Jamshid Ne'matov. Ota-onaga oq bo'lish  ( 36783 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Munira xonim  03 Sentyabr 2007, 10:26:35

Ibratli qissalar.

Yuqorida ota-onaga yahshilik qilish, buning uchun rioya etishimiz lozim bo'lgan odoblar,yahshilik qilishga boshlaydigan omillarni ko'rib chiqdik. Endi ushbu odoblarga rioya qilishimiz lozim. Zora, duolari ijobat bo'ladigan, tavba qilsalar, Alloh kechiradigan yahshi va aziz insonlar safiga qo'shilsak.
Biz payg'ambarlar, avliyolar, ularga ergashgan solih zotlardan o'rnak olishimiz lozim. Ular ota-onaga yahshilik qilishni ajoyib namunalarini qoldirganlar. Alloh ularning ikki dunyolarini ham obod qildi va nomlarini abadiylashtirdi.
Quyida ota-onasiga yahshilik qilishga chanqoq solih insonlar uchun zamonlar o'tishiga qaramay, hanuz guldastasidan ifor taratib turgan qissalar va namunalar keltiramiz.
Alloh qalblarimizning yahshi taraflarini yuzaga chiqarsin va bizni go'zal amallarga boshlasin.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Sentyabr 2007, 10:35:11

Anbiyolar qissasi.

1. Allohning payg'ambari Nuh a.s. Alloh taolo Qur'oni karimda Nuh a.s.ning ota-onasini duo qilgani va ularga istig'for aytganini namuna sifatida keltirmoqda:

Parvardigorim, o'zing meni, ota-onamni, mening uyimga mo'min holda kirgan kishilarni va barcha mo'minu-mo'minalarni mag'firat qilgin!
(Nuh surasi, 28-oyat)

2. Ibrohim Xalilulloh otasiga sof latofat bilan, uning hidoyati va najotini istab, adashishi va halokatidan qo'rqib iltijo qilgani ham Qur'oni karimda zikr qilingan:

Ushbu Kitobda Ibrohim a.s. qissasini zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo'y payg'ambar edi. Eslang, u otasiga:"Ey ota, nega sen eshitmaydigan, ko'rmaydigan va senga biror narsa asqotmaydigan butga ibodat qilursan? Ey ota, darhaqiqat, menga senga kelmagan ilm - ma'rifat keldi. Bas, sen menga ergashgin, seni xaq yo'lga boshlayman. Ey ota, sen shaytonga ibodat - qullik qilmagin! Chunki shayton Rahmonga osiy bo'lgandir.

(Maryam surasi 41-45-oyatlar)

Qalb to'rigach yetib boradigan ushbu ta'sirli so'zlar, mushfiq iboralar bilan otasiga murojaat qilgan.

Qayd etilgan


Munira xonim  04 Sentyabr 2007, 09:31:12

3.Ibrohim a.s. o'g'li Ismoil a.s.
Insoniyat tarixida ota-onaga itoat borasidagi eng go'zal namuna egasi bo'lgan otasi unga:

Ey o'g'ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so'yayotganimni ko'rmoqdaman".
(Vas-soffat surasi, 102-oyati), deganida bu solih o'g'il qarshi chiqmadi. Qo'rqmadi, paysalga solmadi, hatto ikkilanmadi ham. Aksincha, Alloh taolo bizga xabar berganidek:

Ey otajon, Senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshaalloh, meni sabr qilguvchi ekanimni toparsan".
(Vas-soffat surasi, 102-oyati) dedi.

Naql qilinishicha, Ibrohim a.s.ga tushida ayon bo'lgach, o'g'liga:"Ey o'g'lim, arqon va pichoqni ol. Daraga borib o'tin kesib kelamiz", dedilar. Manzilga yetgach, nima qilmoqchi ekanini aytadilar. Ismoil a.s:"Ey, otajon,Meni qattiqroq bog'lang, qinalmayin. Kiyimingizni ehtiyot qiling, qonim tegib onamning ko'zi tushmasin. Menga oson bo'lsin desangiz pichoqni yahshilab o'tkirlang va bo'g'zimdan tez yurgizing. Onamga mendan salom ayting!", dedilar. Shunda Ibrohim a.s:Sen ajoyib yordamchisan", dedilar va yig'lab bag'rilariga bosdilar. So'ng bo'g'ziga pichoq tortdilar, lekin u kesmadi. Tosh bilan ikki-uch bora o'tkirlasalar ham kesmadi. Shunda o'g'il:"Ey ota, yuzimni pastga qaratib yotqizing. Yuzimga qaraganingizda rahmingiz kelib, Allohning buyrug'ini bajarishga to'sqinlik qilyapti. Men ham pichoqni ko'rmayin bezovta bo'lyapman", dedi. Ibrohim a.s. shunday qildilar va pichoqni bo'g'ziga qo'ydilar. Shunda birdan pichoq tushib ketdi, nido qilindi:

Ey Ibrohim! Darhaqiqat, sen ko'rgan tushingni rost bajo qilding".
(Vas-soffat surasi, 104-105 oyatlari)

4. Iyso ibn Maryamga va uning onasiga salomlar bo'lsin. U zot beshikligidayoq onasini o'ylagan i va buni Allohga ibodat qilish bilan bog'lagani uchun unga buyuk maqtov va sanolar keldi.

Shuningdek, ALloh meni onamga mehribon - itoatli qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi".
(Maryam surasi, 32-oyat)

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Sentyabr 2007, 08:07:35

Salaflar qissasi.

Agar bir salafi aolihlarimizni siyratlariga nazar tashlasak, ularning ota-onalariga yahshilik qilishga qanchalik qattiq ahamiyat berganlarini tasdiqlaydigan yorqin sahifalarni topamiz.

Ummu Honiy binti Abu Tolibning xojasi Abu Murradan hikoya qilinishicha, u kishi Abu Hurayra bilan daradagi uylariga qarab ulovga mingashib ketib borar edilar. O'z yerlariga kirgach, bor ovozi bilan:"Sizga salom, Allohning rahmati va barakoti bo'lsin, ey onajon", deb hayqirdi. Onasi ham javoban:"Senga ham ALlohning rahmati va barakoti bo'lsin", dedi. U yana:"Mening kichikligimdan tarbiyalaganingiz uchun sizni O'z rahmatiga olsin", dedi. Shunda onasi:"Ey O'g'lim, seni ham Alloh qarigan chog'imda qilgan yahshiliklaring uchun mukofatlasin va sendan rozi bo'lsin", dedi.

Ibn Umar r.a.ga Makkaga ketaverishda a'robiylardan bir kishi uchradi. Abdulloh ibn Umar r.a. unga salom berdi va o'zi minib ketayotgan eshakka o'tqizdi, so'ng boshidagi kulohini kiydirib qo'ydi. Shunda u kishining yonidagi Ibn Dinor va boshqalar:"Sizni Alloh qo'llasin, u bir a'robiy bo'lsa, bunchalik hurmat qilish shart emasku", deyishdi.
Abdulloh ibn Umar r.a:"Buning otasi mening otamni do'sti edi. Men Rasululloh s.a.v.ning:"Ota-onaga yahshilik qilishning eng a'losi otaning do'stlari bilan aloqani uzmaslik", deganlarini eshitganman", dedilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Sentyabr 2007, 08:14:58

Mo'minlar onasi Oisha r.a. rivoyat qiladilar:"Rasululloh s.a.v. aytdilar:"Jannatga kirganimda bir qiroatni eshitdim va:"Bu kim?" deb so'radim. Ular:"Horisa ibn No'mon. O'rnak olinglar, o'rnak olinglar! U onasiga eng ko'p yahshilik qilgan inson edi", deyishdi".

Abu Abdurahmon Hanafiy rivoyat qiladi:"Kaxmas ibn Hasan uyida chayon ko'rib qoldi va uni tutib o'ldirmoqchi bo'ldi. Ammo chayon bir teshikka kirib ketdi. Uni chiqarib olish uchun qo'lini teshikka tiqqan edi, chayon chaqib oldi. Undan:"Nimaga bunday qilding?" deb so'raganlarida:"Keyin teshikdan chiqib, onamni chaqib olishidan qo'rqdim", dedi".

Zaynul Obidin nomi bilan mashhur Abu Hasan ibn ALi ibn Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib r.a. tobe'inlarning sayyidlaridan edi. U kishi onasiga ko'p yahshilik qilar edi. Hatto u kishiga bir kuni:"Sen onangga eng ko'p yahshilik qiladigan odamsan, biroq, hech onang bilan birga ovqat yeganingni ko'rmadik", deyishdi. U zot:"Onamning ko'zi tushgan biror yemakka qo'l uzatib qo'yib, oq bo'lib qolishdan qo'rqaman", deb javob berdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Sentyabr 2007, 08:24:19

Hishom ibn Hasson Hafsa binti Sirindan rivoyat qiladi:"Muhammad ibn Sirinning onasi xijozlik bo'lib, ranglarni juda yahshi ko'rardi. Muhammad onasiga kiyim sotib olsa, eng mayinini olardi. Hayitlarda esa onasining kiyimlarini turli ranglarga bo'yatib kelardi. Onasining oldida ovozini ko'targanini hech ko'rmaganman. Agar gapirsa, gapiruvchiga emas, eshituvchiga o'hshardi".
Sirin oilasidagilarga:"Muhammad onasiga hech qattiq gapirmagan. Balki o'zini past tutib, tazarru bilan gapirardi", deyishgan.
Ibn Avn aytadi:"Muhammad onasi oldida turganini birov ko'rsa, past ovozda gapirishidan uni kasal, deb o'ylardi".
Ibn Avn yana aytadi:"Muhammad onasining oldidaligida bir kishi uning oldiga kirib chiqdi va:"Muhammadga nima bo'ldi? Biror joyi kasalmi?",dedi. Ular:"Yo'q, onasining oldida o'zini shunaqa tutadi", deyishdi.

Ja'far ibn Sulaymon aytadi:"Muhammad ibn Munkadir yuzini yerga qo'yib, onasiga:"Turing, oyog'ingizni yuzimga bosing", der edi.

Ibn Avn Muzanniy bir kuni onasi chaqirganida ovozini ko'tarib javob qildi. Ovozi onasining ovozidan baland chiqqani uchun gunohining kafforatiga darhol ikkita qulni ozod qildi.

Umar ibn Zarradan so'radilar:"O'g'ling senga qanday munosabatda edi?"
U kishi:"Kunduzi ortimda, kechasi oldimda yurardi. Biror marta men pastda turib, u tepagan chiqmagan", dedi.

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Sentyabr 2007, 08:44:32

Solih degan bir kishi abbosiy xalifa Mansur bilan suhbatlashayotgan edi, shu asnoda bir necha marta:"Otamni xudo rahmatiga olsin", dedi. Shunda Robi', "Amirul mo'minun oldilarida hadeb otangga rahmat tilayvermasangchi", dedi. Solih aytdi:"Seni ayblamayman. Biroq, otalar rohatini totib ko'rmagan ekansa". Xalifa Mansur esa:"Bani Hoshimga qarshilik bildirsang, shunaqa bo'ladi", dedi.

Ota-onasiga yahshilik qiluvchilarning ilg'orlaridan muahddis Bundor edilar. U kishi haqida Imom Zahabiy:"Butun Basraning hadislarini to'pladi. Biroq onasiga mehribonligidan hech qayerga jo'nab ketmadi", degan edi.
Abdulloh ibn Ja'far ibn Xoqon Marvaziy aytadi:"Bundorning shunday deganini shitganman:"Ilm istab biror joyga ketmoqchi edim, ammo onam rozi bo'lmadi. Men ham unga itoat qildim va bu amalim faqat yahshilik keltirdi".

Asma'iy rivoyat qiladi:"Bir a'robiy aytadi:"Bir kuni odamlarning ota-onasiga eng yomon oq bo'lgani va onasiga eng ko'p yahshilik qiladiganini qidirib yo'lga chiqdim. Ahyo atrofida yurgan edim, bir cholni ko'rdim. Qoq kunduzi, jaziramada tuyaning arqonini bo'yniga bog'lab olgan holda uni chelak bilan sug'orar edi. Tuya esa unga bo'ysunmayotgan edi. Cholning orqasida esa bir yigit uni urib turardi. Uraverganidan cholning yuzini yorib yuborgan edi. Unga aytdim:"bu zaif cholni urushga Allohdan qo'rqmaysanmi?"
U:"Bu mening otam!"dedi. Men:"Ey ALloh O'zing saqlagin", dedim. U esa:"Jim bo'l, bu o'zining otasi bilan, otasi bobosi bilan ham shunday qilgan", dedi. Men:"Bu odamlarning eng yomon oq bo'lgani ekan", dedim.
So'ng yana biroz yurgach, yelkasida bir kichkinagina cholni ko'tarib olgan yigitga duch keldim. U cholni har soatda oldiga olib ovqatlantirar edi. "Nima qilyapsan?" deb so'radim. u esa:"Bu mening otam. U aqldan ozib qolgan. Men unga g'amxo'rlik qilyapman", dedi. Men:"Bu kishi arablarning eng yahshi ekan", dedim.

Talaq ibn Xubayb ibodatgo'y olimlaardan bo'lib onasining boshini ko'p o'par edi. Onasini xurmat qilganidan hatto uyining yuqori qavatiga chiqmagan.

Omir ibn Abdulloh ibn Zubayr aytadilar:"Otam vafot etdi. Allohdan hech narsa so'ramayman, faqat otamni avf etsin".

Qayd etilgan


Munira xonim  05 Sentyabr 2007, 08:50:24

Butun olamlar Parvardigori Alloh taologa hamdu sanolar, Rasulimiz Muhammad s.a.v.ga, oilalariga, barcha safdoshlariga salotu salomlar bo'lsin!

Assalamu alaykum va rahmatullohi vabarkatuh!
Mana aziz birodarim, bu ajoyib risolani Alloh qodir qilganicha sizlargan ham ilindik. Bulardan o'zingizga xulosa chiqarib, Alloh rizosi uchun ota-onalaringizga yahshilik qilishda davom etasizlar degan umiddaman. Biz ham ularga yahshilik qilishda hammaga o'rnak bo'lamiz,Inshaalloh.
Alloh bizlarni shu narsalarga amal qilib, ota-onamizni roziliklarini topib, jannatlarda birga bo'lishimizni nasib etsin. Amiyyn.

Qayd etilgan