Nimasiz yashay olmaysiz?  ( 41640 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 B


zuhrahon  10 Mart 2009, 01:27:57

Assalomu  alaykum  Olloh  barchamizni  o'zi  hohlaganidek  tarbiyat  qilsin.Ollohim  qalbimga  Imon  nurini  solgan     kunidan  boshlab  qalbimdagi  hotirjamliksiz  yashay olmayman ;D

Qayd etilgan


Muslim_4101  10 Mart 2009, 19:13:39

Assalom alaykum! Alloh taolo bu hayotda hamma narsani bir biriga chambarchas bog'liq qilib yaratgan. Allohning qudratini qarang azizlar, to'rt fasil bir birlari bilan aralashib ketmaydi. Daraxat, tuproqsiz, baliq suvsiz, Quyosh oysiz, qushlar osmonsiz, inson esa tabiatsiz, atrof muhitsiz, insonlarsiz.  Ona bolasiz,  aka ukasiz,  opa singilsiz, nevara buvajonisiz yashay olishmaydi. Lekin bir kun Allohning buyrug'i ila hamma yaqinlaridan ayriladi buni biz hohlaymizmi yoki yo'q, bunga chidaymiz Allohdan sabr berishini so'raymiz kunlar o'tib... bularning hammasini yurak degan qabrga ko'mamiz, oylar, yillar, o'tib... Ketaydigan vaqtimiz kelib  o'zimiz ham bu dunyoni tark etamiz. Har kim o'ziga yarasha amali bilan Alloh dargohiga boradi. Men bir narsadan juda qo'rqaman bu dunyodan iymonsiz ketib qolishdan. Allohning o'zi asrasin.
     

Qayd etilgan


Afruza  10 Mart 2009, 20:04:44

Assalamu alaykum! Muslim 4101 ning fikrlariga qo'shilaman. Hayotda barsha narsasiz yashash mumkindir balki,qalbi iymonsiz, g'aflatda yashayotganlar xam bor. Hatto havosiz ham bir necha soniya yashay olamiz. Lekin hech o'ylab ko'rganmisiz, biz VAQTsiz yashay olamizmi?

Qayd etilgan


ibnUyayna  11 Mart 2009, 00:57:17


   Assalamu alaykum wr wb!
  O`sha islomsiz,iymonsiz yashyotganlar ham yashamoqda bu dunyoda jannatdek,a lekin ularni haqiqatda yashayapti deb aytish qiyin,ular misoli o`lik holda yashashmoqda-ku!Haqiqiy yashashlik bi iymon,islom bilan yashashlik emas-mi?!
 Tafakkur qilish juda yaxshi narsa.Iymon,Islomsiz qanday yashardim dep tafakkur qilish yaxshi lekin Afruzahonim bu vaqt to`g`risida qande vaqtsiz yashay olardim dep o`ylash mumkin.Bu vaqtsiz yashay olamanmi,yoki yo`qmi dip qadimgi yunonlar fikrlashgan bo`lsa kerak.Inson aqli chegaralangan hamma narsani bilurmidi.Vaqt ham Allohning g`ayb ilmilaridan bo`lsa kerakVallohu a`lam.Bizaga buyurilgan narsala to`g`risida o`ylab ko`rsak manimcha shunisi foydaliroq.Kelinglar biz vaqtimizdan unumli foydalanayapmizmi degan savol ustida o`ylanib ko`raylik.
 

Qayd etilgan


Abdurauf  11 Mart 2009, 08:48:23

Assalamu aleyukum
Hadisda shunday deyiladi:"Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:"Toki meni otangizdan ham , bolangizdan
ham,barcha odamlardan ham yaxshiroq ko’rmas ekansiz,birortangiz mo’min bo’la
olmaysiz". Mo'min bo'lmoq degani iymonli demakdir, Iymonli degani Alloh yo'lida har bir ishga tayyor demakdir. Demak bu dunyoda ota-onangiz, bolalaringiz, do'sti birodarlaringiz bir o'tkinchi narsadir. Alloh huzuriga faqat va faqat Iymon bilan boriladi. Allohi a'lam

Qayd etilgan


lolo  12 Mart 2009, 08:23:29

 :as:
...Demak bu dunyoda ota-onangiz, bolalaringiz, do'sti birodarlaringiz bir o'tkinchi narsadir. Alloh huzuriga faqat va faqat Iymon bilan boriladi. Allohi a'lam
Ota-ona, farzandlar va birodarlar o'tkinchi emas. Shunchaki bular hamda dunyo matohlari sizni ibodatdan chalg'itib qo'ymasligi kerak, holos.
Alloh huzuriga esa faqat iymon bilan emas, balki barcha amallarimiz, gunohu savoblarimiz bilan boramiz. Taqvo bilan boramiz, inshaalloh.

Qayd etilgan


UzMuslim  10 Aprel 2010, 19:26:39

Albatta Bu Dunyoda Iyumonsiz Yashay Olmayman,Islomsiz Yashay Olmayman..

Qayd etilgan


yoqutxon  20 Sentyabr 2010, 06:46:47

Assalom aleykum. Bu savolni o'qib chuqur o'yga toldim. Nimasiz yashay olmayman deb. Ko'p narsa hayolimdan o'tdi. Birinchi navbatta albatta Islomsiz hayotimni haqiqiy hayot deb atamagan bo'lar edim. Ollohga haqiqiy hayot bilan yashash baxtini bergani uchun ming bora rahmatlar hamdu sanolar bo'lsin!! Ikkinchi narsa bu menimcha kitoblar, maqolalar,izlanishlar , yangiliklarsiz yashsay olmasam kerak ular hayotimning bir emas eng katta bo'lagidir.

Qayd etilgan


Gabriela  17 Oktyabr 2010, 14:21:21

nimasiz hech yashay olmas ekanman... yaqinlarimsiz yashay olmas ekanman, ota-onam va buvijonimlarsiz hech qachon yashay olmayman...

Qayd etilgan


Aqoid  17 Oktyabr 2010, 16:07:57

 :as: Iymonsiz umuman yashay olmayman.

Qayd etilgan