Forumdoshlar tanqidi va Taklifi  ( 85522 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 16 B


ikbaljohn  10 Avgust 2007, 10:38:13

Murodbekka tanqidim:Haliyam senior memberman deb xafa bo'lib yurishni o'rniga aktivroq bo'ling!

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Sentyabr 2007, 14:49:54

Akbarga tanqidim: Akbar, avvalo Forumda ishlash qoidalari va foydalari mavzusini yaxshilab o'qib chiqing.
U yerda yoziladi:
- Takroriy mavzular ochish mumkin emas. Bir mavzu ochishdan ilgari avvalo oldin shunaqa mavzu ochilmaganligiga e’tibor bering.

Siz esa ko'pincha avval forumni qarab chiqmaysiz-da, oldindan mavjud bo'lgan mavzuni yana tashkil etasiz. Bundan hech kimga foyda yo'q. Agar o'sha eski mavzuni davom ettirmochi bo'lsangiz, marhamat.

- Muhokama qilinayotgan mavzuga tegishli bo’lmagan postlar qilish, offtop va floodlar mumkin emas. Bunday postlar zudlik bilan o’chiriladi.

Ba'zida mavzu mohiyatini aniq bilmasdan unga boshqa mavzudagi postlarni kiritasiz. Men esa ularni tegishli mavzuga ko'chirish yoki o'chirish bilan ovora bo'laman.

- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq  boshqa saytlardan material, rasm ko’chirib berilganda linkini ko’rsating.

Siz esa odatda hatto muallifini ham ko'rsatmaysiz. Qayerdan olganingizni esa umuman yozmaysiz. O'sha narsalarni siz yozmagansiz, to'g'rimi? Uni yozgan odamlarni hurmat qilib, muallif va linkini ko'rsatib qo'ysangiz yaxshi bo'ladi.

Ushbu qoidalarga amal qilsangiz, inshaalloh yaxshi natijalarga erishasiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Oktyabr 2007, 18:42:47

Shukurullohga tanqidim:

1. Boshqa bo'limlarga ham kirib turing.

2. "Siz sevgan" mavzusida ikki marta qoida buzibsiz. Ya'ni avval berilgan savollarni qaytaribsiz. Mavzuni avvalo yaxshilab o'qib chiqing. Laylo ko'p savollarni ro'yxatini ham beribdilar. Hech bo'lmasa shuni o'qing. Siz bermoqchi bo'lgan savol yo'qligiga amin bo'lsangiz, savolingizni berishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Muslimа  06 Noyabr 2007, 11:01:59

Assalomu alaykum!
Forumdoshlarni ba'zilariga tegishli gaplar bor edi. Alohida userni aytib o'tirmayman, chunki ko'pchilikka qaratilgan va tegishli taklif bu.Forumdoshlar hayoti bo'limida ba'zi mavzularda mavzu qoidalariga mos bo'lmagan tarzda post qoldirmanglar, iltimos!
Masalan, Forumdoshlar haqida savol da qoidaga ko'ra savolga javob berib, keyin userni o'zi ham savol berishi kerak! +(yaxshi) va - (yomon) mavzusida esa post qoldirgan user o'zidan keyin albatta boshqa userni nickini yozishi kerak. Bu mavzuni "Mandan oldingi odam" dan farqi qolmabdi!
Iltimos forumdoshlar qoidalarga rioya qilishni unutmanglar!
Agar gaplarim kimnidur ranjitsa, oldindan uzr!
Rozi bo'lasizlar! :)

Qayd etilgan


Murod_bek  06 Noyabr 2007, 16:04:32

Fikrizga qo'shilaman.Haqiqatdan ham + or _ mavzusining Mandan oldingi odamdan farqi qolmay qolyapti

Qayd etilgan


mutaallimah  01 Dekabr 2007, 08:58:36

Assalomu alaykum.
Menimcha oxirgi paytlarda forumimizda noto'g'ri bolgan asosan boshqa aqidalardan va ba'zi joylarda umuman Islom dinidan tashqarida bo'lgan gap-so'zlar ko'payib ketmoqda. Va bunday postlarning eng ko'pi Akbar nomidagi foydalanuvchining postlari. bunday postlarga mayda kichkina bo'lsada befarq bo'lmasliklarini AbdulAziz aka hamda Munira xonim opamlardan iltimos qilaman...
Men hech qachon forumimiz haqida yomon mulohazalarni eshitishni istamayman!!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Dekabr 2007, 10:48:33

Va alaykum assalam.
Gaplaringizga qo'shilaman. Albatta, biz qo'ldan kelganini qilishga harakat qilamiz.
Lekin boshqa userlarimizda iltimosimiz, shunday aqidaga to'g'ri kelmaydigan postlarni ko'rsangiz, bizga xabar bering iltimos. CHunki biz Forumda har doim ham bo'lavermaymiz va hamma mavzularga kirib o'qishni ba'zian iloji ham bo'lmay qoladi.
Akbardan men ham iltimos qilmoqchi edim. Forumda qoidalariga amal qilishlarini. Bu forum insonlarga ilm berish uchun tashkil etilgan. Har inson bunga o'z hissasini qo'shsa nur ustiga a'lo nur bo'lardi.
ALloh barchamizdan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2007, 18:12:12

Assalomu alaykum!
Men ham Munira opaning gaplariga qo'shilaman.
Shunday postlarni ko'rishingiz bilanoq bizga xabar qiling.
Va yana bir iltimos, shu xatolarni tushuntirishda ham biroz muloyimlik bilan tushuntirilsa. Chunki, birov haqida aytilgan har qanday gap unga yomon ta'sir qilishi mumkin, shuning uchun, Islomda buyurilgandek, payg'ambar SAV tushuntirganlaridek, muloyimlik bilan, uning izzat-nafsiga tegmasdan, sen shunaqasan, sen bunaqasan demasdan, birodar, shu yerda ozgina xato ketib qolibdi, shuni to'g'rilab qo'ysangiz, qabilida fikr bildirilsa, o'zaro hurmat ham oshadi, hafa bo'lishlar ham bo'lmaydi va bir-birimizga ilm ulashish maqsadiga ham erishamiz. Birodarlar, shunga e'tibor beringlar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  03 Dekabr 2007, 17:48:18

Men shuni aytib o'tmoqchimanki men meni tanqid qilganlardan hech ham xafa emasman aksincha xatoni aytish va unga maslahat berish juda ham yaxshi odat. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi qo'limdan kelganicha hammasini tuzataman.
Xato har bir insonda bo'ladi uni to'g'irlash esa o'zimizning qo'limizda.

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Dekabr 2007, 11:53:11

Men shuni aytib o'tmoqchimanki men meni tanqid qilganlardan hech ham xafa emasman aksincha xatoni aytish va unga maslahat berish juda ham yaxshi odat. Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo'ladi qo'limdan kelganicha hammasini tuzataman.
Xato har bir insonda bo'ladi uni to'g'irlash esa o'zimizning qo'limizda.

Assalomu-alaykum hurmatli forumdosh siz haqingizda bildirgan fikrlarim biroz qattiqroq chiqqan edi .Lekin Allohga hamdlar bo'lsin siz bunga e'tibor berib ,tog'ri tushunibsiz.Sizni va bizni barchamizni Alloh sirotal mustaqiymda yurguvchilardan qilsin.

Qayd etilgan