Forumdoshlar tanqidi va Taklifi  ( 54853 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 16 B


AbdulAziz  18 Avgust 2009, 00:23:37

Hozircha ushbu mavzular "Корзина"ga tashlandi:
Soz'lar zanjiri
Qarama-qarshi
Yangi o'yin

Qayd etilgan


Mahdiyah  04 Sentyabr 2009, 08:15:34

Assalamu alaykum!

Yana bir taklif bor edi.

Islom bo'limida kichik bo'limlar safiga Hadis bo'limini ham qo'shsak.
Va bu bo'limchada turli mavzudagi hadislarni alohida mavzular ochib joylsak yaxshi bo'lardi.
Masalan:
Namoz haqida hadislar
Ro'za haqida...
Libos haqida...
Qiyomat haqida...
O'lim haqida...
Ayollar haqida...
va hokazo.

Kichik bo'limni nomini "Hadislar - ezgulik kaliti" (xozirgi nomi bilanmi) yoki boshqa bir nom bilan atasak ham bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Sentyabr 2009, 12:34:57

Assalamu alaykum!

Yana bir taklif bor edi.

Islom bo'limida kichik bo'limlar safiga Hadis bo'limini ham qo'shsak.
Va bu bo'limchada turli mavzudagi hadislarni alohida mavzular ochib joylsak yaxshi bo'lardi.
Masalan:
Namoz haqida hadislar
Ro'za haqida...
Libos haqida...
Qiyomat haqida...
O'lim haqida...
Ayollar haqida...
va hokazo.

Kichik bo'limni nomini "Hadislar - ezgulik kaliti" (xozirgi nomi bilanmi) yoki boshqa bir nom bilan atasak ham bo'ladi.

Va alayklum assalom!
Bunday mavzular Islomiy kitoblar bo'limida mavjud.

Islom bo'limidagi mavzularni ham davom ettirishingiz mumkin:
Ro'za haqida hadislar
Hadislar — ezgulik kaliti
Tanlangan sahih hadislar
Hadisi Qudsiylar!!!
Namoz haqida hadislar
Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Sentyabr 2009, 14:13:35

Gap davom ettirishda emas.
Hadislar ham aynan bir bo'lim kabi bo'lsa yaxshi va o'quvchilarga oson bo'lardi.

Agar yoq demasangiz shu bo'limni o'zim boshqarib turardim.

Forumdoshlar ham o'z fikrini bildirishsin

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 13:33:21

Assalomu-alaykum azizlar. Bazi birlaringiz bir necha kun oldin bo'lib o'tgan tortishmalardan keyin meni hafa bo'lib, bundan keyin ziyouz formga kirmayman, deganimni eshitgan bo'lishingiz mumkin. Sababi men ham ojiz bir inson bo'lganim uchun dilim o'g'ridi. Hayotda rostdan ham bunday hatolar bo'lib turadi, asosiysi bir-birimizni qalbini og'ritish uchun ataylab payt poylamaylik! Gunohning orqasidan yugirmaylik birodarlar! Keyingi kunlardagi bir-biriga "tosh otishlarni" ko'rdim,  yuragim yana ham siqildi. İshoning O'zbeklarning bir-birlari bilan do'stona yashashi va Vatanimning haqiqiy ma'nonda gullab-yashnashi uchun Ollohning bergan birgina jonini fido qilishim mumkin. Ziyouzdagi oldingi osoyishtalikning tiklnaishi uchun foydali bo'ladigan bo'lsa, bu ulug' Ramazon kunining so'nggi kunlarida Rabbim mening jonimni olsin. Chukni insonlar orasidagi birgina sovuq yozilgan post bir qanchamizning bir necha kun, shahsiy hayotimizga yomon ta'sir qilishiga sabab bo'lmoqda. Bu nima degani ekan, demakki biz bir oiladay bo'lib qolibmiz.
Men ham aslida bundan keyin ziyouzga kirmoqchi emas edim, lekin mail adresimda kelgan shahsiy xatlar bunga turtki bo'ldi. Ularga javob berish uchun majbur yana ziyouzga kirishim kerak!
Mendan uzr so'rab xat yozgan barcha musulmon qardoshlarimizdan Olloh rozi bo'lsin! İlgari ham yozgan edim, Olloh har bir insonning yuragida joylashgan bo'lar ekan. Birovning qalbi og'ridimi, Olloh ham norozi bo'ladi. Balki ziyouzdagi ustma-ust nohush yozuvlarning bo'lgani ham Ollohning bizga bergan jazosidir.
Bundan keyin sizlardan bir opa, bir singil sifatida iltimos qilaman, Olloh rizosi uchun bir-birimizni qalbini og'ritishdan o'zimizni to'htataylik.
Turklarda maqol bor: İstaganini aytgan, istamaganini eshitadi!
Hullas shunday ekan, og'zimizga kelganini o'ylab-o'ylamay aytsak, qarshimizdagi din birodaramiz ham izzat-nafsini tinglab bizga yana ham og'irroq gap yozishi mumkin.
Aziz Muzammil! Bilaman siz ham Cheh Mik'ning butun yozganlariga tamoman dushman bo'lgan holda javob yoza boshlagansiz. Sizdan Vatanida uzoqda, bir g'arib sifatida yolvoraman. U kishini ham bir hazilkash ukangiz, bir sho'h bola sifatida qabul qiling. Bilaman bazan hazilning dozini oshirib yuboradilar, lekin ishoning u kishi ham albatta birilarining ustidan kulish uchun emas, g'urbatta bo'lganlari uchun qardoshlari bilan orada hazil qilay, deb yozib turadilar.

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 13:40:07

Boshimga yomon kun kelganida doim o'ylardim, mendan buyuklarning boshlariga yomon kun kelmabdimi hech!
Men o'zi kimman, tabiiki Olloh menga jon ato etdi, men ham bir insonman, lekin birilari menga shuni dedi, buni dedi, deb kek saqlashning nima keragi bor.
Qardoshlarim qo'llari dard ko'rmasin, oyatlar, hadislardan tortishmaslik haqida juda chiroyli so'zlar yozibdilar. Shunday ekan, azizlar ziyouzning nomiga yarash bu sayt gina-kudrat emas, avvalgiday ZİYO tarqatsin. Bu yerdagi aytilgan har bir gap bir-birimizga ishoning juda qattiq ta'air qiladi. Yaxshi bo'lsin, yomon bo'lsin. Masalan Mahdiyah singlimning hijob haqida menga aytgan gaplarini tez tez o'ylab yuribman, haa shunchaki intertetta aytilgan bir gapda, deya olmadim. Unutmaylik qarshimizda Ollohning bergan bir joni bor. Har birimizda Ollohning zarrasi bor!

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 13:47:12

Men tortishilgan mavzuda hech kimga shahsiy sifatda sen shundaysan, sen bundaysan, demadim. Faqat ayollarimizni yonlarini olgan holda, erkaklarimizning yana ham mas'uliyatli bo'lishlari kerakligini og'ir misol va so'zlar bilan yozdim. Agar o'sha kungi gaplarim kimlarningdur dilini og'ritgan bo'lsa, buning jazosini ham tortishga tayyorman. İnson bolasi bu dunyoda faqatgina yaxshi ishlar qilmaydi, agar faqat yaxshi ish qilib gunoh ishlamaganimizda hadislarda aytilganidek Olloh bizning o'rnimizga boshqa qavm yaratar, ularga gunoh ishlatar, tavba qildirar edi.
Faqat bir tarafi bor, aytayotgan har bir so'zimidan biz mas'uliyatlimiz. Chunki yuqorida ham aytganimizdek insonlar ha bu shunday ekan, bu bunday ekan, deb shahsiy hayotlarida o'zgarishlar qilishlari mumkin.

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 13:52:17

Muzammil, siz ham men ham Cheh Mik bu saytning bir bir a'zosizmiz. İnson vucudida bir a'zo og'rib qolsa butun vujudimiz kasal bo'ladiku shunday, qabul qilaylik. Shunday ekan, saytning qolgan a'zolarining haqlarini yemaslikka harakat qilaylik. Chunki siz men yoki boshqasi yozgan gaplardan hamma bir hilda ta'sirlanyabdi.
Butun ziyo uz a'zolaridan shu bir necha kungi huzursizliklar uchun uzr so'rayman. İshoning bu shunchaki uzr emas, men 2-3 kundan beri ko'p o'yladim. Balki ilk postimni yozmaganimda balki tortishmalarga sabab bo'lmagan bo'larmidim.

Cheh Mik, haddim bo'lmagan holda, sizga aytaman, insholloh bundan keyin din mavzusida qiddat etarsiz, degan umiddaman.

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 13:56:19

Kecha marketda meva tortiladigan navbatda turgan edim, bir ayol mendan keyin bo'lishiga qaramay, mendan oldin narsalarini tortira boshladi. E'tiroz bildirdim, kulimsirab, HAQQİNGNİ HALOL ET, SİNGLİM! dedi.

Birovni qalbini og'ritib, keyin shunchaki til uchida uzr so'rashdan Olloh boshda meni va barchamizni qo'risin!

Qayd etilgan


Ansora  13 Sentyabr 2009, 14:50:41

Men aslida juda ko'ngli bo'sh insonman. İlgari ham o'rtog'larim janjal qilib arazlashganida qanchalik ular haqsiz bo'lishsa ham, yana men oldilariga borib, kelgin yarashaylik senin menga ho'mrayib qarashing yomon ta'sir qilyabdi, der edim:)
Janjaldan Xudo saqlasin. Bir kun janjal chiqqan joydan 40 kun baraka ketadi, deganku Xalqimiz. Bir-birimizga begon ko'zi bilan emas, bu ham din qardoshimku, ke yomon gapirmay, ko'ngli og'rimasin, deb harakat qilsak hech qanday janjal bo'lmaydi aslida. Keyin isnon nimani kamsitgan bo'lsa, umri tugaguncha shu narsa boshiga  kelmasdan Olloh uning jonini olmaydi, deyishadi Turkiyada!

Qayd etilgan