Forumdoshlar tanqidi va Taklifi  ( 85510 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 16 B


AbdulAziz  04 Mart 2008, 21:18:42

Assalomu alaykum!
Avvalgi tanbehim ALADDIN haqida.

Hurmatli userimiz, o'zim sizning 4 ta mavzuingizni yopishga majbur bo'ldim.
Sabab: bu mavzular avval ham ochilgan yoki ko'ngilochar, foydasiz harakterga ega.

Forumga yangi tashrif buyurgan userlarimiz, avvalo biron mavzu ochishdan avval o'ylab ko'ring: Shu mavzudan kimga, nimaga, nechog'lik foyda bor?
Mavzuingizning haqiqiy ma'noda inbsonlarga biron foydasi borligiga ishonch hosil qilsangiz, u holda avvalo tekshirib ko'ring, avval ham shunday mavzu ochilmaganmi?
Shundan keyingina o'z mavzuingizni oching va kuzatinb boring.

Har qanday ko'ngilochar yoxud foydasiz postlarni vaqtingizni ketkazib kiritib yurmang. Undan ko'ra kimgadir ilm, foyda bo'ladigan boshqa mavzular haqida bosh qotiring.


Yana bir muhim masala.
Birodarlar, bizlar hammamiz musulmon ekanmiz, birodarmiz. Birodar ekanmiz, bir-birimizni doimo hurmat qilishimiz, o'z akamiz, o'z ukamiz, singlimiz, opamiz kabi munosabatda bo'lishimiz maqbul yo'ldir.
Bir-birlarimiz haqida yomon gumonda bo'lishdan, yomon munosabatda bo'lishdan ehtiyot bo'laylik. Zero, yomon gumon juda ko'p fitnalarni yuzaga keltiradi.

Birodarim, forum bu ilm olish maskani, turli pichinglar, urishishlar, ixtiloflar makoni emas. Iltimos, shaxsiy va boshqa muammolaringizni forumda doston qilmang.
Iltimos, forumga kirib, unda biron fitna yoxud dilxiralikni yuzaga keltirmang. Bu narsa ko'p narsaga putur yetkazadi va birligimizni buzadi.

Doimo yaxshi gumonda bo'laylik. Birodarlarimizning ayblarini sunnatga muvofiq yashiraylik, aksincha doston qilmaylik.

Yangi userlarga, tushunmagan ba'zi birodarlarga jerkish, yomon muomalada bo'lish bilan emas, aksincha birodarona, muloyimlik bilan tushuntiraylik, asl haqiqatni anglataylik. Shundagina birligimiz mustahkam bo'ladi.

Kelinglar, arazda bo'lganlar bo'lsa, bir-biridan yomon gumonda bo'lganlar bo'lsa, bir-birlarimizdan kechirim so'raylik, kechirimli bo'laylik. Zero, bizlar Musulmon ahlimiz. Musulmon ahli esa, hech qachon bir-biriga yomon oqibatni ravo ko'rmaydi. Nima yaxshilik topsak, bir-birimizga ulashaylik.

Hammangizni birodar sifatida yaxshi ko'raman.
Alloh sizlardan rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Abdusalom  05 Mart 2008, 13:41:54

Assalomu alaykum AbdulAziz!
Gaplaringizga qo'shilaman.
Qachonki, hammamiz bir-birimizni hurmat qilib, gina-kuduratlarni unutarkanmiz, Haqiqiy ma'noda, birodarlarcha bir-birimizni yaxshi ko'rarkamiz, shundagi forum ham haqiqiy ziyo maskaniga aylanadi!

Qilayotgan yaxshi ishlaringizda Allohdan madad so'rab qolaman.

Qayd etilgan


Muzayyana  06 Mart 2008, 14:57:55

Assalomu alekum!
Yuqorida o'qigandim, xaqiqatdan xam bazi yuserlar va yuserkalar faqatgina bitta yoki ikkita bo'limga kirishadi xolos. Forum azosi bo'lgandan kiyin xamma bo'limlarga kirishga birdey xarakat qilish kerek!
Taklifim bo'sa xammaga- iltimos forumdoshlar bir iloji qilib uchrasheyli, naxot diydor qiyomatga qolib ketsa?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  06 Mart 2008, 15:01:08

Assalomu alekum!
Yuqorida o'qigandim, xaqiqatdan xam bazi yuserlar va yuserkalar faqatgina bitta yoki ikkita bo'limga kirishadi xolos. Forum azosi bo'lgandan kiyin xamma bo'limlarga kirishga birdey xarakat qilish kerek!
Taklifim bo'sa xammaga- iltimos forumdoshlar bir iloji qilib uchrasheyli, naxot diydor qiyomatga qolib ketsa?

Men ham uchrashish fikriga qo'shilaman. Shuni tashkillashtirsak bo'lmaydimi?

Qayd etilgan


Muzayyana  06 Mart 2008, 15:15:20

Assalomu alekum!
Yuqorida o'qigandim, xaqiqatdan xam bazi yuserlar va yuserkalar faqatgina bitta yoki ikkita bo'limga kirishadi xolos. Forum azosi bo'lgandan kiyin xamma bo'limlarga kirishga birdey xarakat qilish kerek!
Taklifim bo'sa xammaga- iltimos forumdoshlar bir iloji qilib uchrasheyli, naxot diydor qiyomatga qolib ketsa?

Men ham uchrashish fikriga qo'shilaman. Shuni tashkillashtirsak bo'lmaydimi?

Mashallax! Bormisiz?

Qayd etilgan


AbdurRohman  06 Mart 2008, 16:40:39

Men ham uchrashish fikriga qo'shilaman. Shuni tashkillashtirsak bo'lmaydimi?
tashkillashtirsa bo'ladi. chunki male userla uje bir marta uchrashdik. agar yana xoxlovchilar bo'lsa Forumdoshlar, qachon uchrashamiz.  mavzusiga yozsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Mart 2008, 22:20:05

Assalamu alaykum.
Hamma qiz va yigitlarga, ayniqsa, birga uchrashishni niyat qilib yurganlarga, ALi Rizo Bek ko'rsatgan mavzuni o'qib chiqishlarini tavsiya qilaman.
Alloh barchamizni haq yo'lga boshlasin...

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Mart 2008, 21:15:46

Assalomu alaykum!

Akbarga tanqidim:
Akbar, Islomiy kitoblar bo'limiga kitob joylayotganingizdan quvondim. Alloh rozi bo'lsin!
Hadicha binti Huvaylid haqidagi kitobni joylabsiz. Avvalroq bu kitobni Muslima joylab bo'lgandilar.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.0

Shunga avval kitobning bor yoki yo'qligini tekshirib, so'ng kirgizsangiz nur ustiga a'lo nur bo'ladi.

Forumga kitob joylashning o'z qoidalari bor. Shularniyam yaxshilab o'qib amal qiling:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1930.0

Qayd etilgan


Mahzunabonu  10 Mart 2008, 17:23:17

Бир хонадонда чакалок тугилибди. Хамма хурсанд. Болани тили хола деб чикибди. Холаси сртасига улиб колибди. 2 чи сузи тога булибди. Тогаси улиб колибди. Дада деган скан. Отаси сикилиб уйланиб утирса, хотини кириб нима утирибсиз чикинг кушнимиз Обид ака улиб колибди дермиш.

Hech tushunmadim qiz bolaga nima foyda bunday latifadan  ::) Yana shunday aqllik qiz qanday botinibdi deb oylayapman. Birinchi bor forumda o'qiganimdan beri. :3
Men ham hayrat va afsusdaman.



Assalamu alaykum,aziz forumdoshlar
Forumda PM degan narsa borligini hammamiz yaxshi bilamiz
Man bir uzerkamizning xatosini forumga yozganimda ular juda hafa bo'lgan edilar
Musulmon musulmonni aybini ko'pchilikni oldida  oshkor etishlik yaxshimasligini va buni PMga yozishimni eslatgandilar (agar xatosi bo'lsa o'sha uzerkadan uzr so'rayman,hammasi esimda yo'q hozir)
 Yuqoridegi fikr egalari  ham shundey qilish kerakligini yaxshi bilishsa kerak,lekin undey qilmadilar Manimcha bular mani foydamni ko'zlabmas,hammani oldida izza qilishni maqsad qilishganga o'hshidi
Nahotki man juda yomon narsa yozgan bo'lsam, qiz bolaga mumkin bo'lmasa, shunga o'hshash latifalar avvalgi sahifalarda ham bor ekanku (muallifi qiz)
Bu nima,forumda odam ayrishmi?

Qayd etilgan


Super_Slims  10 Mart 2008, 21:25:40

Mahzunabonu  siz  o'ziz  bilmagan xolda  ko'pchilikni dilini og'ritib
qo'yasiz  bu yahshi emas  albatta ;(

Qayd etilgan