Kelajakda kim bo'lmoqchisiz?  ( 30025 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abdulhafiz  28 Noyabr 2009, 18:42:59

Off:
O'qituvchi o'quvchisidan so'rabdi: katta bo'lsang kim bo'lasan?
O'quvchi: Tuya bo'lsam keraak...
O'qituvchi: Nimaga?
O'quvchi: Chunki dadam meni bo'talog'im deydilar.

Qayd etilgan


Ansora  01 Dekabr 2009, 16:22:27

Men bolaligimda avvalo doktor-jarroh bo'laman der edim.
Keyinroq jurnalist bo'laman, dedim.
Qaror berishga kelganda esa- Nizomiyga Til-adabiyot fakultetiga topshirdim hujjatlarimni.... : )
Har bir insonning ichidagi qiziqishi har doim o'rtaga chiqar ekan. O'qish davomida doimo turli hil mavzularda aktiv bo'lishga harakat qildim. Bu ishlarni majburiy qilmadim, ichimdagi qiziqishlarim meni bu ishlarni bajarishimiga sabab bo'ldi...
Har bir ota-ona farzandining qiziqishlarini yaxshi bilishi va uni shunga qarab yo'nlantirishi kerak....

Qayd etilgan


MAFIYA  06 Dekabr 2009, 15:01:07

MENI NICKMGA QARELA! (a tak yurist bumoq4iman mafiyaligimiz odamlarga foydamiz tegiwi u4un holos)

Qayd etilgan


akmal bax  06 Dekabr 2009, 15:10:36

ezgulikka xizmat qilguvchi, har harakatimdan insonlarga foydam teguvchi hech bo'lmaganga tilim va harakatlarim bilan insonlarga zarar yetkazmaydigan ollohning suyukli bandasi bo'lmoqchiman inshaolloh

Qayd etilgan


Muxsiya  27 Fevral 2014, 17:38:44

Mavzu ancha eskirib chang bosib ketgan ekan puf-puf. Menimcha bu mavzuga javob bergan userlar allaqachon biror kasb egasi bo'lishgan yoki bir ishni boshini tugan dib umid qilaman. Men forumdoshlarga boshqacha savol bermoqchiman kelajakda farzandingiz qanday kasb egasi bo'lishini istardingiz?

Qayd etilgan


azizbek_mx  27 Fevral 2014, 23:05:24

Assalomu alaykum!

Muxsiya opa, (otalik baxtiga muyassar qilsa, inshaalloh), farzandlarim xalqqa, el-yurtga foydasi tegadigan, halol kasb egasi bo'lishlarini istardim. Men uchun muhimi - o'sha kasbni chin dildan sevsa, u bilan zavqlana bilsa bo'lgani.
Balkim, boshqa kasb egasi bo'lishini hoxlab qolarman, lekin men tanlagan kasbda ko'ngli bo'lmasa, boshqalardan ko'proq pul topgani bilan, o'zi sevgan kasbda ishlaganichalik baxtiyor bo'lolmaydi... Bu hozircha mani shaxsiy fikrim...

Endi o'zimga kelsak, hozir tibbiyot akademiyasida o'qiyabman. Inshaalloh, yaxshi bir shifokor bo'larman, lekin bu bilan cheklanib qolmoqchi emasman. Bolalikda orzu qilgan stuiyamni ochib, u yerda ham o'zim suygan mashg'ulotim bilan band bo'lish istagidaman. :)

Qayd etilgan


Sardor Rashidov  04 Mart 2014, 11:20:29

Men  hali  maktabda  o`qiyman.  Kelajakda  o`qituvchi  bo`lmoqchiman

Qayd etilgan


NANO  09 Mart 2014, 19:09:22

Bolalikda orzu qilgan stuiyamni ochib, u yerda ham o'zim suygan mashg'ulotim bilan band bo'lish istagidaman. :)
Shundan boshla kere edi uzi... :D

Kim bo'samam bo'bo'ganman endi uje kech... :D

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  10 Mart 2014, 09:54:34

Men  hali  maktabda  o`qiyman.  Kelajakda  o`qituvchi  bo`lmoqchiman
Borakalloh!

Qayd etilgan