Assalomu-alaykum azizlar. Bazi birlaringiz bir necha kun oldin bo'lib o'tgan tortishmalardan keyin meni hafa bo'lib, bundan keyin ziyouz formga kirmayman, deganimni eshitgan bo'lishingiz mumkin. Sababi men ham ojiz bir inson bo'lganim uchun dilim o'g'ridi. Hayotda rostdan ham bunday hatolar bo'lib turadi, asosiysi bir-birimizni qalbini og'ritish uchun ataylab payt poylamaylik! Gunohning orqasidan yugirmaylik birodarlar! Keyingi kunlardagi bir-biriga "tosh otishlarni" ko'rdim, yuragim yana ham siqildi. İshoning O'zbeklarning bir-birlari bilan do'stona yashashi va Vatanimning haqiqiy ma'nonda gullab-yashnashi uchun Ollohning bergan birgina jonini fido qilishim mumkin. Ziyouzdagi oldingi osoyishtalikning tiklnaishi uchun foydali bo'ladigan bo'lsa, bu ulug' Ramazon kunining so'nggi kunlarida Rabbim mening jonimni olsin. Chukni insonlar orasidagi birgina sovuq yozilgan post bir qanchamizning bir necha kun, shahsiy hayotimizga yomon ta'sir qilishiga sabab bo'lmoqda. Bu nima degani ekan, demakki biz bir oiladay bo'lib qolibmiz.
Men ham aslida bundan keyin ziyouzga kirmoqchi emas edim, lekin mail adresimda kelgan shahsiy xatlar bunga turtki bo'ldi. Ularga javob berish uchun majbur yana ziyouzga kirishim kerak!
Mendan uzr so'rab xat yozgan barcha musulmon qardoshlarimizdan Olloh rozi bo'lsin! İlgari ham yozgan edim, Olloh har bir insonning yuragida joylashgan bo'lar ekan. Birovning qalbi og'ridimi, Olloh ham norozi bo'ladi. Balki ziyouzdagi ustma-ust nohush yozuvlarning bo'lgani ham Ollohning bizga bergan jazosidir.
Bundan keyin sizlardan bir opa, bir singil sifatida iltimos qilaman, Olloh rizosi uchun bir-birimizni qalbini og'ritishdan o'zimizni to'htataylik.
Turklarda maqol bor: İstaganini aytgan, istamaganini eshitadi!
Hullas shunday ekan, og'zimizga kelganini o'ylab-o'ylamay aytsak, qarshimizdagi din birodaramiz ham izzat-nafsini tinglab bizga yana ham og'irroq gap yozishi mumkin.
Aziz Muzammil! Bilaman siz ham Cheh Mik'ning butun yozganlariga tamoman dushman bo'lgan holda javob yoza boshlagansiz. Sizdan Vatanida uzoqda, bir g'arib sifatida yolvoraman. U kishini ham bir hazilkash ukangiz, bir sho'h bola sifatida qabul qiling. Bilaman bazan hazilning dozini oshirib yuboradilar, lekin ishoning u kishi ham albatta birilarining ustidan kulish uchun emas, g'urbatta bo'lganlari uchun qardoshlari bilan orada hazil qilay, deb yozib turadilar.