbni yumshatadi, o'rtada mehr paydo qilib, yomon gumonlarni tarqatib yuboradi.

4.Ahli ayoliga to'g'ri tushuntirish. Masalan, "Ota-onam mening ajralmas qismim, nima bo'lganda ham ularga oq bo'lishdan qo'rqaman. Ularga nisbatan hech qanday noma'qulchilikni qabul qilmayamn. Ota-onamga qilayotgan sabring va xizmatingdan senga muhabbatim oshadi va kuchayadi", degan gaplarni aytib turishi lozim.
Shuningdek, bir kuni kelib u ham ona bo'lishini va ana o'shanda unga qanday muomala qilinsa, rozi bo'lishini eslatib turish kerak va hokazo.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Sentyabr 2007, 10:04:10

Mazkur aloqalarda zavjaning vazifasi.

Bu vazifani ado etish uchun ayol avvalo erini o'zidan ustun ko'rishi, qarindoshlarining xurmatini joyiga qo'yishi, qaynona-qaynotasini hurmat qilishi lozim. Bularning hammasi eriga bo'lgan hurmatdan kelib chiqadi.
Erning haqqi ota-onasining haqqidan ham ulug', er qarindosh-urug'lari, otasining tanishlari bilan ijtimoiy aloqalarni uzmaslikka ma'mur ekan, ayolga birinchi navbatda eri va erining yaqinlari bilan aloqani mustahkam qilish talab etiladi.
Shuningdek, qaynona-qaynotasini hurmat qilish asl islomiy xulq bo'lishi bilan birga nafsning oliyjanob va toza ekaniga dalolat beradi.
Bu amali bilan zavja erining rizoligiga, qarindoshlar muhabbatiga erishadi. Shuningdek, u urush-janjallardan yiroq bo'ladi, duo oladi,baraka topadi.
Undan keyin, fozila ayol boshidanoq tushunishi zarur:eri ustidagi "raqobatchi" deb bilagan bu ayol erining onasi, uni qrnida to'qqiz oy ko'tarib yurgan, suti bilan boqqan, mehri bilan tarbiyalagan, komil inson bo'lishi uchun o'zini ming ko'yga solgan onasiga eng aqlsiz holatda ham qarshi bormaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Sentyabr 2007, 10:16:05

Ey zavja! Bu ayol - qaynonang hali sening bolalaringni tarbiyalaydi, sening bolalaringga buvilik qiladi, bolalaring unga uzviy bog'liqdir. U seni kamsitsa ham, sen uni kamsitma! Uni o'z onangdek ko'rsang, u seni qizidek ko'radi. Ona tarafdan qiziga nisbatan ba'zida qattiqqo'llik bo'lib turishi xaq va bunday hollarda qizdan faqat sabr, chidam va savob - ajrdan umidvorlik talab qilinadi.

Agar oilada islomiy odob hukm sursa, har kim o'z haqqi burchini bilsa, o'zaro tinch - totuv, hayotlari shirin bo'ladi.

Ey zavja! Bilginki, ering o'z oilasini sening oilangdan ko'ra ko'proq yahshi ko'radi, bu bilan uni ayblama. Sen ham o'z oilangni uning oilasidan ko'proq yahshi ko'rasan, uning oilasini yomon ko'rish, ularga aziyat yetkazish, ularni kamsitish bilan eringni g'azabiga uchrama, uni o'zingdan uzoqlashtirma, sovutma.
Ey zavja!Aka-ukalaringning ayollari sening ota-onangga nisbatan yomon muomalada bo'lishini hohlarmiding? Yoki qariganingda o'z keliningdan shunday muomala ko'rsang, rozi bo'larmiding?

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Sentyabr 2007, 10:25:40

Soliha ayolning eriga yordamlashishi ko'p hollarda muammolarni yechishga, kelishmovchiliklarning oldini olishga, birdamlik, totuvlikka olib keladi. Chunki ota-ona kelinlaridan muhabbat va muruvvat ko'rsalar, ular, albatta, bu ishdan rozi bo'ladilar. Bunday kelinlarni qaynona - qaynotalari o'z qizlaridek, hatto undan ziyoda yahshi ko'rganlariga ko'p marta guvoh bo'lganmiz. Bu narsalar Allohning tavfiqi, zavjaning donoligi va erning ota-onasiga qailgan yahshi muomalasining samarasidir.
Yuqoridagilarga qo'shimcha qilib shuni aytishimiz mumkinki, qaynona - qaynotaning ko'ngliga yo'l ochadigan amallarga sabrli bo'lish, oqibatni o'ylab ish qilish, shuningdek, ularni sovg'a salom bilan xursand qilib turish, chiroyli suhbatlar qurish, ularning gaplarini tinglash, shirinso'z bo'lish, birinchi bo'lib salom berish va hamfikrlik kiradi.Yana ayol kishi erini ota-onasiga yahshilik qilishga undashi va uni ota-onasidan ham ko'proq yahshi ko'rsa, buni sezdirmasligi kerakligini aytishi lozim.
Yana ayol kishi qo'llarini duoga ochganda Allohdan qaynota va qaynonasining qalbini unga moyil qilishini va o'zini ularga yahshi muomalaqilishga boshlashini so'rashi kerak.
Ey odobli zavja! Bu gaplarni mushohada qil. Zero, senga kelgusida maqtovlar, rahmatlar, mislsiz va to'htovsiz ajr-savoblar bordir.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Sentyabr 2007, 10:19:19

Qaynonaning vazifasi.

Shunday onalar borki, o'zi bilmay turib o'g'lini qiynab qo'yadi. Vaholanki, u o'g'lini yahshi ko'radi, saodatini istaydi, jon-jahdi bilan o'g'lini uylantirishni hohlaydi, sovchilik ham qiladi. Biroq, uning noto'g'ri amallari o'g'liga va o'ziga zarar keltiradi. Chunki, o'g'il uylangach, onasi o'zini o'g'lidan ajralib qolgandek his qiladi, o'g'lini o'ziga qaytarishni istab qoladi. Va o'z-o'zidan keliniga dushman bo'lib qoladi, unga qarshi ish qila boshlaydi,"undan zo'rini topib beraman', degan gaplarni aytadi, garchi kelini go'zal va axloqli bo'lsa ham.
Yana shunday onalar borki, o'g'li kelini bilan baxtli bo'lsa yoki zavjasi o'g'lini juda sevishini bilsa, qalbida rashk o'ti yonadi va ko'pincha yomon oqibatlarga olib keladigan harakatlarga qo'l uradi.
Kelini bilan kelisha olmagach, uning ayblarini qidiradi, yahshi taraflarini yashiradi, tuhmatlar qiladi, yomon voqealarni tilga olaveradi, o'tgan gaplarni qo'zg'ayveradi.

Ey munis ona! Ey o'g'lini yahshi ko'ruvchi, o'g'liga baxt tilovchi dono ayol! Buzg'unchi bo'lma. Oiangni yondiradigan olovni yoqma. Tinch-osuda hayotingni zaharga aylantiradigan vahimali hayollarga berilma. Kelining bilan san-manga borma, unga ona bo'l, u senga qizlik qiladi. Uni yahshi ko'r va undan o'tgan hatoliklarni ko'rmaganga ol. Agar ko'rsang ham, shirin nasihat bilan unga o'rgat. Shunda ikkalangizga ham yahshi bo'ladi. Unga hadyalar berib ko'nglini ol. Unga keng qalbing bilan, cheksiz mehring bilan, xolis duolaring bilan yordam ber. Alloh o'zi seni qo'llaydi va senga o'z lutfi bilan madad beradi.

Qayd etilgan