Assalomu alaykum!
Men ham Munira opaning gaplariga qo'shilaman.
Shunday postlarni ko'rishingiz bilanoq bizga xabar qiling.
Va yana bir iltimos, shu xatolarni tushuntirishda ham biroz muloyimlik bilan tushuntirilsa. Chunki, birov haqida aytilgan har qanday gap unga yomon ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun, Islomda buyurilgandek, payg'ambar SAV tushuntirganlaridek, muloyimlik bilan, uning izzat-nafsiga tegmasdan, sen shunaqasan, sen bunaqasan demasdan, birodar, shu yerda ozgina xato ketib qolibdi, shuni to'g'rilab qo'ysangiz, qabilida fikr bildirilsa, o'zaro hurmat ham oshadi, hafa bo'lishlar ham bo'lmaydi va bir-birimizga ilm ulashish maqsadiga ham erishamiz. Birodarlar, shunga e'tibor beringlar.