Топ рейтинг www.uz Forumdoshlar tanqidi va Taklifi

Forumdoshlar tanqidi va Taklifi  ( 52412 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


ikbaljohn  01 Iyun 2007, 11:07:32

Forumdoshlarimizni tanqid qilamiz,zero tanqid kelajak mevasidir.Mevali daraxtga tosh otiladi:
gayrat17ga tanqidim: offtop va flood qilishni bas qil!


Qayd etilgan


AbdurRohman  01 Iyun 2007, 15:44:22

ikbaljohnga tanqidim: hamma offtop qiganda ham siz qimang, aksincha offtoplani o'chring, sizni vazifayish shu, offtop qilishmas. xop oka ;)

Qayd etilgan


ikbaljohn  04 Iyun 2007, 19:54:15

Nozliga tanqidim:tez tez kirib turing forumga va shu bo'limga.O'rniz bor va bilinyapti!

Qayd etilgan


ikbaljohn  04 Iyun 2007, 19:57:14

Shohjaxonga tanqidim:Aktivroq bo'ling!
Abdusalomga tanqidim:siz kirmasez anu askiya mavzusini hech kim davom ettirmayapti!

Qayd etilgan


Abdusalom  25 Iyun 2007, 08:17:44

Shohjaxonga tanqidim:Aktivroq bo'ling!
Abdusalomga tanqidim:siz kirmasez anu askiya mavzusini hech kim davom ettirmayapti!

Oramizda askiyachilar kammi? Ana B-boy Murodbek bilan askiya qilurmadilaringmi?

Qayd etilgan


Murod_bek  27 Iyun 2007, 11:10:29

Butun forum a'zolariga tanqidim:forumga tez tez kirib turinglar!

Qayd etilgan


ikbaljohn  01 Iyul 2007, 20:30:29

Agar ertadan boshlab yo'qolib qogan userlar yana kirishni boshlashmasa o'zlaridan ko'rishsin.Man xazillashib o'tirmiman..

Qayd etilgan


ikbaljohn  09 Iyul 2007, 12:45:11

Nozli va B-Boyga tanqidim:keyingi safar offtop uchun atata qilaman..

Qayd etilgan


Muslimа  09 Iyul 2007, 13:51:34

Nozli xonga tanqidim. Bilamiz ko'ngilochar bo'limmi yaxshi ko'rasiz. Lekin Muslimaga ham kirib turing! O'zbekistonga borsam ko'rishamiz degan ediz bir paytlarrrrr! Adashmasak keldiz, lekin lekin lekin...... Tezda Muslimaga kiringchi sizni ko'p ushlab qolmaymiz, keyin yana sevmli bo'limizga qayturas! :D

Qayd etilgan


ikbaljohn  11 Iyul 2007, 10:41:47

Off qilishadi yana orqasidan uzr so'rashadi.. ::)

Qayd etilgan


ikbaljohn  10 Avgust 2007, 10:38:13

Murodbekka tanqidim:Haliyam senior memberman deb xafa bo'lib yurishni o'rniga aktivroq bo'ling!

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Sentyabr 2007, 14:49:54

Akbarga tanqidim: Akbar, avvalo Forumda ishlash qoidalari va foydalari mavzusini yaxshilab o'qib chiqing.
U yerda yoziladi:
- Takroriy mavzular ochish mumkin emas. Bir mavzu ochishdan ilgari avvalo oldin shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.

Siz esa ko'pincha avval forumni qarab chiqmaysiz-da, oldindan mavjud bo'lgan mavzuni yana tashkil etasiz. Bundan hech kimga foyda yo'q. Agar o'sha eski mavzuni davom ettirmochi bo'lsangiz, marhamat.

- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.

Ba'zida mavzu mohiyatini aniq bilmasdan unga boshqa mavzudagi postlarni kiritasiz. Men esa ularni tegishli mavzuga ko'chirish yoki o'chirish bilan ovora bo'laman.

- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq  boshqa saytlardan material, rasm ko’chirib berilganda linkini ko’rsating.

Siz esa odatda hatto muallifini ham ko'rsatmaysiz. Qayerdan olganingizni esa umuman yozmaysiz. O'sha narsalarni siz yozmagansiz, to'g'rimi? Uni yozgan odamlarni hurmat qilib, muallif va linkini ko'rsatib qo'ysangiz yaxshi bo'ladi.

Ushbu qoidalarga amal qilsangiz, inshaalloh yaxshi natijalarga erishasiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Oktyabr 2007, 18:42:47

Shukurullohga tanqidim:

1. Boshqa bo'limlarga ham kirib turing.

2. "Siz sevgan" mavzusida ikki marta qoida buzibsiz. Ya'ni avval berilgan savollarni qaytaribsiz. Mavzuni avvalo yaxshilab o'qib chiqing. Laylo ko'p savollarni ro'yxatini ham beribdilar. Hech bo'lmasa shuni o'qing. Siz bermoqchi bo'lgan savol yo'qligiga amin bo'lsangiz, savolingizni berishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 11:01:59

Assalomu alaykum!
Forumdoshlarni ba'zilariga tegishli gaplar bor edi. Alohida userni aytib o'tirmayman, chunki ko'pchilikka qaratilgan va tegishli taklif bu.Forumdoshlar hayoti bo'limida ba'zi mavzularda mavzu qoidalariga mos bo'lmagan tarzda post qoldirmanglar, iltimos!
Masalan, Forumdoshlar haqida savol da qoidaga ko'ra savolga javob berib, keyin userni o'zi ham savol berishi kerak! +(yaxshi) va - (yomon) mavzusida esa post qoldirgan user o'zidan keyin albatta boshqa userni nickini yozishi kerak. Bu mavzuni "Mandan oldingi odam" dan farqi qolmabdi!
Iltimos forumdoshlar qoidalarga rioya qilishni unutmanglar!
Agar gaplarim kimnidur ranjitsa, oldindan uzr!
Rozi bo'lasizlar! :)

Qayd etilgan


Murod_bek  06 Noyabr 2007, 16:04:32

Fikrizga qo'shilaman.Haqiqatdan ham + or _ mavzusining Mandan oldingi odamdan farqi qolmay qolyapti

Qayd etilgan